1. Biologiya fanida yangi yo‘nalishlar va boshqa fanlar bilan aloqadorligi


Biologiyaning zamonaviy muammolari


Download 443.04 Kb.
bet3/6
Sana27.09.2023
Hajmi443.04 Kb.
#1688527
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Документ Microsoft Word (2)

Biologiyaning zamonaviy muammolari. Biologiyaning tabiiy fanlar va kishilik jamiyatining rivojlanishiga revolyutsion taʼsir koʻrsatadigan muammolari molekulyar Biologiya, genetika fanlari muskullar, nerv sistemasi va sezgi organlari fiziologiyasi va biokimyosi (tafakkur, qoʻzgʻalish, tormozlanish va boshqalar), fotova xemosintez, tabiiy sistemalar energetikasi va mahsuldorligi bilan bogʻliq. Molekulyar Biologiyaning sohasi hujayra ichida boradigan fizikkimyoviy jarayonlar va tirik sistemalar nisbiy turgʻunligining boshqarilishi, ayniqsa genlarning ishga tushirilishi mexanizmini oʻrganish ham Biologiyaning markaziy muammolaridan biri hisoblanadi. Organizmni individual rivojlanishi davomida hujayralarning ixtisoslashib borishi va toʻqimalarning hosil boʻlishi, Yerda hayot paydo boʻlishining dastlabki davrlarida tirik organizmlarga xos murakkab polimerlarning tabiiy sintezlanishi va ulardan oʻz-oʻzini yarata oladigan tirik sistemalar paydo boʻlishini oʻrganish ham muhim masalalardan hisoblanadi. Yer yuzida aholi sonining tez surʼatlar bilan oʻsib borishi Biologiya oldiga biosferaning mahsuldorligini oshirish, yashash muhitini ifloslanishdan saklash, oʻsimlik va hayvonlarni muhofaza qilish va ratsional foydalanishdan iborat juda koʻp muammolarni qoʻyadi. Biosfera va ekologik sistemalarni qayta qurish va ulardan foydalanish ishlari oʻsimlik, hayvonlar va mikroorganizmlarni Yerning hamma qismida inventarizatsiya qilishni nazarda tutadi. Biologiya sohasidagi ilmiy tadqiqot ishlari Xalqaro biologik dastur yordamida koordinatsiya qilib boriladi.
Taqqoslash usuli yordamida bir xil predmet yoki hodisalarni boshqa predmet yoki hodisalar bilan oʻxshashligi va farqini aniqlash yoʻli orqali ularning mohiyatini ochishga asoslangan Bunda turli hodisalar uchun umumiy hisoblangan qonuniyatlarni ochishga imkon yaratiladi. Tarixiy usulni biologiyada qoʻllanilishi Ch.Darvinning nomi bilan bogʻliq, bu usul biologiyada chuqur sifatiy oʻzgarishlarni vujudga kelishiga sabab boʻladi. Hozirgi kunda bu usul yordamida hozirgi zamon olamini va uning oʻtmishini koʻrsatuvchi maʼlumotlar asosida tirik tabiatni rivojlanish jarayonlarini aniqlash mumkin. Eksperimental yoki tajriba usuli biologiyada Oʻrta asrlarda qoʻllangan boʻlsa, haqiqiy ravnaqi fizika va kimyo fanlarining usullarini qoʻllash tufayli XIX-XX asrlardan keng qoʻllanila boshlandi. Bu usullar biologiyaning tegishli sohalaraida foydalanilib kelinmoqda va ular bir-birini toʻldiradi.
Biologiya fanining quyidagi fanlar bilan o‘zaro bog‘liq:

  • Matematika va tabiiy fanlar: oliy matematika, informatika va axborot texnologiyalari, fizika, kimyo, ekologiya va agrometeorologiya

  • Umumkasbiy fanlar: botanika va o‘simliklar fiziologiyasi, mikrobiologiya va qishloq xo‘jalik biotexnologiyasi, sitologiya va embriologiya, umumiy seleksiya va urug‘chilik, tuproqshunoslik, dehqon-chilik ilmiy ilmiy izlanish asoslari, melioratsiya va yer tuzish, agrokimyo, o‘simlik-larni kimyoviy himoya qilish vositalari, entomologiya, fitopatologiya

  • Ixtisoslik fanlari: o‘simliklar immuniteti, meva – sabzavot va poliz ekinlari seleksiya va urug‘chiligi, dala ekinlari seleksiya va urug‘chiligi, paxtani tayyorlash va saqlash texnologiyasi, urug‘chilik va urug‘shu-noslik, donli ekinlar seleksiyasi va urug‘chiligi, g‘o‘za seleksiyasi va urug‘chiligi



Download 443.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling