1. Biologiya oʻqitish metodikasi maqsad va vazifalari


Download 35.59 Kb.
bet1/6
Sana17.01.2023
Hajmi35.59 Kb.
#1097008
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1. Biologiya oʻ-WPS Office


1. Biologiya oʻqitish metodikasi maqsad va vazifalari.
Bugungi kunda Respublikamizda umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi hamda oliy ta’lim sifati va samaradorligini oshirish hamda uzluksizlikni ta’minlash borasida qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarini akademik litsey va kasb-hunar ta’limi muassasalariga Davlat ta’lim standartlari talablari darajasida sifatli tayyorlash, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilarini ta’limning keyingi bosqichlariga uzluksiz maqsadli tayѐrlash ishlarini samarali tashkil etish, muvofiqlashtirish hamda oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik va integratsiya jarayonlarini yanada rivojlantirish ishlari jadal sur’atlarda olib borilmoqda.
Biologiya o‘qitish metodikasining maqsadi va vazifalari. Biologiya o‘qitish metodikasi biologiya fan asoslari bilan bog‘liq bo‘lgan o‘quv, jarayonlar, prinsiplar va qonuniyatlar to‘g‘risidagi fandir. Mazkur prinsip va qonuniyatlarni bilish o‘qituvchiga maktab biologiya kursi bilan bog‘liq o‘quv-tarbiyaviy jarayonlarni zamon talablariga mos holda tashkil etish va boshqarish imkonini beradi.
Biologiya o‘qitish metodikasi biologiya o‘quv fanlarining mazmuni, uning o‘qitish shakllari, metodlari, vositalarini o‘zaro bog‘liq holda joriy etishning maqsad qilib qo‘yadi.
Biologiya o‘qitish metodikasining asosiy vazifasi o‘quvchilarga biologik o‘quv fanlar bo‘yicha chuqur atroflicha bilim berish, ularning har tomonlama rivojlangan shaxs sifatida kamol topishiga ko‘mak beruvchi o‘quv fanlar mazmunini, o‘qitish shakllari, vositalari va metodlarini ishlab chiqishdan iborat.
Fan sifatida biologiya o‘qitish metodikasining vazifalari tubandagilardan iborat:
O‘quvchilarning o‘qitish va tarbiyalash, kamolga yetkazishda o‘quv fanining o‘rnini aniqlash;
Maktab o‘quv dasturlari va darsliklarni takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish va uni maktab amaliyotiga tadbiq etish;
O‘quvchilarning yoshiga mos ravishda o‘quv fanlarining mazmuni, undagi mavzularning o‘rganish izchilligini belgilash;
Biologik o‘quv fanlarining o‘ziga xos tomonlarini e’tiborga olgan holda, o‘qitish usullarini, tashkiliy shakllarini ishlab chiqish;
O‘qitish jarayonida qo‘llash uchun zarur jihozlarni aniqlash. Biologiya xonasi tirik burchak, tajriba er maydonini tashkil etish, tabiiy, tasviriy, dinamik, audio, video vositalarni belgilash.
Biologiya o‘qitish metodikasining ob’ekti bo‘lib, mazkur o‘quv fani bilan aloqador bo‘lgan ta’lim-tarbiyaviy jarayon hisoblanadi.
Biologiya o‘qitish metodikasining predmeti bo‘lib biologik ta’limning maqsadi, mazmuni, o‘qitish usullari, shakllari, o‘quvchilarning tarbiyasi va rivojlanishidir. Mazkur kurs ma’ruza va laboratoriya mashg‘ulotlarida ushbu masalalar yuzasidan fikr yuritiladi.

Download 35.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling