1. Birja tarixi


Download 0.67 Mb.
bet2/60
Sana21.06.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1644347
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60
Bog'liq
birja javoblar

2. Brokerlik idorasi nima?
Birjaning ajralmas bir uzviy qismi deb brokerlik idorasini hisoblash mumkin. U birja strukturasiga kirmaydi. Biroq brokerlik firmalarisiz birja savdosini tashkil qilib bo'lmaydi.
Brokerlik faoliyati birja vositachiligiga mansub bo'lib, birja bitimlarini mijoz nomidan va uning hisobidan, birja vositachisi nomidan va mijoz hisobidan, mijozning nomidan va birja vositachisi hisobidan amalga oshirishdar iborat.
Brokerlik firmasi bu - xususiy, shirkat, aktsiyadorlik yoki boshqa korxona bo'lib, uning asosiy funktsiyasi birja va mijozlar (mahsulot ishlab chiqaruvchilar, xaridorlar, savdo vositachilari) o'rtasida aloqani ta'minlashdan iborat. Muayyan birjaning brokerlik firmasi birja aktsiyalar(pay)ini sotib olish asosida tashkil etilishi mumkin. Aktsiya egasi birjada o'z brokerlik firmasini tashkil qilish yoki birja savdolarida ishtirok etish huquqini boshqa tashkilotlarga ijaraga berish va ijara to'lovi shaklida mos keluvchi daromad olish huquqiga ega.
birjada brokerlik firmasi sifatida ro'yxatga olinadigan tashkilot amaldagi qonunchilikka muvofiq istalgan tashkiliy-huquqiy shaklga ega bo'lishi mumkin.
Brokerlik firmasini tashkil qilishning eng tarqalgan va qulay turi – mas'uliyati cheklangan o'rtoqchilik (MTO') hisoblanadi.
Brokerlik firmasi mustaqil yuridik maqomga ega bo'lmasdan, biron-bir korxona yoki tashkiotning tarkibiy qismi bo'lishi ham mumkin.
Agar birja aktsiyalarining egasi vositachilik tashkiloti hisoblansa, u mazkur birjaning brokerlik firmasi sifatida ro'yxatga olinadi, xolos.
Vositachilik firmasi birja uchun aktsiyador hisoblanmagan hollarda esa u o'zining brokerlik firmasisini tashkil qiladi.
Brokerlik firmasi mijozlarning birja tovarlarini sotish va sotib olishga arizalarini to'playdi, ularni ro'yxatga oladi va tezkorlik bilan birjadagi brokerlariga etkazadi. Brokerlar olingan topshiriqlarni bajaradi va bu haqida xabar brokerdan kompaniyaga va undan mijozga yetkaziladi.
Brokerlik firmlari butun mamlakat bo'ylab joylashishi mumkin va bu mijozlarni jalb etish imkoniyatlarini kengaytiradi. Bunday firmalar chet elliklar tomonidan ham tashkil qilinishi mumkin.

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling