1. Biologiya oʻqitish metodikasi maqsad va vazifalari


Biologiya o‘quv dasturining tuzilishi


Download 35.59 Kb.
bet6/6
Sana17.01.2023
Hajmi35.59 Kb.
#1097008
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1. Biologiya oʻ-WPS Office

Biologiya o‘quv dasturining tuzilishi.
Biologiya kursining o‘quv dasturini boshida uqtirish xati berilgan. Unda biologiya kursining qanday fan ekanligi, u qanday o‘quv fanlardan tashkil topganligi ana shu o‘quv fanlar mazmunidagi o‘zgarishlar qisqacha bayon etilgan. Xususan botanika V-VI sinflarda, zoologiya VII sinfda odam va uning salomatligi VIII sinfda, Biologiya (Sitologiya va genetika asoslari va Biologiya (Ekologiya va evolyusiya asoslari) o‘quv fani IX-XI sinfda o‘qitilishi qayd qilingan.
Biologiya kursining o‘qitishga oid metodik ko‘rsatmalarda “darsda va sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda dalillar, hodisalar bilan cheklanmay, asosiy g‘oyalar, tushunchalarning o‘quvchilar tomonidan puxta va ongli o‘zlashtirilishiga e’tiborni qaratish lozimligi qayd qilingan. Biologiya o‘qitishda asosiy g‘oyalar bo‘lib “Organik olam evolyutsiyasi”, “Tirik tabiat tuzilishining turli darajalari”, “Organ tuzilishi bilan funksiyasining o‘zaro bog‘liqligi”, “Biologik sistemalarning tabiiy muhit bilan bog‘liqligi, o‘z-o‘zini boshqarishi”, “Nazariya bilan amaliyotning o‘zaro bog‘liqligi” hisoblanadi. Asosiy tushunchalar qatori o‘quv dasturiga “Evolyusion”, “Sitologik”, “Ekologik” tushunchalar kiritilgan.
O‘quv dasturidan ko‘zlangan yana bir maqsad ta’lim bilan tarbiyaning uyg‘unligini amalga oshirishdan iborat. Biologiya o‘qitishda o‘qitiladigan mavzular mazmuni bilan uzviy bog‘liq holda, o‘quvchilarning axloqiy, vatanparvarlik, estetik, ekologik, gigienik, iqtisodiy va jinsiy tarbiyasiga ahamiyat berish lozimligi ta’kidlangan.
O‘quv dasturining metodik tavsiyalarida yana biologiyaning muammoli mavzularini o‘qitishda xur fikrlik an’analariga rioya qilish lozimligi, har bir dunyoqarashining o‘ziga xos ijobiy tomonlari, kamchiliklari o‘quvchilar ongiga yetkazilishi kerakligi aytib o‘tilgan.
Biologik o‘quv mavzularga o‘quvchilarning qiziquvchanligini oshirish uchun tabiiy-tasviriy, dinamik, sxematik ko‘rgazmali va audio, video vositalardan ta’lim berish jarayonida samarali foydalanish va o‘quvchilar faoliyatini faollashtirish hamda mustaqil bilim olishini tashkil etish maqsadida faollashtiruvchi metodlaridan zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalardan keng foydalanish tavsiya etilgan.
O‘quv dasturning metodik tavsiyalarida nazariya bilan amaliyotni bog‘lash uchun masalalar yechishga ham e’tibor qaratilgan. Shuningdek o‘quvchilarning bilimlarini, ko‘nikmalarini baholashda reyting usulidan foydalanish to‘g‘risida ham ma’lumot berilgan.
O‘quv dasturida botanika o‘quv fani uchun 102 soat vaqt ajratilganligi va u V- sinfda 34 soat, VI-sinfda 68 soat, zoologiya o‘quv faniga 68 soat vaqt ajratilganligi va u VII- sinfda o‘qitilishi, odam va uning salomatligiga 68 soat vaqt ajratilganligi va u VIII-sinfda o‘qitilishi va nihoyat, IX-sinfda 68 soat vaqt hajmida Biologiya (Sitologiya va genetika asoslari) o‘qitilishi ta’kidlanadi.
O‘quv dasturida har bir o‘quv fani bo‘yicha o‘qitiladigan asosiy mavzular mazmuni, ularni o‘tish uchun kerakli jihozlar keltirilgan. O‘quv dasturida ana shu mavzularning qanday dars tiplaridan foylanib o‘qitish kerakligi haqida ham ma’lumotalr berilgan. Bunda oddiy darslardan tashqari qaysi mavzular bo‘yicha laboratoriya mashg‘ulotlarida amaliy ishlab ekskursiyalar tashkil etish ko‘zda tutilgan.
Masalan, maktab botanika o‘quv dastur bo‘limida gulli o‘simliklar bilan umumiy tanishish, hujayra, ildiz, poya, barg, o‘simliklarning vegetativ ko‘payishi, gul, mevalar, urug‘lar, o‘simlik yaxlit organizm, o‘simliklarning asosiy bo‘limlari, gulli o‘simliklarning asosiy oilalari, o‘simliklar qoplami, manzarali o‘simliklar, Yerda o‘simliklar dunyosining paydo bo‘lishi kabi asosiy mavzular o‘tiladi.
Zoologiya o‘quv fanida esa xayvonot dunyosi to‘g‘risida umumiy ma’lumot, sodda xayvonlar, kovakichlilar, yassi chuvalchanglar, yumaloq chuvalchanglar, xalqali chuvalchanglar, mollyuskalar, bo‘g‘imoyoqlilar, xordali xayvonlar, tuban xordalilar, baliqlar, suvda va quruqda yashovchilar, sudralib yuruvchilar, qushlar, sut emizuvchilar, Yerda xayvonot dunyosining paydo bo‘lishi va rivojlanishi kabi mavzular o‘tilad
20 kompetensiyalar.
Turli adabiyotlarda “kompetensiya” tushunchasi nisbatan yaqindan boshlab keng qo‘llanila boshlandi. 1960 yillarning oxiri va 1970-yillarning boshlarida g‘arbda, 1990-yillarning o‘rtalariga kelib zamonaviy ta’limda kompetensiyali yondashuv yo‘nalishi kirib keldi.
Kompetensiyali yondashuv, inson faoliyatida har tomonlama kompetenlilikni shakllantirish hozirgi zamon jamiyati va ta’limining asosiy sharti bo‘lib hisoblanadi. Bu talab o‘qituvchi-pedagoglar faoliyatiga ham bevosita dahldordir. Bugungi kunda dunyo ta’limini yangilashning asosiy yo‘nalishi ta’lim jarayonida faoliyatli yondashuv orqali dunyoni, hayotni, kasbiy faoliyatni yaxlit tizimli ko‘ra olish, unda tizimli faoliyat ko‘rsatish, yangi-yangi muammo va topshiriqlarni hal eta olish tajribasini shakllantirishdan iboratdir.
Kompetensiya lotincha compete so‘zidan olingan bo‘lib, erishaman, muvofiqman, mos kelaman ma’nolarini anglatadi. Shu bilan bir qatorda kishi egallagan muayyan bilim, ko‘nikma, malakalar majmuasi ham kompetensiya sanaladi. 
Kompetensiya – ko‘zlangan natijalarga erishish uchun bilim, ko‘nikma va malakalarni qo‘llay olish qobiliyatini namoyish eta olishni bildiradi. Biologiya fanidan o‘quvchining kompetensiyasi-biologiya fanidan egallagan bilim, ko‘nikma va malakalarini kundalik hayotida duch keladigan amaliy va nazariy masalalarni yechishga tatbiq eta olish qobiliyatidir.
Ta’limiy kompetensiyalar ikki guruhdan iborat: Tayanch (umumiy) va maxsus (fanga oid) kompetensiyalar.
Tayanch kompetensiyalar:
Kommunikativ kompetensiya
*Jamiyatda o‘zaro muloqotga kirishish uchun ona tili va birorta xorijiy tilni mukammal o‘zlashtirish hamda muloqatda samarali foydalana olish;
*O‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda aniq hamda tushunarli bayon qila olish, mavzudan kelib chiqib savollarni mantiqan to‘g‘ri qo‘ya olish va unga javob berish;
*Ijtimoiy moslashuvchanlik, o‘zaro muloqatda muomala madaniyatiga amal qilish, jamoaviy hamkorlikda ishlay olish;
*Muloqotda suhbatdosh fikrini hurmat qilgan xolda o‘z fikrini himoya qila bilish, uni ishontira olish;
*Turli ziddiyatli vaziyatlarda o‘z ehtiroslarini boshqarish, muammo va kelishmovchiliklarni hal etishda zarur qarorlarni qabul qila olish.
Axborot bilan ishlash kompetensiyasi
*mavjud axborot manbalaridan (internet,televizor, radio (audio-video yozuv), telefon, kompyuter, elektron pochta va boshqalardan)foydalana olish;
*media vositalardan zarur bo‘lgan axborotlarni izlab topish, saralash, qayta ishlash, uzatish, saqlash, xavfsizligini ta’minlash va foydalanishda media – madaniyatga rioya qilish;
*ma’lumotlar bazasini yaratish, asosiylarini tanlay bilish va ularni tahlil qila olish;
*kundalik faoliyatda uchraydigan hujjatlar bilan ishlay olish (asosiy biologik tushunchalarni yoza olish, anketalarni to‘ldirish, o‘zi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qayd eta olish va boshq.)
Shaxs sifatida o‘z-o‘zini rivojlantirish kompetensiyasi
*Shaxs sifatida o‘z-o‘zini doimiy ravishda rivojlantirish, jismoniy, ma’naviy, ruhiy va intelektual kamolotga intilish;
*hayot davomida o‘qib-o‘rganish, bilim, tajribani mustaqil ravishda munatazam oshirib borish;
*o‘z hatti – harakatini advekat baholash, o‘zini nazorat qila bilish, halollik, to‘g‘rilik kabi sifatlarga ega bo‘lish;
* o‘qib – o‘rganganlari va hayot tajribasidan foydalangan xolda kundalik turmushda uchraydigan muammolarni hal eta olish.
Ijtimoiy faol fuqoralik kompetensiyasi
*jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga dahldorlikni his etish hamda faol ishtirok etsh;-o‘zining fuqoralik burch va huquqlarini bilishi, unga rioya qilish (ya’ni haridor, saylovchi, mijoz, ishlab chiqaruvchi sifatida faoliyat yurita olish);
*mehnat va fuqoralik munosabatlarida muomala, iqtisodiy, huquqiy madaniyatga ega bo‘lish;
*kasbiy mavqening o‘sishiga intilish bilan jamiyat va oilasi manfaatlari uchun hizmat qilish, yordamga muhtojlarga saxovatli bo‘lish.
Umummadaniy kompetensiyalar
*Vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish;
*badiiy va san’at asarlarini tushunish, ta’sirlana olish;
*orasta kiyinish, yurish-turishda madaniy me’yorlarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish;
Download 35.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling