1-bilet savol bayoni


Download 364.91 Kb.
bet11/21
Sana22.06.2023
Hajmi364.91 Kb.
#1646310
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21
Bog'liq
Konstruksiya 21-25 gacha

Armaturalash usullari. Тemirbeton elementlari payvandlangan sim-to’r yoki karkaslar, alohida sterjenlardan to’qilgan armaturalar, bikir prokat profillar va boshqalar bilan armaturalanadi (1.5-rasm).

Payvandlangan sim to’rlar asosan plitali konstruksiyalarda ishlatiladi. Ishchi armaturalarni joylashishiga qarab, ular uch xil bo’ladi: 1) bo’ylama ishchi armaturali; 2) ko’ndalang ishchi armaturali; 3) ikki yo’nalishda ham ishchi armaturali.


Standart sim to’rlar diametri 4...5 mm bo’lgan Vr–I sinfli va diametri 6...8 mm bo’lgan A–III sinfli, hamda diametri 40 mm gacha bo’lgan A–I, A–II, A–III sinfli armaturalardan tayyorlanadi. Sim to’rlar yassi va o’ramli (rulonli) bo’ladi. O’ramli sim to’rlarning maksimal diametri 5 mm gacha bo’ladi, yassi sim to’rlarning uzunligi 9 m gacha bo’ladi.

1.5-rasm. Payvandlangan sim to’rlar


Payvandlangan karkaslar chiziqli elementlarni (to’sin, ustun va sh. o’.) armaturalash uchun ishlatiladi. Ular yassi va fazoviy bo’ladi (1.6-rasm).
Agar oldindan zo’riqtirilmagan ishchi armatura sifatida A–IV, A–V sinfli va termik puxtalangan armaturalar (payvandlanmaydigani) ishlatilsa, to’qilgan karkaslar qo’llaniladi.

4-savol bayoni


Ta’mirlanmaydigan mahsulotlarning puxtalik tavsiflarni hisoblash usuli. Agar texnik qurilmaning ishlamay qolishi, uning elementlaridan biri ishlamay qolganda sodir bo‘lsa, u asosiy birikmali qurilma deb ataladi. Bunday qurilmalar puxtaligini hisoblashda elementning ishlamay qolishi tasodifiy va bogliq bo‘lmagan hodisa deb qaraladi.
Mahsulotning t vaqt mobaynida buzilmasdan ishlash ehtimoli uning elementlarining shu vaqt ichida buzilmasdan ishlash ehtimolliklarining ko‘paytmasiga teng:
(1)
Amaliyotda ko‘pincha mahsulotning ishlamay qolish jadalligi doimiy kattalik hisoblanadi. Odatda ishlamay qolishlarning kelib chiqish vaqti eksponensial qonunga bo‘ysunadi, ya’ni me’yorida ishlash vaqtida sharti to‘gri bo‘ladi. Bu holda miqdoriy tavsiflar uchun ifodalar quyidagi ko‘rinishni oladi:


, , , . (2)
Agar berilgan turdagi barcha elementlarning puxtaligi teng bo‘lsa, tizimning ishlamay qolishlar jadalligi ushbu ifodadan aniqlanadi:
(3)
bu yerda: Ni i turdagi elementlar soni; r – element turlari soni.
Amaliyotda ko‘pincha yuqori puxtalikka ega bo‘lgan tizimlarning buzilmasdan ishlash ehtimolligini hisoblashga to‘gri keladi. Bunda λst ko‘paytma birdan ancha kichik, buzilmasdan ishlash ehtimolligi P(t) esa birga yaqin qiymatlarga ega bo‘ladi. Bu holda, ni qatorga yoyib va uning birinchi ikki hadi bilan cheklanib, yuqori darajadagi aniqlik bilan P(t)ni hisoblash mumkin.
Puxtalikning asosiy miqdoriy tavsiflarini amaliyot uchun yetarli aniqlik bilan quyidagi yaqinlashtirilgan formula bo‘yicha hisoblash mumkin:
, ,
, . (4)

Puxtalik miqdoriy tavsiflarini yaqinlashtirilgan formulalar bilan hisoblash buzilmasdan ishlash ehtimolligi 0,9 dan yuqori, ya’ni λt ≤ 0,1 bo‘lgan tizimlar uchun katta xatolik bermaydi.


Tizimlar puxtaligini hisoblashda ko‘pincha hisob alohida elementlarining buzilmasdan ishlash ehtimolliklarini ko‘paytirishga, ularni darajaga ko‘tarishga va ildiz ostidan chiqarishga to‘gri keladi. P(t) ning birga yaqin qiymatlarida bu hisoblashlarni amaliyot uchun yetarli aniqlik bilan quyidagi yaqinlashtirilgan formulalar bilan bajarish mumkin:


, ,
(5)
bu yerda - i- blokning ishlamay qolish ehtimolligi.


Download 364.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling