1. Bilishning mazmun va mohiyati


Ilmiy bilishning empirik darajasi


Download 144 Kb.
bet11/16
Sana23.03.2023
Hajmi144 Kb.
#1288233
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
BILISH NAZARIYASI - ASOSIY MUAMMOLARI VA YO’NALISHLARI

6.Ilmiy bilishning empirik darajasi.
Ilmiy bilishning bir-biri bilan uzviy bog’langan, biri-ikkinchisini to’ldiradigan ikkita darajasi mavjud, ularga empirik va nazariy darajalar kiradi. Mazkur darajalarning har biri o’ziga xos xususiyatlar bilan tavsiflanadi. Ular nimalardan iborat? Ilmiy bilishning empirik darajasi kishilarning ehtiyojlarini qondirish jarayonida ularning kundalik tajribalari asosida qo’lga kiritilgan ma’lumotlarga tayangan holda olamda ro’y berayotgan hodisalarni bilishga qaratilgan. Bundan farqli o’laroq, ilmiy bilishning nazariy darajasi ilm fan yordamida to’plangan bilimlar asosida olamdagi narsa va hodisalarning mohiyatini aks ettirishga qaratilgandir.
Ilmiy bilishning empirik va nazariy darajalarining yana bir xususiyati shundan iboratki, agar birinchisi, kishilarning olam haqidagi kundalik, sodda bilimlariga asoslangan bo’lsa, ikkinchisi esa olam haqidagi falsafiy ahamiyatga ega bo’lgan umumiy tasavvurlarga asoslanadi. Shuning uchun ham kishilar olamdagi narsa va hodisalar haqida chuqur va mukammal bilimlarga ega bo’ladilar.
Ilmiy bilishning empirik va nazariy darajalari bir-biridan olamdagi narsa va hodisalarni o’rganish jarayonida foydalanadigan ilmiy usullari bilan ham farqlanadi.
Ilmiy bilishining empirik darajasida quyidagi usullar keng qo’llaniladi: kuzatish, o’lchash, taqqoslash, ilmiy tajriba (eksperiment).
Kuzatish — voqelikdagi narsa va hodisalarning muayyan maqsadga muvofiq qaratilgan hissiy bilish usulidir. Kuzatishning qay darajada bo’lishi qo’yilgan maqsadning aniqligiga, kuzatilayotgan narsa va hodisalar haqida oldindan bilimga ega bo’lishiga bog’liqdir. Kuzatishda sub’ekt asboblardan foydalaniladi. Asbob kuzatish darajasini kengaytiradi, kuzatilayotgan narsani idrok qilish qobiliyatni kuchaytiradi. Kuzatish bevosita (asbobsiz) yoki vositali (asbob bilan) olib boriladi. Kuzatish jarayonida sub’ekt ob’ektning miqdor va sifat jihatlarini in’ikos ettiradi va aniqlab oladi.
O’lchash — bilish jarayonida narsaning miqdor tavsifnomasini aniq lash usulidir. O’lchov odatda o’rganilayotgan predmetni aniq qayd etilgan xossa va belgilarga ega bo’lgan boshqa biror bir predmet bilan nisbatlash yo’li orqali amalga oshiriladi. O’lchash usuli orqali predmetlarning xossalarini, masalan, mustahkamligini, murakkabligini va boshqa tomonlarini aniqlash mumkin.

Download 144 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling