1. Biologiya oʻqitish metodikasi maqsad va vazifalari


B0ʼQ Met. Ilmiylik tadqiqot metodlari


Download 35.59 Kb.
bet3/6
Sana17.01.2023
Hajmi35.59 Kb.
#1097008
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1. Biologiya oʻ-WPS Office

3. B0ʼQ Met. Ilmiylik tadqiqot metodlari
Biologiya o‘qitish metodikasining ilmiy – tadqiqot metodlari. Biologiya o‘qitish metodikasi fan sifatida quyidagi ilmiy-tadqiqot metodlariga tayanadi.
1.Maktab o‘qituvchilarining ish tajribasini kuzatish va faoliyatdagi ijobiy, salbiy tomonlarini aniqlash;
2.Bu sohada to‘plangan ma’lumotlarni tahlil qilish, umumlashtirish va hal etilmagan muammolarni aniqlashtirish va ularni hal etish uchun zarur ishchi farazlarni ilgari surish;
3.Ilgari surilgan farazlarning qanchalik haqiqatga yaqin ekanliklarini aniqlash maqsadida ta’lim muassasalarida pedagogik tajribalar o‘tkazish hamda tajribaviy, nazorat sinflardan olingan ma’lumotlarni o‘zaro taqqoslash;
4.Kuzatish va pedagogik eksperimentlardan olingan ma’lumotlarni tahlil qilish, umumlashtirish va xulosalash;
5.Olingan ma’lumotlarga asoslanib, metodik maqolalar, qo‘llanmalar yaratish va ishlab chiqilgan fikr mulohazalarning ommaviy maktablarda tekshirishdan o‘tkazish va tasdig‘ini olish.
Hozirgi davrga kelib, biologiya o‘qitish metodikasida o‘tkazilgan pedagogik tajribalar natijasida “Biologik tushunchalarni rivojlantirish”, “Biologiyada o‘qitish shakllarining sistemasi”, “Biologiyada o‘qitish metodlari”, “Biologiyada ekologik tushunchalarni rivojlantirish”, “Biologiya o‘qitishning moddiy bazaviy sistemasi”, “Pedagogika oliy o‘quv yurtlari talaba biologlarning maktabdagi ishga metodik tayyorlash sistemasi” kabi nazariyalar ishlab chiqilgan va amaliyotga tadbiq etilgan.
Maktablarda o‘qitiladigan biologiya o‘quv fanlarga qarab “Biologiya o‘qitish metodikasi” fani “Biologiya o‘qitishning umumiy metodikasi”, “Botanika o‘qitish metodikasi”, “Zoologiya o‘qitish metodikasi”, “Odam va uning salomatligini o‘qitish metodikasi” va nihoyat “Biologiya (Sitologiya va genetika asoslari), Biologiya (Evolyusiya va ekologiya asoslari)ning o‘qitish metodikasi” kabi xususiy o‘qitish metodika fanlariga ajratiladi.
Biologiya o‘qitishning umumiy metodikasi barcha biologik o‘quv fanlariga oid o‘qitishning maqsadi, vazifasi, mazmuni, prinsiplari, usullari, vositalari, shakllari, biologiyani o‘qitish tarixi, bosqichlari kabi masalalarni qamrab oladi. Xususiy metodikalar esa u yoki bu o‘quv fanining mazmuni o‘quvchilarning yoshi bilan bog‘liq dars, darsdan tashqari ishlar, sinfdan tashqari mashg‘ulotlar, ekskursiyalar, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarini tashkil etish, jihozlash kabilarni diqqat markazida tutadi.

Download 35.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling