1. Biofizika va radiobiologiya fani, uning predmeti
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
1-Maruza sirtqi1
Elektr hodisalar
( Elektr maydon va uning asosiy xarakteristikalari) Bu bobda tabiatdagi to‘rtta fundamental ta’sirlardan biri elektromagnitizmni ko‘rib chiqamiz. Og‘irlik kuchidan boshlab hamma kuchlar elektrolik kuchlardan kichikdir. Cho‘zilish, siljish va boshqa kuchlar tabiati elektromagnit kuchlardan iboratdir. Elektr va magnit kuchlar ham kimyoviy kuchlar ham elektromagnit xarakterga ega. Yorug‘lik va boshqa nurlanishlar ham elektromagnit xarakterga ega. Optikadagi nur ham elektromagnit kuchlar filialidir. Elektromagnit hodisalarning asosiy qonunlari 19 asrning 50 yillarida ochildi. Bu ishlarning kulminatsiyasi maksvell tenglamalaridir. Bu tenglama bizning hayotda juda katta ahamiyatga egadir. Og‘irlik kuchidan tashqari yana ikkita fundamental kuchlardan tashqari Yadro kuchlari ham bor, lekin uni biz kundalik hayotda sezmaymiz. Bu va keyingi boblarda elektr hodisalar va materiyaning elektr xossalari haqida so‘z yuritamiz.
chaqmoq hodisasidan boshlanadi. Greklar sun’iy statistik elektr maydonini ochdi. Ishqalanish natijasida elektrlanish, qalin gilamda yurgandan so‘ng metallga tegkanda iskra chiqishi. Faqat 20 asrda biz buning asosini atom tarkibidagi proton va elektronlar sababchi ekani aniqlandi. Materiya haqidagi tasavvurlar 1-bo‘limda aytib o‘tilgan edi. Atom Yadro va uning tarkibida musbat proton va neytral neytrondan hamda uning atrofida aylanuvchi manfiy elektronlardan tashkil topgan. Elektr zaryadi 𝐞 = 𝟏, 𝟔 ∙ 𝟏𝟎 −𝟏𝟗
𝐤𝐥 Hamma tanish elementar zarrachalar shu elementar zaryadga karrali zaryadga egadir. Elektr zaryadining ikki ishorali bo‘lishi ularning tortishi va itarishida namoyon bo‘ladi. Faqat gravitatsion ta’sirda faqat tortish kuchlari mavjud. Bir xil ishorali elektr zaryadlari o‘zaro tortadi, har xillari esa o‘zaro itaradi. Yadroda zarrachalarni Yadro kuchlari ushlab turadi, unda bu kuchlar zaryad ishorasidan bog‘liq emas, odatda makroskopik jism neytral holda bo‘ladi. Lekin kam miqdordagi moddada ham shu darajada molekulalar ko‘pki, unda atom va molekuladan elektron chiqib ketib zaryadlangan ionlar hosil bo‘ladi. Ko‘p hollarda elektronning bir moddadan ikkinchisiga o‘tishi sababli birida elektronlar soni ortib ketadi (manfiy) boshqasida elektronlar soni kamayadi (musbat) zaryadlanadi. Bundan tashqari ko‘pchilik neytral molekulada musbat va manfiy zaryadlar og‘irlik markazlari mavjud. Ular ustma-ust tashmasligi mumkin . |
ma'muriyatiga murojaat qiling