Qon bosimini o’lchash
Р - qo’lning bir qismi, E - yelka suyagi, A - arteriya, B - shlang orqali
manjetga havo yuborilganda manjet qo’lni siqadi. So’ngra shu shlang orqali havo
sekin yuboriladi va Б manometr yordamida manjetdagi bosim o’lchanadi. Agar
muskullar bo’shashtirilgan bo’lsa, elastik devorlardan iborat bo’lgan manjetga
tegib yumshoq to’qimalardagi bosimga teng bo’ladi. Bosimni qonsiz o’lchashning
asosiy fizik g’oyasi mana shundan iborat. Havo asta sekin chiqarilib bosim
kamaytirib boriladi va bosim sistolik bosimga teng bo’lsa, qon qattiq siqilgan
arteriya orqali otilib chiqish imkoniyatiga ega bo’ladi, bunda turbulent oqim
yuzaga keladi. Vrach bosimni o’lchashda fanendaskopni arteriya ustiga qo’yib
turbulent oqimga taaluqli bo’lgan shovqinlarni eshitadi. Manjetdagi bosimni
kamaytira borib lominar oqimni tiklash mumkin, buni eshitib ko’rilayotgan
tonlarning birdaniga pasayib ketishidan bilish mumkin. Arteriyada lominar
oqimning tiklanishiga mos keluvchi manjetdagi bosim diastolik bosim kabi qayd
qilinadi. Sog’lom kishi organizmi uchun normal sistolik bosim 120 mm.sm.ust,
diastolik bosim esa 80 mm.si.ust.ga tengdir. Qon Yurakga qaytish davomida bosim
kamayib boradi. Katta arteriyada 90 mm.sm.ust.bo’lsa, kichik arteriyalarda 25
mm.sm.ust venada esa hatto 10 mm.sm.ust.gacha kamayadi. Ammo Yurak urishi
bilan bog’liq bo’lgan bosim 120 - 80 mm.sm.ust.chegarasida o’zgarib turadi. Qon
bosimining o’zgarishi
Do'stlaringiz bilan baham: |