27
xush kelibsiz”, dedi. Rosululloh
sollallohu alayhi vasallam
ayoldan: “Falonchi qayerda?” deb soʻradilar.
Ayol: “Bizga suv keltirish uchun ketdi”, dedi. Shu payt
ansoriy kelib qoldi. U Rosululloh
va ikki sohibiga qaradida
“Allohga hamd boʻlsin. Bugun eng karamli mehmon mendan
boshqasida boʻlmaydi.”, dedi.
Ansoriy joʻnadi
va ularga rangdor, qurigan va yangi
xurmolari bor bir shox keltirdi. “Olinglar”, dedida, oʻzi
pichoqni oldi. Rosululloh sollallohu alayhi vasallam: “Sut
beradiganidan chetlan (yaʻni soʻyma!)” dedilar.
Ularga bir qoʻy soʻydi
va ular undan va shoxdagi
xurmolardan yedilar va ichdilar. Toʻygach va chanqoqlari
qongach Rosululloh sollallohu
alayhi vasallam Abu Bakr va
Umarga:
“Jonim qoʻlida boʻlgan Zotga qasamki, qiyomat
kuni shu neʻmatdan albatta soʻralasiz. Ochlik sizlarni
chiqardi. Soʻngra shu neʻmatga yetmay turib uyingizga
qaytib ketmadingiz”
1
.
Xushbo’ylanishlari
Rosululloh
sollallohu
alayhi
vasallamning
xushboʻylanadigan atirlari boʻlardi
2
. Birov atir bersa ham rad
qilmasdilar
3
.
1
Muslim, 2038.
2
Abu Dovud, 4162.
3
Buxoriy, 2582.
28
U zot sollallohu alayhi vasallam aytdilar: “Kimga rayhon
taklif qilinsa, rad qilmasin. Chunki uni koʻtarib yurish oson,
hidi esa yaxshidir”
1
.
Yana aytdilarki: “Erkaklarning atiri hidi koʻrinib, rangi
koʻrinmaganidir. Ayollarning atiri esa rangi koʻrinib, hidi
koʻrinmaganidir”
2
.
Do'stlaringiz bilan baham: