1. Birja tarixi
Download 0.67 Mb.
|
birja javoblar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Birja savdosida risklar
Valyuta birjalari
Валюта биржаси – миллий валюталарнинг ташкиллаштирилган бозори. Унда миллий валюталар ўртасидаги талаб ва таклиф таъсири остида вужудга келадиган курс нисбатидан (котировка) келиб чиқиб валюталар эркин олди-сотдиси амалга оширилади. Валюта биржасида котировка айирбошланадиган валюталарнинг харид лаёқатига боғлиқ, у эса, ўз навбатида, эмитент17 мамлакатлардаги иқтисодий вазият билан белгиланади. Валюта биржаларидан операциялар у ерда айирбошланадиган валюталар конвертацияланишига боғлиқ. Биржаларнинг бу турига классик биржа савдосининг барча элементлари хосдир. Асосий валюта биржачилари қуйидагилар ҳисобланади: - Банклар, ўзига хос «ички банк биржаси» ташкил қилган ҳолда. Банклар хорижий валюта сотиш ёки сотиб олиш истагида бўлганлар ўртасидаги табиий воситачилар ҳисобланади ва бутун дунё бўйлаб ўз мижозлари учун ҳимояловчи валюта битимларини амалга оширади. - Сотувчи ва харидор ўртасида битим самарадорлигини анча ошириб, воситачи сифатида иштирок этадиган хорижий валюта брокерлари. - Жаҳон савдосида иштирок этадиган компаниялар битимларни амалга ошириш учун хорижий валютага эҳтиёж сезади. Компаниялар хорижий валюта билан боғлиқ ва одатий биржа операцияларининг натижаси ҳисобланган рискни чегаралашга ҳаракат қилади, баъзида чайқов мақсадларида валюта операцияларида иштирок этади. - Ҳалқаро капитал қўйилмалар соҳасидаги менежерлар уларнинг қимматли қоғозлари максимал фойда келтиришини доимий кузатиб турган ҳолда, қимматли қоғозларни бир валютадан бошқасига ўтказадилар. - Марказий банклар мамлакат хорижий валютасининг асосий эгаси ҳисобланади ва зарурат туғилган ҳолларда мамлакат ҳукуматини молиялаштиради. Марказий банклар миллий валюта қийматининг тебранишларини юмшатиш мақсадида кўпинча валюта биржасида воситачи сифатида қатнашади, баъзида эса миллий валютанинг қадрсизланиши билан боғлиқ салбий араёнларни ортга қайтаришга ҳаракат қилади. Birja savdosida risklar? Risklar birja hayotining ajralmas bir qismi hisoblanadi. Risklar yo'qligida foyda olishi kafolatlangan birja faoliyati mavjud emas. Birja savdosining har bir qatnashchisi mavjud risk muammolarini hal qilish yo'li bilan foyda olishga harakat qiladi, bevosita risk bilan bog'liq vaziyatlardan qochish uchun turli harakatlarni amalga oshiradi. Birja faoliyatida risklarga xos bo'lgan xususiyat shuki, unga barcha qatnashchilar, hattoki birja faoliyati bilan bevosita bog'liq bo'lmaganlar ham uchraydi. Deyarli butun birja faolligi bozorda vujudga kelgan sharoitga, birjachilarning profemmionalligi va faoliyatiga qarab bitta riskka emas, butun bir risklar to’plamiga uchrashi mumkin. Ayrim risk turlari mavjudki, ularni nazorat qilib bo’lmaydi. Bunday risk turlari qatoriga siyosiy risk kiradi, u davlat siyosatining natijasi hisoblangan foyda miqdorining qisqarishi yoki zarar ko’rish imkoniyati sifatidan sharhlanadi. Siyosiy risk muammolari va ularning hal etilishi birjachilarning nazorat ostida emas. Birja savdosida boshqa risk turlari ham mavjud. Bu iqtisodiy risk va tartibga solish riskidir. Tartibga solish riski bo’xgalteriya hisobi sohasida hisob-kitoblar jarayoni va soliqqa tortish tamoyillari o’z mamlakati hukumati tomonidan ham, uning hududidan tashqarida vakolatli organlar tomonidan ham o’zgartirilishi mumkin bo’lgan hollarda vujudga keladi. Birja faoliyati iqtisodiy risklar bilan ham bog’liq bo’lib, bunda mahalliy va xorijiy ta’minotchilar bilan uzoq muddatli shartnomalar mos keluvchi inflyatsiya proportsiyalarida o’zgarishlar ta’siriga uchrashi mumkin. Bunday nazorat qilinmaydigan vaziyatlarda yuqorida ko’rsatilgan risklar bo’yicha qarorlar qabul qilish uchun axborot albatta to’planadi. Birja amaliyotida shuningdek, nazorat ostida bo’ladigan va ularning echimini topish mumkin bo’ladigan risklar ham mavjud. Bunday risklar qatoriga bazaviy risk, kredit riski, asosiy risk, foiz riski, hisob-kitob risklari, bitimni tugatish riski, yuridik risklar va h.k. kiradi. Birja risklari nafaqat ob’ektiv, balki sub’ektiv asosga ham ega, chunki aynan ular vaziyatni aks ettiradi, birja o’yinining ko’plab variantlarini shakllantiradi. Bunday riskka misol bo’lib bozorning nostandart qatnashchilari bilan operatsiyalar o’tkazishda balans vositalari bilan vujudga kelishi mumkin bo’lgan risklar xizmat qiladi. Bundan tashqari, riskni qabul qilish har bir xodimning xarakteri, aqliy va psixologik xususiyatlari, olgan bilimlari, birja faoliyatidagi tajribasiga ham bog’liq bo’ladi. Birja risklari darajasiga ta’sir etuvchi tashqi omillar Bevosita ta’sir omillari • Birja faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik; • Davlat xizmatlari va muassasalarning kutilmagan harakatlari; • Soliq tizimi; • Hamkorlar bilan o’zaro manosabatlar; • Birjachilar raqobati; • Korruptsiya. Bilvosita ta’sir omillari: • Siyosiy sharoitlar; • Mamlakatdagi iqtisodiy vaziyat; • Birja savdosidagi iqtisodiy ahvol; • Xalqaro hodisalar; • Fors-major holatlar. Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling