1. Biologiya fanida yangi yo‘nalishlar va boshqa fanlar bilan aloqadorligi


Download 443.04 Kb.
bet2/6
Sana27.09.2023
Hajmi443.04 Kb.
#1688527
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Документ Microsoft Word (2)

Biologiya (bio… va..logiya)— tirik tabiat haqidagi fanlar majmuasi. Biologiya hayotning barcha koʻrinishlari: tirik organizmlar va tabiiy jamoalarning tuzilishi va funksiyasini, tirik mavjudotlarning kelib chiqishi va tarqalishi, ularning bir-biri va yotirik tabiat bilan oʻzaro bogʻlanishini oʻrganadi. B.ning asosiy vazifasi tiriklikning namoyon boʻlishi qonuniyatlarini oʻrganish, hayotning mohiyatini ochib berish, tirik organizmlarni sistemaga solishdan iborat. „B.“ terminini 1892 yda bir-biridan mustasno tariqasida birinchi boʻlib J. B. Lamark va G. R. Treviranus taklif etishgan. Bu termin T. Roze (1797) va K. Burdax (1800) asarlarida ham uchraydi.
Biologiya fanlari sistemasi. Biologiya bir necha fanlardan tarkib topgan. Tadqiqot obʼyektiga binoan Biologiya botanika (oʻsimliklarni oʻrganadigan fan), zoologiya (hayvonlarni oʻrganadigan fan), odam aiatomiyasi va fiziologiyasi (odam organizmining tuzilishi va funksiyasini oʻrganadigan fan), mikrobiologiya (mikroorganizmlarni oʻrganadigan fan) va gidrobiologiya (suvda yashovchi organizmlar haqidagi fan)larga boʻlinadi. Bu fanlar oʻz navbatida birmuncha kichikroq tarmoklarga ajratiladi. Shu bilan birga Biologiya fanlarining bir-biri bilan va boshqa fanlar bilan qoʻshilib ketishi tufayli bir qancha kompleks fanlar shakllangan (mas, sitogenetika, sitoembriologiya, ekologik genetika, ekologik fiziologiya). Biologiya fanlarini tadqiqot metodlariga binoan ham alohida fanlarga ajratish mumkin. Maye, organizmlarning tarqalishini biogeografiya, toʻqima va xujayralar tarkibini biokimyo, fizik jarayonlar va metodlarni biofizika oʻrganadi. Oʻz navbatida bu fanlarni ham tekshirish obʼyektlariga binoan alohida fanlarga ajratish mumkin (mas, oʻsimliklar biokimyosi, hayvonlar biokimyosi). Biokimyoviy va biofizik metodlar koʻpincha oʻzaro qoʻshilib yoki boshqa fanlar bilan birgalikda yangi fanlarni hosil qiladi (mas, radiatsiyey biokimyo, radiobiologiya). Biologik tadqiqotlardan oliigan natijalarni taxlil qilish va umumlashtirishda biometriya, yaʼni biologik mat. katta ahamiyatga ega. Tirik organizmlar tuzilishini oʻrganish darajasiga binoan ham bir qancha fanlar shakllangan (mas, molekulyar biologiya, gistologiya, anatomiya, ekologiya va boshqalar). B.ning bevosita amaliyot bilan bogʻlangan masalalarini parazitologiya, gelmintologiya, immunologiya, bionika, kosmik biologiya kabi fanlar oʻrganadi. Insonni biologik evolyutsiya mahsuli va obʼyekta yeyfatida antropologiya, ijtimoiy hayot mahsuli yeyfatida sotsial biologiya oʻrganadi.
Rivojlanish tarixi. Hayvonlar va oʻsimliklar odamlar uchun oziq-ovqat manbai boʻlganligi nazarda tutiladigan boʻlsa, Biologiya tarixi odam gʻorda hayot kechira boshlagan davrdan, hatto undan ham oldinroq boshlangan deyish mumkin. Ibtidoiy odamlar boshlana topgan gʻorlarga chizilgan hayvonlarning rasmlari va ov manzarasi ularni hayvonlar tuzilishidan xabardor ekanligini koʻrsatadi. Xuddi shunday rasmlar Surxondaryo viloyatidagi Koʻhitang togʻining Zirovutsoy darasi gʻorlaridan topilgan. Hozirgi zamon B. fanining rivojlanishi Oʻrta dengiz boʻyida yashovchi xalqlar (Qad. Misr, Yunoniston) sivilizatsiyasi bilan bogʻliq. Yunon va Rim naturfilosoflari birinchi boʻlib hayotning mohiyati va kelib chiqishini materialistik nuqtai nazardan tushuntirib berishga harakat qilishgan. Xususan Demokrit atrof muhitdagi narsa va hodisalar doimiy boʻlmasdan oʻzgarib turishi toʻgʻrisidagi materialistik gʻoyani ilgari surgan. Arastu birinchi boʻlib hayvonlarni sistemaga solib oʻrganishni taklif etgan. Galen xayvonlar (maymun va choʻchqa)ning ichki tuzilishi asosida odamning ichki tuzilishini, qon tomirlari va nervlar funksiyasini tasvirlab bergan birinchi fiziologeksperimentator hisoblanadi (oʻsha davrda odam jasadini yorib tekshirish taqiqlangan edi).
Oʻrta asrlarda Gʻarbiy Yevropa mamlakatlarida fanlar taraqqiyoti deyarli toʻxtab qolgan bir davrda Oʻrta Osiyo xududidagi davlatlarda tabiiy fanlar jadal surʼatlar bilan rivojlana boshladi. Bu davr fanlari tarixida Muhammad Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino va Abu Rayhon Beruniy kabi allomalar alohida oʻrin tutadi. Beruniy tabiat 5 element: boʻshliq, havo, olov, suv va tuprokdan yaratilgan deb eʼtirof etadi. U oʻzining „Hindiston“ asarida tabiatni daraxtdagi eng bakuvvat va sogʻlom novdalarining oʻsishiga imkon beradigan bogʻbonga oʻxshatadi. Bu bilan u tirik organizmlar oʻrtasida yashash uchun kurash borishi va tabiiy tanlanish sodir boʻlishini bashorat kiladi. Ibn Sit oʻz asarlarida oʻsimlik va hayvonlar hamda boshqa tabiiy jismlar, hodisalar va ularning sabablari toʻgʻrisida yozib qoldirgan.
Uygʻonish davridagi geografik kashfiyotlar, oʻsimlik va hayvonot dunyosiga qiziqishning kuchayishi bir qancha mamlakatlarda botanika va hayvonot bogʻlarining tashkil etilishiga olib keladi. Bu davrda hayvonlar va oʻsimliklar toʻgʻrisida koʻplab asarlar paydo boʻladi. Ana shu davrda italiyalik botanik A. Chezalpino guli, urugʻi va mevasining tuzilishiga binoan oʻsimliklarni tasnif qilishga urinib koʻrdi, uning asarlarida metamorfoz, tartib va tur toʻgʻrisidagi ayrim tushunchalar ilk bor uchraydi. XVI—XVII-asrlarda hayvonlar toʻgʻrisida bir qancha ensiklopedik asarlar paydo boʻladi. Shveysariyalik olim K. Gesnerning 5 jildli „Hayvonlar tarixi“, italiyalik U. Aldrovandining 13 jildli monografiyasi, fransuz naturalisti G. Rondele va italyan Ch. Salvianining dengiz orti mamlakatlari hayvonlari toʻgʻrisidagi asarlari shular jumlasidandir. Bu davrda anatomiya sohasida ayniqsa katta kashfiyotlar qilindi. Ingliz olimi U. Garvey (1578—1657) oʻzining qon aylanish sistemasi toʻgʻrisidagi taʼlimotini yaratadi. Italiyalik olim F. Redining tajribalari tufayli (1667) hayotning oʻz-oʻzidan paydo boʻlishi toʻgʻrisidagi taʼlimotga katta zarba berilgan boʻlsada, uning batamom barham topishiga olib kelmadi. Koʻpchilik olimlar tuxum hujayraga ega boʻlmagan tuban organizmlar oʻz-oʻzidan paydo boʻlishi mumkin degan fikrga ega edi. XVI-asrda mikroskopning kashf etilishi B.ning rivojlanishi uchun katta ahamiyatga ega boʻldi.
IX-asrda Ch. Darvin tomonidan evolyutsiya nazariyasining ishlab chiqilishi B.ning rivojlanishi tarixida ayniqsa katta ahamiyatga ega. Uning „Turlarning paydo boʻlishi…“ (1859) asarida evolyutsiyaning asosiy mexanizmi—tabiiy tanlanish ochib beriladi. B.da Darvin gʻoyalarining gʻalabasi bilan evolyutsion solishtirma anatomiya (K. Gegenbaur), evolyutsion embriologiya (A. O. Kovalevskiy, I. I. Mechnikov), evolyutsion paleontologiya (V. O. Kovalevskiy) kabi yangi yoʻnalishlarga asos solindi. Hujayraning boʻlinishi (E. Strasburger, 1875; V. Flemming, 1882 va boshqalar), jinsiy hujayralarning yetilishi, uruglanishi (O. Gertvig, 1875; G. Fol 1877; E. van Beneden, 1884; T. Boveri, 1887, 1888) hamda u bilan boglik boʻlgan mitoz va meyozda xromosomalarning taqsimlanishini oʻrganish sohasida erishilgan muvaffaqiyatlar jinsiy hujayralar yadrosida irsiy axborotning saqlanishi toʻgʻrisida koʻplab gʻoyalarning paydo bulishiga olib keldi. Ana shu davrda (1865) G. Mendel tomonidan irsiylanish qonuniyatlari ochilishi bilan genetika faniga asos solindi.

Download 443.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling