Tirik organizmga elektr tokining ta’siri. Biopotensiallar va ularning hosil
bo’lish mexanizmi
Veterinariya klinikasida elektr toki yordamida tirik organizmga dori
moddalarni kiritish usuli Elektrofarrez keng qo’llanilmoqda. Bunda hayvonga
kiritilayotgan dorilar ta’siri o’zgarmas tok ta’siri bilan birga bo’ladi. Bunda
elektrod bilan teri orasiga dori eritmasida ho’llangan mato qo’yiladi. Tok o’tishi
paytida matodagi dori ionlari teri orqali organizmga o’tadi. Shu vaqtning o’zida
teridan matoga hujayralardan K
+
, Na
+
,Cl
-
va boshqa ionlar o’tadi.
Tirik organizm turli qismlari orasida mavjud bo’lgan potensialar farqi
biopatensiallar deyiladi. Biopatensiallar hayvon va o’simliklarning hujayralarida,
to’qimalarida va organizmlarida paydo bo’ladi. Ularning ba’zilari doimiy mavjud,
ayrimlari tashqi ta’sirlar tufayli paydo bo’ladi.
Elektr impulslari nerv, muskul to’qimalarning faoliyati vaqtida paydo
bo’ladi va tirik organizmlarda kechadigan fiziologik va patalogik jarayonlarni aks
ettirishi mumkin. Bioelektrik hodisalarni o’rganish 1771 yilda L.Galvani
tajribalaridan boshlandi.1838 yilda Matteuchi muskulning tashqi sirti musbat, ichki
sirti manfiy zaryadga ega ekanligini aniqladi. Tinch holatdagi muskulning tashqi
va ichki sirtlari orasidagi potensialari esa muskulning qisqarishi, bezlar sekresiyasi,
hujayralarning ta’sirlanishi paytida hosil bo’ladi.
1875 yilda rus fiziologi V.E.Danilevskiy birinchi bo’lib bosh miyaning
biopotensialarni aniqladi. Biopotensialarning hosil bo’lishi ancha murakkab masala
bo’lib, hozirgacha uning to’liq nazariyasi yo’q. Hozirgi vaqtda 1952 yil Xodjiken,
Xaksli, Kachilar nazariyasi ko’p qo’llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |