1-bilet Shayboniylar davlatining tashkil topishi
Imom Buxoriyning hayoti va faoliyati
Download 280.7 Kb.
|
1-bilet Shayboniylar davlatining tashkil topishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 19-BILET 1. SSSRning tashkil topishi.
- 2. Registon ansambli haqida ma’lumot bering.
3. Imom Buxoriyning hayoti va faoliyati.
Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy (810–870) islom ta’limotiga oid yigirmadan ortiq asarlar yozdi. Uning birgina “Aljome’ assahih” asariga 7275 hadis kiritilgan. 1998-yil oktabrda buyuk mutafakkir Imom al-Buxoriy tavalludining 1225 yilligi nishonlandi. Samarqand yaqinidagi Xartang qishlog‘ida “Imom alBuxoriy yodgorlik majmuyi” barpo etildi. 4 jildli “Aljome’ assahih” kitobi ilk bor o‘zbek tilida nashr etilib, kitobxonlarga taqdim etildi. 19-BILET 1. SSSRning tashkil topishi. 1922-yili amalga oshirilgan muhim tadbirlardan biri SSSRning tashkil topishi bo‘ldi. Millatlarning o‘z huquqini o‘zi belgilash tamoyi lidan kelib chiqib, barcha respublika lar federativ davlatga teng huquqli a’zo bo‘lib kirdilar. Natijada, 1922-yil 30-dekabr kuni sobiq Rossiya imperiyasi hududida Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqi (SSSR) tash kil qilindi. Bu yangi davlatda eski jamiyat ning asoslari buzib tashlandi, «davlat sotsi alizmi» (davlatning iqtisodiyot ga va ijtimoiy munosabatlarga aralashuvi) o‘rnatildi va iqtisod, jamiyat, davlat misli ko‘rilmagan sur’atlarda isloh qilindi. Sovet tipidagi «davlat sotsializmi» jamiyatni industr lashti rishning kapitalistik usuliga muqobil yo‘l edi.Dastlab SSSRga Rossiya, Ukraina, Belorusiya va Kavkazorti respublikalari kirdilar. 1924-yili davlatning birinchi konstitutsiyasi qabul qilindi. 1924-yili Kavkazorti va O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish o‘tka zilib, milliy sovet respublikalari tashkil qilindi. Shu yillari SSSR Yevropa davlatlari tomonidan, 1933-yili oxirgi yirik davlat – AQSH tomonidan tan olindi. SSSRning 1-davlat rahbari Iosif Vissarionovich Jugashvili (Stalin) bo‘lgan. 2. Registon ansambli haqida ma’lumot bering. Registon deyilganda Sharq mamlakatlarida, shu jumladan, O‘zbekistonda ham shaharning markaziy maydoni tushunilgan. Tarixda bunday maydonlarda turli tadbirlar - bayramlar, sayllar, tomoshalar o‘tkazilgan. Maydon o‘yilib ketmasligi uchun uning ustiga mayda tosh yotqizilgan. Keyinchalik Registon maydonida Ulug‘bek, Sherdor va Tillakori madrasalaridan iborat me’moriy majmua bunyod etildi. Ulug‘bek madrasasi XV asrda qurildi. U ikki qavatli bo‘lib, atrofi hujra va darsxonalar bilan o‘ralgan. Madrasalarning qolgan ikkitasi - Sherdor va Tillakori madrasalarini XVII asrda Samarqand hokimi Yalangto‘sh Bahodir qurdirgan. Sherdor madrasasi Ulug‘bek madrasasining ro‘parasida joylashgan. Madrasa to ‘rt burchakli va ikki qavatli qilib qurilgan. Peshtoqqa qizg‘ish zarhal tusli sher oq ohuni quvib borayotgani tasvirlangan. Quyosh esa bodomqovoq, qiyiq ko‘zli qilib tasvirlangan. Peshtoqning ikki tomonida gumbazli darsxona va masjid joylashgan. Tillakori (tilla bilan ishlangan) madrasasi dastlab Yalangto‘shbiy kichik madrasasi deb nomlandi. Madrasa binosidan o‘rin olgan masjidning bezagiga ko‘p miqdorda oltin sarflangani uchun madrasa Tillakori nomini oldi. Samarqand shahrining 2750 yilligi munosabati bilan Tillakori madrasasida ham katta ta ’mirlash ishlari amalga oshirildi. Bugungi kunda Registon maydonida mashhur «Sharq taronalari» xalqaro musiqiy festivallari o‘tkazilib kelinmoqda. Download 280.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling