30
Va: “Robbi qiniy ʻazaabaka yavma tabʻasu ʻibaadaka”,
derdilar
1
.
U zot sollallohu alayhi vasallam yotib uxlardilar,
hatto
xurrak otardilar. Bilol kelib azon aytgach,
turib namoz
oʻqirdilar, tahorat qilmasdilar
2
.
Oisha roziyallohu anho aydilar: “Ey Allohning rosuli, vitr
oʻqishdan oldin uxlaysizmi?” Shunda u zot: “Ey Oisha! Albatta,
ikki koʻzim uxlaydi, ammo qalbim uxlamaydi”, dedilar
3
.
Yotoqlari
Rosululloh sollallohu alayhi vasallam uxlaydigan
yotoqlari bor yoʻgʻi ichiga xurmo daraxtining poʻsti
toʻldirilgan teri boʻlardi
4
.
Yana u zot sollallohu alayhi vasallam xurmo barglaridan
toʻqilgan boʻyra ustida yotardilar. U bilan oʻrtalarida toʻshak
boʻlmasdi.
U zot sollallohu alayhi vasallam xurmo daraxtining poʻsti
toʻldirilgan terili yostiqqa suyanardilar
5
.
Do'stlaringiz bilan baham: