1. Biofizika va radiobiologiya fani, uning predmeti
Yurak va qon tomirlari yopiq biofizik sistemaligi va qonning oqimida
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
1-Maruza sirtqi1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yurakning ishi va quvvati. Qon bosimi va uni o’lchashning biofizik
Yurak va qon tomirlari yopiq biofizik sistemaligi va qonning oqimida
qon tomirlari elastiklik xususiyatining ahamiyati. Yurak va qon tomirlari yopiq biofizik sistemadir. Yurak nasos rolini bajaradi.
Yurak va qon tomirlari tuzilishi, hamda Yurak faoliyatini o’rganish elektron sxemasi: u-elektr kuchlanish, D-diod, C-kondensator,R- rezistor Yurakni kuchlanish manbai U deb olsak, Yurak klapani D diod rolini o’ynaydi, ya’ni bir tomonga ochiladi xolos. Kondensator Yarim davr ichida 1 2
4 5 6 7 Юрак
R D C U zaryadlanadi, Yarim davr ichida esa R orqali razryadlanadi. Kondensatorning roli qon bosimining tebranishlarini tekislashdir. Qon tomirlarini tarmoqlangan naychalar sifatida olish mumkin. Suratda 1-2 aorta, 2-3 arteriyalar, 3-4 arteriolalar, 4-5 kopelyarlar, 5-6 venulalar, 6-7 venalardan iborat. Yurak muskullarining qisqarishida (sistolada) qon Yurakdan aortaga va undan tarqalib ketuvchi arteriyalarga siqib chiqarila boshlaydi. Agar bu tomirlar devorlari qattiq bo’lganda edi, qonning Yurakdan chiqish paytida vujudga kelgan bosim tovush tezligida qismlarga uzatilgan bo’lar edi. Qon tomirlari elastik bo’lgani uchun sistola paytida Yurak itarib chiqarayotgan qon aorta, arteriya va arteriolalar cho’ziladi. Bunda katta qon tomirlari sistola paytida markazdan chetdagi qismlarga oqib boradigan qonga nisbatan ko’p qonni qabul qiladi. Odamning sistolik bosimi normada taxminan 16 kPa.ga teng. Yurakning bo’shashi (diastola) paytida cho’zilgan qon tomirlari pasayadi (bo’shaladi), Yurakning qon orqali ularga uzatgan potensial energiyasi qonning oqishidagi kinetik energiyaga aylananib diastolik bosimni taxminan 11 kPa. atrofida tutib turishga madad beradi. Sistolalar yuz berishi davrida qonning chap qorinchadan itarilib chiqarilishi tufayli yuzaga kelgan va aorta hamda arteriyalar orqali tarqaluvchi Yuqori bosimli to’lqinga puls to’lqini deyiladi. Puls to’lqini 5 - 10 m/s, bu esa (0,3 s da 1,5 - 3 m) sistola davrida Yurakdan qo’l va oyoqlargagacha bo’lgan masofadan kattadir. Bu shuni bildiradiki, puls to’lqini fronti qo’l va oyoqlarning oxirgi nuqtalariga aortada bosimning pasayishidan oldin yetib boradi. Ammo qonning tezligi 0,3 - 0,5 m/s, puls to’lqini tezligidan kichikdir. Rasmda Yurak atrofidagi , ya’ni aortadagi (a) va arteriolalardagi (b) o’zgarish ko’rsatilgan. Ikkinchi grafikda bosimning o’rtacha qiymatining va qon oqimi tezligining qon harakatlanuvchi tomirlar turiga bog’liq. Yurakning ishi va quvvati. Qon bosimi va uni o’lchashning biofizik
Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling