1. Bilishning mazmun va mohiyati


Download 32.86 Kb.
bet4/7
Sana21.06.2023
Hajmi32.86 Kb.
#1638276
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Bilish nazariyasi - asosiy muammolari va yo’nalishlari

Mavhum tafakkur hissiy bilishdan sifat jihatidan farq qiladi. U bevosita aniq bitta narsadan uzoqlashib, bir nechtasiga xos bo’lgan umumiylikning mohiyatini aniqlab beradi, ularning rivojlanish qonuniyatlarini ochib beradi. Masalan, grammatika ayrim so’zlar orqali umumiylikni belgilab beruvchi inson tafakkurining mavhumlovchi ishidir.
Shunday qilib, hissiy bilish bilan mavhum tafakkur bir butun bilish jarayonining sifat jihatdan turlicha bo’lgan va ayni vaqtda bir-biri bilan bog’liq, bo’lgan bosqichlaridir. Mavhum tafakkur hissiy bilishdan kelib chiqadi, jonli bilish esa qonuniyat bilan o’sib, mavhum tafakkurga asos soladi.
Mantiqiy bilish — bilishning rivojlanishidagi sifat jihatidan yangi, yuqori pog’onasidir. Mantiqiy bilishda inson mantiqiy tafakkur yordamida voqelikning rivojlanish qonuniyatlarini bilib oladi. Ob’ektiv reallikni bilish dialektikasida sezgi va idrokning yuzaki obrazlari tasavvur obrazlaridagi abstraktsiya elementlari bilan birlashib mavhum tafakkurga qarab aylanadi. Tafakkur esa, garchand jonli mushohada materiallariga asoslansada, bilish jarayonining sifat jihatidan murakkab bo’lgan yuqori bosqichidir.
Bizga ma’lumki, sezgi obrazlari tashqi olamning in’ikosidir, ya’ni tashqi olam sezgimizga qanday ta’sir qilsa, shundayligicha aks etiladi. Lekin tafakkur obrazlarida boshqacharoq, unda tashqi olamning ichki mohiyati, aloqa va bog’lanishlari hamda rivojlanish qonun va qonuniyatlari aks etadi. Tafakkur obrazlarining uchta asosiy xususiyati bor:
1.Tafakkur obrazlari mavhumlik xususiyatiga ega, ya’ni tafakkur obrazlari hosil bo’lishi uchun ifoda qilinayotgan tashqi olam bevosita ko’z oldimizda bo’lishi shart emas. Tafakkurga xos bo’lgan ana shu jarayon abstraktsiya deyiladi.
2 Tafakkur obrazlari umumlashgan xususiyatga ega. Umumlashtirish esa bizga ta’sir etayotgan narsa yoki hodisaning barcha sifat va xususiyatlaridagi muhim bo’lmagan ikkinchi darajalilarini chetga surib, asosiy tomonlarini taqqoslash va fikran bir-biri bilan bog’lashdir.
3.Tafakkur obrazlari til bilan bog’langandir. Bilish jarayonida paydo bo’layotgan har bir tushuncha til orqali ro’yobga chiqadigan ong omilidir.
Mavhum tafakkur shakllari tushuncha, muhokama, xulosadir. Tushuncha tafakkurning alohida shakli bo’lib, u tashqi dunyo narsa va hodisalarining umumiy, zaruriy tomonlarini aks ettiradi.

Download 32.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling