1-bilet Shayboniylar davlatining tashkil topishi


Abu Ali ibn Sino hayoti va faoliyati


Download 280.7 Kb.
bet52/53
Sana31.01.2024
Hajmi280.7 Kb.
#1832809
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53
Bog'liq
1-bilet Shayboniylar davlatining tashkil topishi

3. Abu Ali ibn Sino hayoti va faoliyati.
Abu Ali ibn Sino 980-yilda Buxoro yaqinidagi Afshona qishlog‘ida mahalliy amaldor oilasida dunyoga keldi. Maktabni bitirgach, ustozi Abu Abdullohdan mantiq, falsafa, riyoziyot va fiqh ilmlarini o‘rganadi. O‘n olti yoshidan boshlab turli fanlar bo‘yicha Sharq va G‘arb olimlarining ilmiy asarlarini mustaqil o‘rgandi. Ayniqsa, u tabobat ilmining qadimgi allomalari Gippokrat va Galen hamda o‘rta asr Sharqining buyuk hakimi va mutafakkiri Abu Bakr ar-Roziyning (865–925) asarlarini puxta o‘rganadi. Ibn Sino o‘n yetti yoshidayoq e’tiborli hakim va olim bo‘lib yetishadi. U amir Nuh ibn Mansurni davolab tuzatgach, somoniylarning saroy kutub xonasidan foydalanishga ruxsat oladi. Ibn Sino taqdir hukmi bilan Gurganchdagi (Urganch) Xorazm Ma’mun akademiyasi olimlari qatorida ijod qiladi. U 1037-yilda vafot etadi va Hamadonda dafn etiladi. Ibn Sino 450 dan ortiq, shu jumladan, tibbiyotga doir 43 ta asar yozgan. Uning 5 jildli “Al-qonun­fit-tib”­(“Tib qonunlari”) nomli qomusiy asarida kasalliklarning kelib chiqish sabablari va manbalari, tashxis, muolaja usullari, dorivor o‘simliklar va dori-darmonlarning xususiyatlari, parhez, inson salomatligi uchun jismoniy tarbiyaning ahamiyati kabi tabobatning g‘oyat muhim masalalariga alohida e’tibor berilgan. Uning “Al­qonun fit-tib”­ asari XII asrdayoq lotinchaga tarjima qilinib, to XVII asrgacha Yevropa tabobatida asosiy qo‘llanma sifatida foydalanilgan.
30-BILET
1. Amir Temurning Movarounnahrni egallashi.
XIV asrning 60-yillarida Movarounnahrda hukm surgan og‘ir siyosiy va iqtisodiy vaziyat mamlakatni birlashtirib, kuchli bir davlat tashkil etishni talab qilmoqda edi. Amir Temur o‘z zamonining bunday talabini boshqa amirlarga nisbatan yaxshiroq tushunardi. Shuning uchun ham u markazlashgan davlat tuzishga kirishdi. Bunday maqsadni amalga oshirishda u oqsoqollar, harbiylar, savdogarlar va shahar hunarmandlari tabaqalariga suyanadi. Amir Temur bu ulkan maqsadini ro‘yobga chiqarish ishini avvalo ichki g‘anim lariga qarshi kurashdan boshlaydi.1370-yilning bahorida Amir Temur butun qo‘shinlari bilan kuchli raqib – Balx hukmdori Amir Husaynga qarshi yo‘lga chiqadi. Qo‘shin Termiz yaqinidagi Biyo qishlog‘iga yetganida uning huzuriga taniqli ulamolardan Sayyid Baraka tashrif buyuradi. Sayyid Baraka Amir Temur faoliyatini qo‘llab-quvvatlab, unga Oliy hokimiyat ramzi nog‘ora bilan bayroq tortiq qilib, uning buyuk kelajagidan bashorat qiladi. Bu voqea, shubhasiz, siyosiy ahamiyatga ega edi. Chunki nog‘ora bilan bayroq, musulmonlar odatiga ko‘ra, toj-taxt ramzi bo‘lib, uni oliy martabali ruhoniyning qo‘lidan olish tez orada uning toj-taxt va saltanat egasi bo‘lishligiga ishora edi. Amir Temur qo‘shini to Balxga yetib borgunicha, yo‘l yo‘lakay unga yangi-yangi kuchlar kelib qo‘shiladi. Bu paytga kelib Amir Husaynning ko‘pchilik amirlari uni tark etadilar. Jangda Amir Husayn qo‘shinlari yengiladi, ikki kunlik qamal dan so‘ng, 1370-yilning 10-aprelida Balx shahri Amir Temurga taslim bo‘ladi. Amir Husayn qatl etiladi. 11-aprel kuni bo‘lib o‘tgan qurultoyda Amir Temurning hukmdorligi rasman tan olinib, u Movarounnahrning amiri deb e’lon qilinadi Amir Temur taxtga o‘tirgach, Chig‘atoy ulusining barcha yerlariga o‘zini voris deb bildi. Sohibqiron Sirdaryoning quyi havzasidagi yerlarni, Toshkent viloyatini, Farg‘ona vodiysini va Xorazmni o‘z hukmronligi ostiga kiritdi. Amir Temur 1372-yildan boshlab Xorazmga besh marta harbiy yurish qildi va Xorazm 1388-yilda uzil-kesil bo‘ysundirildi. 1381-yilda Hirot, Seyiston, Mozandaron egallandi.Shundan so‘ng Saraxs, Jom, Qavsiya, Sabzavor shaharlari jangsiz Amir Temurga bo‘ysundi va uning tasarrufiga o‘tdi. Shunday qilib, Amir Temur Movarounnahr, Xuroson va Xorazmni birlashtirib, yirik markazlashgan davlat tuzdi.

Download 280.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling