Umumiy tabiiy geografiya” fani bo’yicha kurs ishi mavzu: «Yer tabitining shakllanishiga ritmiklik, tsikliklik, davriylik hodisalarining ta’siri»
Download 54.28 Kb.
|
pz 2023 kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Talaba 60540300
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INOVATSIYALAR VAZIRLIGI NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI TABIIY FANLAR FAKULTETI Geografiya kafedrasi “Umumiy tabiiy geografiya” fani bo’yicha KURS ISHI Mavzu: «Yer tabitining shakllanishiga ritmiklik, tsikliklik, davriylik hodisalarining ta’siri»
NAMANGAN-2023 REJA:
II.Asosiy qism: 1. Yer tabiatining shakllanishiga ritmiklik hodisasini tasiri. 2. Yer tabiatining shakllanishiga sikillik hodisasini tasiri. 3. Yer tabiatining shakllanishiga davriylik hodisasini tasiri. III.Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar. KIRISH
Natijada geoxronologiya paydo bo‘lgan. Geoxronologiya (geologik yilnoma) – yer po‘stidagi tog‘ jinslarining hosil bo‘lish ketma-ketligi va yoshi haqidagi ta’limot. Geoxronologiya mutlaq va nisbiy geoxronologiyaga bo‘linadi. Mutlaq geoxronologiyada Yerning yoshi yillar bilan ifodalanadi. Nisbiy geoxronologiyada esa, tog‘ jinslarining ketma-ket qatlamlanib joylanishiga asoslaniladi. Bunga ko‘ra, ustida yotgan qatlam (cho‘kindi jinslar qatlamlarining dastlabki holati buzilmaganda) ostidagidan yosh bo‘ladi. 21 Tog‘ jinslarining yoshini aniqlashda paleontologik metod ham ishlatiladi. Bu metod hayvon va o‘simliklarning tog‘ jinslaridagi toshqotgan qoldiqlarini o‘rganishga asoslangan. Har qaysi davr uchun o‘ziga xos hayvon va o‘simliklarning toshqotgan qoldiqlari mavjud (2-rasm). Geologlar ko‘p yillik tadqiqotlar natijalarini umumlashtirib, yer po‘stida qat lamlar yo‘nalishining umumiy ketma-ketligini aniqlaganlar. Keyinchalik bu stratigrafi ya shkalasi nomini oldi. Stratigrafi k shkala geoxronologiya shkalasini tuzish uchun asos hisoblanadi. Geoxronologik shkala – geoxronologik bo‘limlarning iye rarxiya (quyi bo‘limlarning yuqori bo‘limlarga bosqichma-bosqich bo‘ysinish) tizimi. Shkalada eng yirik birlik supereon bo‘lib, ular 2 ta: tokembriy va fanerozoy. Tokembriy supereoni xades, arxey (yoki arxeozoy) va proterozoy eonlariga bo‘lingan, fanerozoy supereoni esa shu nomdagi bitta eondan iborat. Eonlar, o‘z navbatida, bir nechta eralarni birlashtiradi. Masalan, fanerozoy eoni paleozoy, mezozoy va kaynozoy eralariga ajratilgan. Eralar davrlarga, davrlar zamonlarga, zamonlar esa asrlarga bo‘lingan. Shkalaning yuqori qismi, ya’ni fanerozoy paleontologik metod asosida puxta tuzilgan, pastki qismi bo‘lgan tokembriy toshqotgan qoldiqlarning yaxshi saqlanmaganligi sababli paleontologik metod cheklangan bo‘lib, natijada bo‘limlarga unchalik mukammal ajratilmagan. Stratigrafi k va unga moslashgan geoxronologiya shkalasi 1881-yilda Italiyaning Bolonya shahrida ikkinchi xalqaro geologlar kongressida tasdiqlangan va o‘sha vaqtdan boshlab jahonda umumiy hisoblanadi. O‘tgan vaqt mobaynida paleontologik metodning takomillashishi natijasida olingan yangi ma’lumotlar asosida geoxronologiya shkalasiga aniqliklar kiritilib, o‘zgartirib borilmoqda. Shuning uchun turli yillarda nashr etilgan adabiyotlarda geoxronologiya jadvalida keltirilgan ma’lumotlar mos kelmaslik hollari uchraydi. Download 54.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling