1-bilet Shayboniylar davlatining tashkil topishi


Ichanqal’a me’moriy yodgorligi


Download 280.7 Kb.
bet14/53
Sana31.01.2024
Hajmi280.7 Kb.
#1832809
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   53
Bog'liq
1-bilet Shayboniylar davlatining tashkil topishi

2. Ichanqal’a me’moriy yodgorligi.
Ichan qal'a Xivaning ichki qal'a qismidir. U Dishan qal'adan kungurador devor bilan qisman ajratilgan. Dishan qal'adan baland qo'rg'ontepaga o'xshab ko'rinadi. Ichan qal'aga Bog'cha, Polvon, Tosh va Ota deb nomlangan darvozalaridan kirilgan. Ichan qal 'aning yaratilish tarixi uch davrga bo'linadi: mo'g'ullar istilosidan keyingi tiklanish (Sayd Alovuddin maqbarasi va boshqalar), XVIXVII asrlardagi tiklanish (Anushaxon hammomi, 1657-yil; peshayvonli Oq masjid, 1675-yil; Xo'jamberdibek madrasasi, 1688-yil; xonning qabulxonasi, 1686-1688-yillar), XVIII-XX asrlardagi tiklanish. Uchinchi davrda mahalliy me'morchilik an'analari asosida masjid, madrasa, tim va toqlar qurilgan, Ota va Polvon darvozalari orasida katta yo'l o'tkazilgan, masjid qayta qurilgan, minoralar qad rostlagan. Qutlug' Murod Inoq madrasasiga qaratib tim va toqlar qurilgan. Muhammad Rahimxon (1806-1825-yillar), Ollohqulixon (1825-1842-yillar), Muhammad Aminxon (1845-1855-yillar) hukmronligi yillarida bu yerda qurilish avj olib ketgan Muhtasham saroy, madrasa, maqbaralar barpo etilgan. Toshhovli saroyi qurilgan. Pahlavon Mahmud maqbarasi qad ko'targan. Kalta Minor yuzaga kelgan va hokazo. Ichan qal'a qurilishida 11 Markaziy Osiyoda qadimdan qo'llanib kelingan uslub — inshootlarni yuzma-yuz qurish uslubi (qo' sh)dan foydalanilgan. Binolarning alohida ansambl holida qurilishi ham Xiva me'morchiligining o' ziga xos jihatlaridan biri hisoblanadi. Masalan, Juma masjid yonida ikkita kichik madrasa, Muhammad Amin Inoq va Muhammad Amin Atpanoboy minorasi hamda Matniyoz Devonbegi madrasasi qurilishi ancha yirik ansamblni tashkil etgan. Polvon darvoza oldida bir necha masjid va madrasalar, hammom, toqi, karvonsaroy va xonsaroyini barpo etilishi o'ziga xos ansamblni tashkil etgan. Qutlug' Murod Inoq bilan Ollohqulixon madrasasi, Tosh hovli bilan Oq masjid o'rtasidagi maydoncha shu ansamblning kompozitsion markaziga aylangan. Xiva yodgorliklari yog'och o'ymakorligi, sangtaroshlik, ganchkorlik, sirkor sopol va boshqa rangbarang naqqoshlik bezaklari bilan bezatilgan. Shaharning vertikal dominanti koshinlari quyoshda yaltirab turuvchi Islom hoji minorasidir. Minora bilan uning yaqinidagi Pahlavon Mahmud maqbarasining gumbazi bilan birgalikda tevaraklaridagi pastroq inshootlarni yaxlitlikka keltirib turadi. Maqbara ro'parasida supa tarzli Sherg'ozixon madrasasi qurilgan. Ichki shaharning asosiy ko'chalari Xivaning rabotida tashqi shaharda, Dishan qal'ada davom etib, to'rt tarafidagi boshqa shahar va qishloqlarga olib boradi. Dishan al' adajami o'nta darvoza bo'lib, ulardan shimol tomondagi Urganchga olib boradigan ochiq qiyofali QO' sh darvoza o' ziga alohida e'tiborni tonadi.

Download 280.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling