1. Biosferaning tarkibiy qismlari


Download 110.72 Kb.
bet1/10
Sana17.06.2023
Hajmi110.72 Kb.
#1534950
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
MAVZU 2. Hayvonlar biosfera tarkibiy qismi sifatida


Mavzu 2. Hayvonlar biosferaning tarkibiy qismi sifatida
Reja:

1.Biosferaning tarkibiy qismlari

2.Dengiz va okeanlarda hayvonlarning tarqalishi hamda yashash sharoitlari

3.Chuchuk suv havzalarida hayvonlarining tarqalishi va yashash sharoitlari

4.Quruqlikda hayvonlarning tarqalishi va yashash sharoitlari


Tayanch co‘zlar: Biosfera, litosfera, pelagial, epipelagial, abissopelagial, batipelagia, reofil, limnofil, evtrof ko‘l, mezotrof ko‘llar.
1.Biosferaning tarkibiy qismlari. Biosferaning tarkibiy qismlari hisoblangan tirik organizmlarni, jumladan hayvonot dunyosini har tomonlama o‘rganish nafaqat nazariy, balki amaliy ahamiyatga ham ega. Insonning o‘zi ham biosferaning ajralmas bir tarkibiy qismi ekanligini hisobga olganda, biosferaning har bir komponentini hamda ular orasidagi aloqalarni o‘rganish kelajakda insoniyatning biosferada yashab qolishini ta’minlovchi muhim masalalarni hal qilishda asosiy o‘rin egallaydi,
Biosferaning yillik mahsuldorligi, biomassasi hamda uning yer planetasida taqsimlanishini ilmiy asosda o‘rganish-dolzarb muammo, ya’ni oziq-ovqat tanqisligi masalasini ilmiy asosda hal qilish va boshqa sohalarda juda muhim ahamiyatga ega.
Ma’lumki, insonning oziqa ratsionining asosiy qismlaridan biri-hayvon mahsulotlaridir. Dengizlar, okeanlar, ko‘llar va yer yuzining quruqlik qismidagi yovvoyi holda yashovchi ov ahamiyatiga ega bo‘lgan hayvonlarning biosferada tarqalishini aniqlash, ulardan ratsional foydalanishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish biologik resurslarni asrash va qayta ko‘paytirish imkonlarini yaratadi.
Hayvonlar oziqa zanjirlarining asosiy tarkibiy qismi, moddalarning biogen migratsiyasini amalga oshishida muhim zveno sifatida biosferada o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi. Bu jihatdan olganda, yer yuzasining turli mintaqalarida hayvonlarning tur tarkibi va zichligini turlicha ko‘rsatkichga egaligi har bir mintaqada modda va energiya almashinuvi jadallignning turlicha namoyon bo‘lishiga sabab bo‘ladi,
Har bir kishi biosferadagi, jumladan o‘zi yashayotgan hududdagi hayvonot dunyosining tur tarkibi, uning tarqalishi va ularni belgilovchi muhim ekologik omillar to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lishi muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega. Bu esa insoniyatning biosferadagi o‘rnini (noosfera) belgilashda, hayvonot dunyosini muhofaza qilishda muhimdir.
Biosfera (gr. bios - hayot, sfera - shar) termini 17 -asrda birinchi marta J.B. Lamark tomonidan qo‘llanilgan. Biosfera haqidagi ta’limot E.Zyus tomonidan rivojlantirilgan. Ushbu ta’limotning to‘liq va chuqur talqini akademik V.I.Vernadskiy ishlarida bayon etilgan.
Biosfera - barcha organizmlar va ularning qoldiqlari majmuasidan iborat bo‘lgan, atmosfera, gidrosfera, litosferaning qismlari hisoblangan, tirik organizmlar tomonidan egallangan hamda ularning o‘tmishdagi faoliyatlari natijasida shakllangan, yerdagi hayot tarqalgan, termodinamik ochiq hudud sanalgan, planetamizning maxsus qatlamidir (Kamshilov, 1980). Biosfera tushunchasi barcha tirik organizmlar (tirik modda) bilan bir qatorda ular yashaydigan muhit sharoitlarini ham o‘z tarkibiga kiritadi.
Litosferaning yuqori qatlamlari, atmosferaning pastki qatlamlari va butun gidrosfera tirik organizmlar tomonidan egallangan. Litosferada tirik organizmlar 4 km. gacha chuqurlikda tarqalgan (bakteriyalar). Atmosferada bakteriyalar, spora va sistalar ozon ekranigacha, ya’ni 18-30 km gacha balandlikda uchrashi qayd etilgan. Alohida pigmentlashgan bakteriya hujayralarining yer yuzasidan 84 km gacha balandlikka ko‘tarila olishi kosmik apparatlardagi tadqiotlar natijasida aniqlangan.
Okeanda esa hayot uning eng chuqur qismlarigacha (11- km) yetib borganligi aniqlangan.
Hayotning asosiy massasi, shu jumladan hayvonot dunyosining asosiy massasi biosferaning tor chegarasida jamlangan. Bu chegara litosfera va atmosferaning, umuman olganda, biosfera qismlarining tutashgan hududlariga mos keladi. Mazkur chegarada hayot uchun xos bo‘lgan muhim omillar nisbatan optimal ko‘rsatkichni egallaydi. Bunday omillarga tuproq va havo namligi, yorug‘lik va ultrabinafsha nurlarning normada bo‘lishi, harorat, bosim, substrat va boshqalarni kiritish mumkin. Mazkur omillarning o‘zi ham yer yuzasining turli hududlarida turlicha bo‘lib, shunga mos ravishda hayvonot dunyosi ham turli mikdoriy hamda sifatiy ko‘rsatkichlarga ega bo‘ladi.
Tirik moddalarning umumiy massasi yer shari massasining arzimas qismnni tashkil etadi. Zamonaviy hisob-kitoblarga qaraganda tirik moddaning umumiy massasi 2420 mlrd tonnani tashkil etadi. Solishtirib qaraganda, bu miqdor gidrosfera massasining 602500 dan bir qismini tashkil etar ekan. Albatta bu miqdor juda kichik ko‘rinsada, biosferaning mavjudligini ta’minlash uchun yetarlidir.
Biz biosferaning tarkibiy qismini tashkil etuvchi produtsent, konsument va redutsentlarning har biri biosferada o’z o‘rni bor.
Biosferada, jumladan barcha tabiiy sistemalarda hayvonot dunyosi muhim rol o‘ynaydi. Hayvonot dunyosining biosferadagi o‘rnini ularning moddalarni biogen aylanishidagi faoliyati va uning ahamiyati bilan tushuntirish mumkin. Moddalarning biogen migratsiyasi esa har qanday ekosistemaning mavjudligini ta’minlaydigan ko‘rsatkich hisoblanadi.
Har qanday ekologik jamoada mavjud bo‘lgan hayvonlarning tur tarkibi, ularning umumiy biomassasi, ayrim olingan turlarning zichligi o‘simliklar qoplamining turli-tumanligi, biomassasi bilan bog‘liq holda shakllanadi. O‘simliklar qoplamining hayvonlar hayotidagi o‘rni turli-tuman bo‘lib, o‘ziga xos yashash muhitlarini yaratishda ishtirok etadi. Shu nuqtai-nazardan qaraganda, o‘simliklar qoplami hayvonot dunyosining biosferada tarqalishi va mavjudligini belgilovchi muhim omildir. Shu bilan birga har qanday yashash muhitida mavjud bo‘lgan hayvonlarning tur tarkibini belgilashda relyef va tuproq tarkibi bilan bog‘liq xususiyatlar ham muhim o‘rin egallaydi. Yuqorida qayd etilgan omillar va xususiyatlar hayvonot dunyosining u yoki bu biogeotsenozda mavjudliginigina emas, balki tarqalishini ham belgilaydi.
Biosferadagi hayvonot dunyosining biomassasi to‘g‘risida chuqur tasavvur hosil qilish uchun quyidagi jadvalni keltirish maqsadga muvofiq (1-jadval).



Download 110.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling