1. Birja tarixi
Birja faoliyati tushunchasi
Download 0.67 Mb.
|
birja javoblar
40.Birja faoliyati tushunchasi.
Birja – bozor mexanizmining tarkibiy qismi; u talab va taklif real nisbatini aniqlaydi, muvozanatli narxlarni shakllantiradi va ulgurji bozorni ularga yo'naltiradi, tovar massasini tovar muomalasi sohasiga jalb etishga xizmat qiladi. Bundan tashqari, birja – xedjlash orqali narxni barqarorlashtirish vositasi, narx varqida tijorat chayqovlari vositasi va shu sababli investitsiyalash uchun jalb etuvchan soha hisoblanadi. «Birja» atamasi ostida birja jarayonining o'zi ham, birja bitimlarini amalga oshirish, ularning natijalarini hisobga olish, sug'urta operatsiyalari, belgilangan qoidalarga rioya qilinishini ta'minlovchi mos keluvchi infratuzilma ham tushuniladi. Birja jarayonini tartibga solish va nazorat qilish, birja savdosi qonuniyatlarini aniqlash, birja kon'yunkturasini baholash, talab va taklifni bashorat qilish ehtiyojlari birja faoliyatini statistik tadqiq etish zaruratini asoslab beradi. Birja savdosining bosh funktsiyasi bozorni narx haqidagi axborot bilan ta'minlash, riskni sug'urtalash va bozorda raqobat uchun sharoitlar yaratish hisoblanadi. Alohida tovar birjasi doimiy ish vaqti va joyiga ega bo'lgan, ma'lum bir tovar yoki tovarlar majmui bilan savdo qiladigan bozorni ifodalaydi. Jahon amaliyotida tovar birjalari faoliyati asosan xomashyo va qishloq xo'jalik mahsulotlari oldi-sotdisi bilan cheklanadi. Qodaga ko'ra, birja tovarlari bu – xomashyo, mahsulot ishlab chiqarishning texnologik jarayoni boshlanishiga mansub. Shu sababli ular ko'p jihatdan chiqariladigan boshqa tovarlar narxini belgilab beradi. Klassik birja tovari – sifati va hajmi bo'yicha bir xillashtirilgan, qat'iy belgilangan, oson muayyanlashtirilgan, barqaror xususiyatlarga ega bo'lgan ommaviy mahsulot. U urfdan chiqib qolmasligi yoki ma'naviy eskirmasligi lozim. Bu shuni anglatadiki, birja tovari birjaga etkazib berilmasligi mumkin. Xaridorga farqi yo'q bo'lishi lozim: sotuvchi kim, tovar qaysi partiyadan olingan. Eng mashhur birja tovarlari: neft va neft mahsulotlari, rangli va qimmatbaho metall, o'rmon, paxta, kauchuk, kofe, shakar, don. Bir xil tovar bir mamlakatda birja tovari bo'lishi, boshqasida bo'lmasligi mumkin. Shuni e'tiborga olish kerakki, birja yuridik shaxs sifatida oldi-sotdi bitimining tomonlaridan biri sifatida ishtirok etmasdan, faqat bitimning amalga oshirilishi va birja savdosi qoidalariga rioya qilinishini ta'minlaydi. Birja narx kotirovkasini amalga oshiradi, birja tovarlariga standartlarni belgilaydi, namunaviy shartnomalar ishlab chiqadi, savdo jarayonlarini qayd qiladi, arbitrajni amalga oshiradi, hisob-kitob qiladi, axborot xizmatlari ko'rsatish bilan shug'ullanadi, o'z mijozlariga turli xizmatlar ko'rsatadi. Ko'pchilik mamlakatlarda birjalarni litsenziyalash (faoliyatni amalga oshirish uchun ruxsat berish), birja savdosini nazorat qilish va birja operatsiyalarini sug'urtalash, konsalting faoliyati (maslahat berish bo'yicha xizmatlar ko'rsatish) va statistika faoliyatini amalga oshiruvchi davlat strukturalari mavjud. Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling