1-bilet savol bayoni


Mashina detallarining chidamliligi


Download 364.91 Kb.
bet13/21
Sana22.06.2023
Hajmi364.91 Kb.
#1646310
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   21
Bog'liq
Konstruksiya 21-25 gacha

Mashina detallarining chidamliligi. Mashinalarning ishlash muddati har xil bo‘ladi. Masalan, ayrim traktorlarning ilk bor buzilguncha ishlash muddati quyidagichadir: YuMZ-6L - 400 soat; T-4A - 120 soat; TTZ-80.11 - 300...320 soat. Respublikamizda keng tarqalgan traktorlarning ishlash muddati taxminan 150...350 moto-soatni tashkil etadi. Reklama ma’lumotlariga ko‘ra, AQShda ishlab chiqariladigan traktorlarning xizmat muddati O‘zbekiston traktorlarinikidan qariyb ikki marta ortiqdir. Biroq, AQShda va O‘zbekistonda traktorlarni ishlatish sharoitlari bir-biridan ancha farq qilishini hisobga olish kerak. O‘zbekistonda traktorlarning o‘rtacha yillik ishlashi 1300 moto-soatga yetadi, AQShda esa traktorlar yiliga 520 moto-soat ishlaydi, xolos.
Yeyilish - ishqalanishda detal o‘lchamlarining tobora o‘zgarib borishi jarayoni bo‘lib, u materialning sirtqi qatlami ajralib ko‘chishi va qoldiq deformasiyasida namoyon bo‘ladi.

Val-vtulka birikmasi tirqishining vaqtga bog‘liq holda o‘zgarishi
Toliqib yeyilish. Toliqib yeyilish nazariyasiga ko‘ra, yeyilish jarayoni tutashuvchi sirtlar ko‘p marta deformasiyalanishi natijasida ulardagi mikronotekisliklarning asta-sekin parchinlanishi va toliqib yemirilishidan iboratdir.
Atrof-muhitning adsorbsion - kimyoviy ta’sir ko‘rsatishi bu jarayonni jadallashtiradi, sirtqi qatlamdagi materialning plastik deformasiyalanishi va keyin mo‘rtlashishi natijasida yemirilishini osonlashtiradi.
Materialning yemirilishigacha bo‘lgan sikllar soni n friksion bog‘lanishning buzilish turiga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, mikroqirqilish bo‘lganda materialning ajralishi bir karra ta’sirda (n = 1) ro‘y beradi, plastik urinishda - materialning yemirilishi ko‘p karra ta’sirda (16), elastik urinishda esa juda ko‘p sonli urinishda (n®¥) ro‘y beradi.
Abraziv ta’sirida yeyilish. Mamlakatimizda mashinalar havoda chang ko‘p bo‘lgan sharoitda ishlaydi. Shu sababli mashina detallarining taxminan 80 foizi abraziv ta’sirida yeyilish natijasida ishdan chiqadi.
Mineral abraziv zarralar, qasmoq, tutash materiallardan birining yeyilishi natijasida paydo bo‘lgan parchinlangan metall mahsulotlar yoki uning tarkibiy qismlari yeyiltiruvchi zarralar bo‘lishi mumkin. Ular turli shakllarda yoki ularning qirralari va yoqlari yeyiladigan sirtga nisbatan turli tomonlarga qaragan bo‘lishi mumkin. Shuning uchun bu qirra va yoqlarning hammasi ham materialning sirtqi qatlamini qirqish va yo‘nishda qatnashavermaydi, ularning bir qismi zarra va materialning qattiqliklari nisbatiga, shuningdek zarra o‘lchamlari bilan tutashmadagi tirqishning o‘lchamlari orasidagi nisbatga qarab materialni elastik yoki plastik deformasiyalashi mumkin. Abraziv ta’sirida yeyilish mexanizmi yeyilayotgan sirtda yo yupqa qirindi ko‘rinishida, yoki sindirilgan material tarzida, yoxud dispers bo‘laklar ko‘rinishida qatlam ajralib chiqishidan iborat.
Abraziv zarralar detalning sirti bilan ko‘p marta o‘zaro ta’sirlashishi natijasida metallning ishchi hajmida qatlamlarning siljish zichligi ortadi. Ana shu siljishlarda to‘plangan energiya hisobiga, mazkur siljishlarning o‘zaro ta’sirlashuvi energiyasi, nuqtaviy nuqsonlar va boshqa fazalarning aralashmalari bilan o‘zaro ta’sirlashuvi energiyasi hisobiga detallar sirtqi qatlamlarida erkin energiya zahirasi ko‘payadi. Har qanday tizimning erkin energiya zaxirasini kamaytirishga bo‘lgan intilishi yangi sirtlar paydo bo‘lgan, ya’ni mikrodarzlar yuzaga kelgan paytda amalga oshadi. Mazkur mikrodarzlarning abraziv zarralar ta’sirida makrodarzlarga aylanishi yeyilish zarralarining ajralib chiqishiga olib keladi. Abraziv zarra materialga uzatadigan energiya strukturadagi o‘zgarishlarning mustahkamlanishiga, yangi fazalarning ajralish jarayonlariga va sirtqi qatlamdagi boshqa hodisalarga sarflanadi. Metallarning mikrohajmi strukturadagi o‘zgarishlarning amalga oshishiga (agar bu mumkin bo‘lsa), yangi fazalarning ajralishiga, qoldiq zo‘riqishlar hosil bo‘lishiga, atomlararo bog‘lanish kuchlarini engishga va yangi sirtlar hosil bo‘lishiga yetarli bo‘lgan chekli kattalikdagi energiyani o‘ziga singdirgan paytda material yemiriladi.
Abraziv ta’sirida yeyilish namoyon bo‘lishi uchun abraziv zarralarning qattiqligi yeyiladigan ishqalanuvchi sirtnikidan yuqoriroq bo‘lishi shart. Ekskavator cho‘michlari va tuproq ishlari bilan bog‘liq boshqa mashinalarning ishchi qurilmalari abraziv ta’sirida yeyiladi. Yeyilishning bu turida detallarning eyilishga chidamliligi ularning materiali qattiqligiga to‘g‘ri mutanosib bo‘ladi.
Gidroabraziv va gaz-abraziv yeyilish jarayoni abraziv zarralarning ta’sir qilish burchagiga bog‘liq. Gaz-abraziv ta’sirida yeyilish changsimon yonilg‘ida ishlovchi qozonlarda, pnevmatik tashish qurilmalarida va shu kabilarda kuzatiladi. Gidroabraziv yeyilishga yonilg‘i va gidravlika tizimlari, turli quvurli o‘tkazgichlar, nasoslarning, taqsimlagichlarning detallari duchor bo‘ladi.
Abraziv qatlamga ishqalanishdagi yeyilishga tutash detallar orasiga kirib qolgan erkin abraziv zarralar sabab bo‘ladi. Abraziv qatlamga ishqalanishdagi yeyilish bir sirtga qadalib qolgan abraziv zarralar ta’sirida boshqa sirtning tirnalishi natijasida va sirtlar orasida abraziv zarralar harakatlanishi natijasida sodir bo‘ladi. Agar ishqalanuvchi sirtlar orasida ko‘p miqdorda abraziv zarralar bo‘lsa, ularnig bir qismi materialni qirqadi (tirnaydi), boshqa qismi esa uni o‘yadi. Zarralarning talaygina qismi sirtda xech qanday iz qoldirmasdan harakatlanadi. Abrazivlarning bir qismi maydalanadi. Zarralarning maydalanish jarayoni yeyilish jadalligiga juda katta ta’sir ko‘rsatadi. Abraziv zarra maydalanishi yoki yumshoq material “ichiga botib ketishi” tufayli ularning faolligi pasayishi mumkin.

Download 364.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling