1. Bilimlarni nazorat qilish va baholash turlari Baholash mezonlari


Guruhlar Savollar soni (bir savolga 2 ball)


Download 71.88 Kb.
bet11/11
Sana06.11.2023
Hajmi71.88 Kb.
#1750143
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Bilimni nazorat qilish va baxolashning ahamyati mezonlari va samaradorligi

Guruhlar


Savollar soni (bir savolga 2 ball)





Jami ball




































1

2

3

4

5

6

7

8

9

10








A
























B























10 ta savolni to’g’ri berganga ham, javobga ham 2 balldan, savol bergan guruv javobdan qoniqmasa to’ldirishi mumkin.

Toliq javobga 2 ball, javobda xatolik, kamchilik bolsa 1 ball, javob yo’q bo’lsa 0 ball qoyiladi. Demak 17-20 ball -5 baho; 14-16 ball-4 baho; 11-13 ball -3 baho va 11dan past to’plansa 2 baho qo’yiladi. Bunda baholash guruhli amalga oshiriladi.


Balni hisoblash jadvali to’ldirilganlik namunasi



Guruhlar



Savollar soni (bir savolga 2 ball)


Jami ball

1

2

3

4

5

6

7

8

9

1





A

2

2

2

1

0

2

2

2

2

2

17(5)



B

2

1

1

1

1

2

2

2

2

0

14(4)


Bu metodda o’quvchilar guruhli ishlaganliklari uchun baho ham barcha guruh a’zolariga bir xil qo’yiladi. Natija 4 lik bo‘lsa, 4 baho, 3 lik bo‘lsa, 3 baho va h.k.

Informatikani o’qitishda baholashning innovatsion metodlarini ko’plab keltirish mumkin, ularga «Shayba», “Rezyume”, test, “Plyus-minus”, “Viktorina”, “Portfolio” va boshqalarni keltirishimiz mumkin [24,42,39].


Bilimlarni nazorat qilish va baholashning innovatsion metodlarini loyihalash.
Bilimlarni nazorat qilish va baholashning innovatsion metodlarini loyihalash.
A.S.Agafonova "Baholash usuli - o'quv jarayoni davomida ta'limning muvaffaqiyati to'g'risida ma'lumot olish uchun fikr-mulohazalarni taqdim etish, o'qituvchilar va talabalar o'rtasidagi o'zaro ta'sir o'tkazish usullaridir"-deb ta’riflasa, P.I. Pidkasistiy "Nazorat usuli - ta'lim jarayoni haqida ma'lumot olish uchun o'qituvchilar va talabalarning ketma-ket o'zaro bog'liqlikdagi tashxislash tizimi ekanligini, B.A.Slastenin "Nazorat usullari - bu o'quvchilarning o'quv-biluv faoliyati va o'qituvchilarning pedagogik faoliyati samaradorligini aniqlash usullaridir” deb ta’riflaydilar [12].
Matritsali nazorat - bu bilimlarni boshqarishning noan'anaviy shakllaridan biri. Ushbu nazoratda javoblarning ko'p qirraliligiga yo'l qo'yilmaydi (testdan farqli o'laroq); oquvchi aniq javob berishi va aniq baho olishi kerak.
O`qituvchi o`quv matеrialini bayon etganda, laboratoriya-amaliy ishlarni bajarish vaqtida, mashqlar jarayonida, mustaqil kuzatishlar vaqtida ijodiy xaraktеrdagi ishlarni bajarish natijasida o`quvchilar yangi bilimlar oladilar. O`qituvchining vazifasi o`quvchilar faoliyatining hamma turlarini bilimlar olish va ularni kеngaytirish manbaiga aylantirishdan iborat.O`quv matеrialini bildirish mеtodini tanlash o`rganilayotgan matеrialning mazmuni, xaraktеri va murakkabligiga, mashg`ulotlarning didaktik maqsadiga, o`qitish vositalari bor-yo`qligiga, o`quvchilarning dastlabki bilimlari va shu kabilarga ko`p jihatdan bog`liq. KHKlaridagi o`quv jarayonining o`ziga xos xususiyati shundan iboratki, o`quvchilarning nazariy mashg`ulotlari bilan bir qatorda katta hajmda ishlab chiqarish ta`limi ham o`tkaziladi. SHuning uchun o`quv matеrialini bildi­rish mеtodlarini tanlashda o`qituvchi o`quvchilarning ishlab chiqarish, tajribalarini, ularning o`qitilish davrini, o`rganilayotgan, matеrialning amaliyot bilan bog`liqligini ham e`tiborga olishi zarur.
O`quv matеrialini bildirish mеtodlarini tanlash bir qator sub`еktiv faktorlarga, shu jumladan, butun o`quv gruppasining xususiyatlariga, ayrim o`quvchilarning individual xususiyatlariga bog`liq. Nihoyat, o`quv matеrialini bildirish mеtodlarini va mеtodik usullarini tanlashga o`qituvchining pеdagogik tajribasi, indivudal sifatlari, ish uslubi, ya`ni o`qituvchiniig pеdagogik mahorati anchagina ta`sir etadi.
Me’zonga asoslangan baholash- baholanuvchining ta’lim jarayonida qo‘lga kiritgan natijalarini, bilim, malaka va ko‘nikmalarini oldindan belgilangan o‘quv maqsadlari asosida ishlab chiqilgan, hamma uchun umumiy va bir xil mezonlarga ko‘ra taqqoslash va o‘lchash shaklidir. Bunda natijalar to‘g‘ri va xolis baholanadi, shuningdek, kuchli guruhlardan kuchsiz guruhlarni yaxshiroq farqlash imkonini beradi.

Baholash natijasida nafaqat ta’lim oluvchining, balki, ta’lim beruvchining kuchli va kuchsiz tomonlari, shuningdek, o‘quv jarayonidagi kamchiliklar aniqlanadi. Ta’lim vositalari, rejalar, ta’lim jarayonini tashkil etish sifatiga ham baho beriladi




Nazariy bilimlarni baholash deganda, erishilgan natijalarni aniqlash, uni mo‘ljallangan natijani baholash mezonlari bilan taqqoslash, ta’lim jarayonida qo‘yilgan maqsad natija ko‘rsatkichlarini qanday darajada o‘zlashtirganini aniqlash tushuniladi .
O’qituvchi savol bergan vaqtda ta’lim oluvchi hamma vaqt to‘g‘ri javob beradi deb kutmaslik kerak,. anglik, erkin bo‘la olmaslik, qo‘rquv) tufayli haqiqiy natija yuzaga chiqmay qolishi mumkin. Nazariy bilimni baholash orqali butun ta’lim tizimi va uning barcha komponentlari tekshirib ko‘rilishi mumkin. Nazariy bilimlarni baholash ta’lim oluvchining o‘zligini anglashi uchun imkoniyatdir
Amaliy ko‘nikma va malakalarni baholash amaliy mashg‘ulotlar darsida me’zonlar asosida olib boriladi. An’anaviy ta’lim jarayonida baholashning test, og‘izaki so‘rov, yozma ish kabi sakllardan foydalaniladi.
Hozirgi kunda “Innovatsiya” atamasining ta’rifini turlicha talqin etishmoqda. Innovatsiya-bu pedagogik haqiqatning mumkin bo‘lgan o‘zgarishlarning shunday mazmuniki, u ta’lim va tarbiyaning avvaldan ma’lum bo‘lmagan, avvaldan uchramagan holat, natija, rivojlanadigan nazariyasi va amaliyotiga olib keladi. Bu holat pedagogikada to‘lig‘incha, shuningdek, uning alohida tashkil etuvchilariga ham tegishli bo‘lishi mumkin.
Xulosa.




Xulosa qilib aytganda, matematika o‘qituvchisi kompyuterli testlarni dasturiy vositalar yordamida yaratishni loyihalashtirish uchun o‘qituvchi quyidagi ishlarni bajaradi: O`qituvchi darsni o`quvchilar o`rganayotgan matеrialni anglabgina qolmay, uni aniq, takrorlab bеra oladigan, bilimlarni kеlgusi o`quv ishlarida va amalda qo`llay oladigan yo`sinda tashkil etishi kеrak.

мavzu yoki fan bo‘yicha testlarni matnli formatda tayyorlaydi;

har bir test turini aniqlaydi (bir tanlovli, ochiq, yopiq va h.k.)

qaysi kompyuter dasturidan foydalanib (Easy Quizzy, Adestest, My Test, Ispring va hokazo) test tuzishni rejalashtiradi;

o‘zi tayyor bo‘lgan testni bajarib, sinovdan o‘tkazadi, xatoliklari bo‘lsa to‘g‘rilaydi.



Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
  1. O‘zbekiston Respublikasining 1997 yil 29 avgustdagi «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonuni//Barkamol avlod - O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori – T.: Sharq, 1997. -B. 20-29.


  2. “Oliy ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori. 343-son 16.08.2001. http://www.lex.uz/docs/361387


  3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. O‘zbekiston respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida. (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017 y., 6-son, 70-modda)


  4. Mirziyoyev Sh. M. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisidagi nutq / Sh.M. Mirziyoyev. – Toshkent: O‘zbekiston, 2016. - 56 b.


  5. Abduqodirov A.A., Pardayev A.X. Masofali o‘qitish nazariyasi va amaliyoti.-T.: Fan -2009. -145 b.


  6. Asyamov S.V., Beknazov O.N. O‘quvchilar bilimini baholash tizimida pedagogik testning o‘rni.O‘quv-metodik qo‘llanma. T.-2012y.42b.


  7. Baholash metodlari. O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassalari o‘qituvchilari va amaliyot ustalari malakasini oshirish va trenerlar tayyorlash bo‘yicha o‘quv metodik qo‘llanma / A Nishonov, B. Xaydarov, B.Nuriddinov va boshqalar.- T.: 2003. - 153 b.


  8. Daniyarov B. Xalk, ta’limi tizimida pedagogik innovatsiyalar. 2014. https://cyberleninka.ru/article/n/hal-talimi-tizimida-pedagogik-innovatsiyalar


  9. Informatika va axborot texnologiyalari. Elektron multimedia darsligi. Kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar uchun. –Toshkent: O‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’limi rivojlantirish instituti. 2003.


  10. Ishmuxammedov R., A.Abduqodirova A.Pardayev.Ta’limda innovatsion texnologiyalar.Ta’lim muassasasi pedagog-o‘qituvchilari uchun amaliy tavsiyalar. -Toshkent. 2008. - 180 b.



Download 71.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling