1-bilet Shayboniylar davlatining tashkil topishi


Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy hayoti va faoliyati


Download 280.7 Kb.
bet15/53
Sana31.01.2024
Hajmi280.7 Kb.
#1832809
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   53
Bog'liq
1-bilet Shayboniylar davlatining tashkil topishi

3. Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy hayoti va faoliyati.
Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy (783–850) Xorazm diyorida tug‘ilib, voyaga yetadi. Dastlabki savod va turli sohadagi bilimlarini u o‘z ona yurti Xorazm va Mova rounnahr shaharlarida ko‘pgina ustozlardan oladi. So‘ngra u xalifa Ma’mun zamonida (813–833) “Bayt ul-hikma”da mudir sifatida faoliyat ko‘rsatadi. Zamonasining mashhur matematigi, astronomi va geografi sifatida fanga ulkan hissa qo‘shdi. Al-Xorazmiy 20 dan ortiq asarlar yozdi. Ulardan faqat 10 tasigina bizgacha yetib kelgan. Asarlari orasida, ayniqsa, matematikaga doir “Al-jabr val-muqobala” mashhur. Hatto, “algebra” atamasi ushbu kitobning “al­jabr” deb yuritilgan qisqacha nomining aynan ifodasidir. Xorazmiy nomi esa matematika fanida “algoritm” atamasi shaklida o‘z ifodasini topdi. Uning “Al­jabr” asari asrlar davomida avlodlar qo‘lida yer o‘lchash, ariq chiqarish, bino qurish, merosni taqsimlash va boshqa turli hisob va o‘lchov ishlarida dasturilamal bo‘lib xizmat qildi. Xorazmiyning bu riso lasi XII asrdayoq Ispaniyada lotin tiliga tarjima qilinadi va qayta ishlanadi. Xorazmiyning arifmetik risolasi hind raqamlariga asoslangan o‘nlik hisoblash tizimining Yevropada, qolaversa, butun dunyoda tarqalishida buyuk ahamiyat kasb etdi. Shunday qilib, vatandoshimiz Xorazmiy al-jabrni mustaqil fan darajasiga ko‘tarib, algebra faniga asos soldi va tarixda o‘zidan o‘chmas iz qoldirdi.
9-BILET
1. O‘zbekistonda - milliy valyutaning qabul qilinishi.
O‘zbekistonning amaldagi milliy valyutasi so‘m — O‘zbekiston Respublikasi Oliy kengashining 1993 yil 3 sentabrdagi №952-XII qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994 yil 16 iyundagi PF-870 sonli farmoniga binoan, 1994 yilning 1 iyulida, o‘zigacha amalda bo‘lgan so‘m-kuponga 1:1000 nisbatda muomalaga kiritilgan. So‘m dastlab 1, 3, 5, 10, 20, 50 tiyinlik tangalar hamda, 1, 3, 5, 10, 25, 50, 100 so‘mlik qog‘oz kupyuralar bilan bir vaqtning o‘zida muomalaga kirgan. 1 so‘m 100 tiyinga maydalangan. Aytish joizki, so‘m muomalaga kiritilgan kunda valyuta birjasida 1 AQSh dollarining qiymati roppa-rosa 7 so‘m bo‘lgan.
So‘m qadri tushib borishi bilan past nominaldagi qog‘oz pullar muomalada ko‘proq ushlab turilishi uchun tanga ko‘rinishidagi so‘mlarga almashtirib borilgan. Jumladan, 1997 yilda ilk marta 1, 5 va 10 so‘mlik tangalar muomalaga kiritilgan. Bunday ko‘rinishdagi tanga so‘mlar 1998, 1999 yillarda ham ishlab chiqarilgan. 2000 va 2001 yillarda 1, 5 va 10 so‘mlik tangalarning hajmi kichraytirilgan va dizayni o‘zgartirilgan.
Bundan tashqari, po‘lat, mis va nikel qotishmali 50 so‘mlik (2001) va 100 so‘mlik (2004) tangalar ham muomalaga kiritilgan.
Rasmiy xabarga ko‘ra, Markaziy bank 2018 yil mobaynida mayda kupyuralarni 50, 100, 500 so‘mlik yangi namunadagi tangalarga almashtirish hamda 200 so‘mlik tangalarni chiqarish masalasi ko‘rib chiqadi.

Download 280.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling