1-bilet Shayboniylar davlatining tashkil topishi


Mahmudxo‘ja Behbudiy hayoti va faoliyati


Download 280.7 Kb.
bet48/53
Sana31.01.2024
Hajmi280.7 Kb.
#1832809
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53
Bog'liq
1-bilet Shayboniylar davlatining tashkil topishi

3. Mahmudxo‘ja Behbudiy hayoti va faoliyati.
Turkiston jadidlarini birlashtirishda «O‘rta Osiyo jadidlarining otasi» deb tan olingan Mahmudxo‘ja Beh-budiy (1875-1919)ning xizmati katta bo‘ldi. U 1875- yilning 19-yanvarida Samarqand yaqinidagi Baxshitepa qishlog‘ida tug‘ilgan. Dastlab Samarqand, so‘ngra Buxoro madrasalarida tahsil olib, imom-xatib, qozi, keyin muftiy darajasiga ko‘tarildi. Behbudiy Ocrta Osiyo jadidchilik harakatining asoschisi va yolboshchisi edi.Turkistonda ma’rifatparvarlik harakatining rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan shaxs hisoblanadi. Behbudiyning tashabbusi bilan o‘z otasi sharafiga «Behbudiya kutubxonasi» deb atalgan kutubxona tashkil qilingan.
28-BILET
1. BMTning tashkil topishi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti 1945-yilning 24-oktabrida tuzildi. Antifashist koalitsiya davlatlari urushdan keyingi dunyo tuzilishi tamoyillari to‘g‘risi dagi o‘z qarashlarini Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Ustavida bayon qildilar. BMT Ustavi ko‘plab xalqlar kurashining mazmuniga aylangan va Yer yuzidagi barcha xalqlarning tinchlik va tenglikda yashash tamoyillari bo‘lgan umuminsoniy qadriyatlarni e’lon qildi. Rossiya, AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya Xitoy BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zolari hisoblanadi. Bugungu kunda 193 ta davlat BMTga a’zo, 2 ta davlat Vatikan va Falasatin kuzatuvchi-davlat maqomini olgan. Birlashgan Millatlar Tashkilotining asosiy maqsadlari quyidagi-lar ekanligi belgilab qo‘yildi:- butun dunyoda tinchlikni ta’minlash; - dunyo xalqlari o‘rtasida do‘stlik munosabatlarini rivojlan-tirish; - dunyoda ocharchilik, kasallik va savodsizlikni tugatish borasida birgalikda harakat qilish; - ekologiya halokatining oldini olish; - inson huquqlari va erkinliklariga hurmat bilan qarashni rag‘batlantirish. BMT shtab kvartirasi (doimiy ish o‘rni) AQShning Nyu-York shahrida joylashgan. BMTga Bosh kotib rahbarlik qiladi. Dunyoning qaysi bir burchagida bo‘lmasin, umumiy tinchlikni xavf ostigaqo‘yadigan vaziyat yuzaga kelsa, BMT uni muhokama qiladi va tinchlikni saqlab qolish uchun zarur choralarni ko‘radi. Hozirgi kunda BMT bosh kotibi Antoniu Guterresh

Download 280.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling