1. Biofizikaning predmeti, vazifalari. Biofizikaning biologik fanlar orasida tutgan o’rni va boshqa fan soxalari bilan aloqasi


Mitsella paydo bo`lishining kritik konsentratsiyasini aniqlash usullari


Download 1.78 Mb.
bet41/43
Sana23.12.2022
Hajmi1.78 Mb.
#1047099
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43
Bog'liq
biofizika 100%

11. Mitsella paydo bo`lishining kritik konsentratsiyasini aniqlash usullari.
Mitsella paydo bolishining kritik konsentratsiyasini aniqlashda ishlatiladigan usullar-sirt aktiv moddalar eritmalari konsentratsiyasi ozgargan sharoitda, ular hajmni yoki sirt xususiyatlarining ozgarishini qayd etishga asoslangan usullardir. Kolloid zarrachalar (mitsellalar) sirt aktiv moddalarining erkin molekulalaridan adsorbsiya, elektr otkazuvchanlik, yoruglik nurini sochish kabi bir qator xususiyatlari bilan farqlanadi. Sirt aktiv modda molekulalari konsentresiyasining oshishi bilan molekulalarning agregat holatiga otishi, yuqorida sanab otilgan xossalarning konsentratsiyaga bogliq ravishda, ozgarishini aks ettiruvchi egri chiziqda hosil boladigan sinish, mitsella paydo bolishining kritik konsentratsiyasiga mos qoladi. 7-rasm. Mitsella, liposoma va lipidli qoshqavatning strukturaviy tuzilishi. Quyida mitsella paydo bolishining kritik konsentratsiyasini aniqlashda ishlatiladigan usullardan ikkitasi keltirildi
K o n d u k t o m e t r i k u s u l. Konduktometrik usul ion hosil qiluvchi sirt aktiv moddalar eritmalari elektr otkazuvchanligixususiyatining konsentratsiyaga bogliq ravishda ozgarishini qayd etishga asoslangan. Ion hosil qiluvchi sirt aktiv moddalar suyultirilgan eritmalarda ozlarini kuchli elektrolitlar tarzida namoyon etadi. Masalan, ular ekvivalent elektr otkazuvchanliklarining tuban konsentratsiyalardan tortib, to mitsella paydo bolishining kritik konsentratsiyalari darajasigacha bolgan intervaldagi konsentratsiyaga bogliqligi, kolloid elektrolitlardan farqlangan holda, kritik konsentratsiya darajasiga erishganda togri chiziqda sinish hosil qiladi. Songra konsentratsiyaning navbatdagi oshishi bilan ekvivalent elektr otkazuvchanlik keskin kamayadi. Bu hol shunga bogliqki, garchi hosil bolgan ionli mitsellalar tok otkazish qobiliyatiga ega bolsada, ular olchamlarining kattaligi tufayli elektr maydonida erkin ionlarga nisbatan kam harakatchanlikka ega boladi. Bundan tashqari, zaryadli mitsellalar tomonidan keltirib chiqariladigan kuchli elektrostatik itarish kuchi qarshi ionlarning bir qismini mitsellalarga boglaydi. Natijada sistemaning elektr otkazuvchanlik qobiliyati pasayadi. Mitsella paydo bolishining kritik konsentratsiyasini aniqlash maqsadida, odatda, solishtirma elektr otkazuvchanlikning konsentratsiyaga bolgan bogliqligidan foydalanish qulayroq. Haqiqiy eritmalar sohasida eritmaning solishtirma elektr otkazuvchanligi konsentratsiyaning oshishi bilan gradual oshib boradi. Kritik konsentratsiya darajasiga erishilganda esa, grafikda sinish kuzatiladi va bu sinish mitsella paydo bolishining kritik konsentratsiyasiga mos keladi. Sirt taranglik usuli shunday bir afzallikka egaki, uning aniqlik darajasi mitsella paydo bolishining kritik konsentratsiyasiga bogliq ravishda ozgarmaydi. Sirt aktiv moddalar molekulalari zanjirlarining uzun-kattaliklari ham uning aniqlik darajasiga tasir etmaydi va amalda eritmaning sirt tarangligi bir xilda ozgarib boraveradi. Boshqa usullardan
foydalanilganda, mitsella paydo bolishining kritik konsentratsiyasi zanjir uzunligining ozgarishiga qarab ozgara borishi mumkin.
Mitsella paydo bolishining kritik konsentratsiyasini konduktometrik usul yordamida aniqlash Ish uchun zarur vositalar: reoxordli koprikcha, elektr otkazuvchanlik olchash idishi, suvli termostat, natriyoleatning 0,1 m eritmasi, distillangan suv 50 ml hajmga moljallangan olchov silindri. Elektr otkazuvchanlik idishiga (yacheykaga) tekshiriladigan eritmadan shunday bir hajmda quyilsinki, u yacheyka elektrodlarini reoxordli koprikchaning klemmalariga ulanadi va shu onning ozidayoq yacheykadagi eritmaning elektr qarshiligi olchab olinadi. Songra pipetka yoki olchov silindri yordamida yacheykadagi eritmaning yarmi olinib, uning orniga shuncha
hajmga ega distillangan suv quyiladi-da, eritmaning elektr qarshiligi yana olchanadi. Shu xildagi suyultirish va olchash ishlari 8 marta takrorlanib, qayd etilgan natijalar yozib boriladi va ular asosida tenglama yordamida eritmalarning solishtirma elektr otkazuvchanliklari hisoblab topiladi, yani ае , Rx k  (1) bu yerdagi k-yacheyka doimiysi, Rx-Omlarda ifodalangan, olchab olingan eritma qarshiligi. Yacheyka doimiysi k-ni aniqlash uchun ikki marta qayta kristallantirilgan kaliy xlorid tuzining aniq konsentratsiyali eritmasi tayyorlanib, reoxordli koprikchada uning qarshiligi olchanadi. Topilgan qarshilikni quyidagi tenglamaga qo`yib, yacheyka doimiysi hisoblanadi: аe0R0 k  (2
Mitsella paydo bolishining kritik konsentratsiyasini sirt taranglik usuli yordamida aniqlash
Ish uchun zarur vositalar: sirt taranglikni olchash asbobi, natriyoleatning 0,1 M eritmasi, natriy ishqorining 0,001 n eritmasi, ogzi yopiladgan probirkalar, pipetkalar. Natriy oleatning 0,1 M eritmasidan 50 ml hajmga ega 0,010, 0,001, 0,0001 M eritmalari,
ulardan esa oraliq konsentratsiyalarga ega eritmalar ham tayyorlab olinadi. Tayyorlangan eritmalarga natriy-ishqorining 0,001 n eritmasidan qoshiladi. Bundan maqsad, kuchli suyultirish natijasida kelib chiqadigan natriyoleatning gidrolizini toxtatish, sovun va erkin organik kislotalardan hosil boladigan kislota xususiyatiga ega chokmalarni bartaraf etishdan iborat.
Navbatda, tayyorlangan eritmalarning sirt tarangliklari olchab topiladi. Bunda albatta, eritmalarning statik sirt tarangliklari olchanishi shart va shuning uchun har bir olchov operatsiyasi 1,5-2 minut davomida bajariladi. Olingan natijalar asosida σ-Ig C bogliqligini aks ettiruvchi grafik chiziladi. Grafikda qayd etiladigan keskin sinish mitsella paydo bolishining kritik konsentratsiyasiga mos keladi.

Download 1.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling