1. Birja tarixi
Birja tovarlariga qo‘yiladigan talablar
Download 94.64 Kb.
|
1. Birja tarixi-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 25. Xedjlash nima
24. Birja tovarlariga qo‘yiladigan talablar.
Birja tovarlariga talablar. 1. Tovar ommaviy bo'lishi va katta hajmda chiqarilishi lozim (ishlab chiqaruvchilar va xaridorlar soni katta). Bu talab va taklifni aniqlashga imkon beradi. Muvozanatli narx o'rnatiladi. Yagona ishlab chiqaruvchining ijro etish usuli bo'yicha o'ziga xos mahsulotlari birja savdosi ob'ekti bo'la olmaydi. 2. Sifat, saqlash shartlari, transport vositasida tashish va o'lchash bo'yicha talablar. Bu tovar namunalar yoki texnik tavsiflar bo'yicha ko'rib chiqmasdan sotish mumkin bo'lishi uchun oson standartlashtiriladigan bo'lishi lozim. Birja ishi amaliyotida standartlashtirish asl birja tovarining belgisini tashkil qiladi. 3. Oldi-sotdi uchun taklif etiladigan tovar soni. Tovar birjada qat'iy belgilangan miqdorda sotiladi va sotib olinadi. Bu hajmlar birja birliklari, partiya, lot deb ataladi va yoki transport vositalari sig'imiga, yoki joyi, hajmi va vazniga mos keladi. Partiya yoki lot birja birligiga karra bo'lishi lozim. 25. Xedjlash nima Xedjlash bu – narx dinamikasida real tovarlar narxi va xuddi shu tovarlarning fyuchers shartnomalari narxi o’rtasidagi farqqa asoslanadigan birja fyuchers savdosi jarayonida foyda olish usulidir. Birja savdosi amaliyotida xedjlash va chayqov farqlanadi. Birja chayqovi bu – vaqt bo’yicha, makon bo’yicha va har xil tovar turlariga fyuchers shartnomalarining narx dinamikasidagi farqqa asoslanadigan birja fyuchers savdosi jarayonida foyda olish usulidir. Siyosiy-iqtisodiy ma’noda xedjlash ham, birja chayqovi ham oddiy chayqovni, ya’ni ishlab chiqarishga emas, balki narxlar o’rtasidagi farqqa asoslangan holda foyda olish usulini ifodalaydi. Xedjlash va birja chayqovi – chayqovning birjada amalga oshiriladigan birgalikda bo’la oladigan va bir-birini to’ldiradigan, lekin shu bilan bir paytda o’zaro farq qiladigan ikki xil turi. Bu tanganing ikki tomonidar. Xedjlash birja chayqovisiz bo’la olmaydi va aksincha. Xedjlashni birjada qoidaga ko’ra, bir vaqtning o’zida real tovar bozorining qatnashchilari: ishlab chiqaruvchilar, qayta ishlovchilar, savdogarlar hisoblangan korxonalar, tashkilotlar, xususiy shaxslar amalga oshiradi. Amaliyotda xedjlash bilan shug’ullanadigan sub’ektlar va faoliyati birja chayqovi bilan bog’liq bo’lgan sub’ektlar o’rtasida qat’iy farqlar yo’q, chunki real tovra bozori qatnashchilari ham birja chayqovlarida ishtirok etadi, axir bu bozor xo’jaligida asosiysi bu maqsadning qaysi birja o-yalari hisobiga erishilishidan qat’i nazar foyda olish hisoblanadi. Xedjlashdan maqsad – real tovar bozorida sotishdan olnadigan foyda bilan taqqoslaganda qo’shimcha foyda oilshdir. Maqsad – tijoratning boshqa shakllari bilan bir qatorda eng katta foyda olish bo’lgan birjadagi tijorat faoliyatining o’ziga xos shaklini ifodalaydi. Xedjlash ikki yoqlama xarakterga ega, ya’ni bir vaqtning o’zida real tovar narxi va fyuchers shartnomasi narxiga tayanadi, bu esa muhim amaliy ahamiyat kasb etadi. Download 94.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling