1-blok. 8-sinf. 2-chorak monitoring uchun test. Ona tili. 1-variant
Download 49.4 Kb.
|
8-SINF 1-BLOK 1-VARIANT
- Bu sahifa navigatsiya:
- Zargarov sahrodagi ishlarning miqyosini yaxshi tasvirlab berdi
1-BLOK. 8-sinf. 2-chorak monitoring uchun test. ONA TILI. 1-variant 1. Grammatik asosi bitta bo‘lib, ma’lum bir fikrni ifodalovchi gaplar…. A. qo‘shimcha gap deyiladi B. sodda gap deyiladi C. so‘roq gap deyiladi D. qo‘shma so‘z deyiladi 2. Tobe so’z bilan hokim so’zni bog’langan kelishik qo’shimchasi yashiringan so’z birikmalari qaysi qatorda berilgan? A. Moviy osmon, Zuhro yulduzi. B. Tog’ cho’qqisi, kitob o’qimoq. C. Yoqimli kuch, dala yumushlari. D. A’lochi o’quvchilar, kitobsevarlar uyushmasi. 3. Biz kecha muzeyga bordik. Ushbu gap tuzilishiga ko‘ra qanday gap? A. sodda gap B. qo‘shma gap C. ega ishtirok etmagan gap D. buyruq gap 4.Ikkinchi darajali bo‘laklarning ishtirok etgan va etmaganiga ko‘ra sodda gaplar…. A. 4 xil bo‘ladi B. 3 xil bo‘ladi C. 1 xil bo‘ladi D. 2 xil bo‘ladi. 5. Undov gap so‘roq gapdan hosil bo‘lgan bo‘lsa qanday tinish belgisi qo‘yiladi? A. nuqta B. so‘roq C. vergul 6. Barchasi bitishuv yo‘li bilan hosil bo‘lgan so‘z birikmalari qatorini aniqlang A. gul atri, tez yugurmoq, kitob o‘qimoq B. baxtli voqea, milliy g‘oya, sof havo C. yurt kezgan, shahar ko‘chalari, bahor havosi D. maktab bog‘i, mehr bilan boqmoq, shahar kezmoq 7.Quyidagi qaysi gapda ega bilan ot kesim orasida tire ishlatilishi lozim? A. Kitob bilim manbayi. B. Do‘stlarimni yaxshi ko‘raman. C. Men baxtli insonman. D. Hammayoq top-toza chiroyli. 8. “Qanotli do‘stlar” haqida film yaratildi. Berilgan gapdagi ajratilgan so‘z birikmasi qaysi so‘zga teng keladi? A) samolyotlar B) qaldirg‘ochlar C) qushlar D) pillakorlar 9. Chinliklar “Qutadg‘u bilig ”asarini qanday antaganlar? A. “Adab ul-muluk” B. “Amin ul- mamlakat” C. “Ziynat ul-umaro” D. “Shohnomai turkiy” 10.Kuntug’mish birinchi marta Xolbekaning yurtiga borganda qanday qiyofada boradi? A.Sarboz B.Sarrof S.Bazzoz D.Kulol 11. Maktabimizda taniqli so‘z san’atkorlari bilan uchrashuv bo‘ldi. Berilgan gapdagi ajratilgan so‘z birikmasi qaysi so‘zga teng keladi? A) rassomlar B) qiziqchilar, yozuvchilar C) notiqlar, qiziqchilar D) yozuvchilar 12. Qaysi qatordagi gapda tasviriy ifoda qo’llangan? A. Mutolaa inson hayotida muhim o’rin tutadi. B. Dono so’ziga bino qo’yar, nodon o’ziga. C. Xush havoli, yangiroq navoli, bog’im yaxshi, bahorim yaxshi. D. Dalalarga baraka urug’li ekib bo’lindi. 13 Zargarov sahrodagi ishlarning miqyosini yaxshi tasvirlab berdi. Ushbu gapda nachta so’z birikmasi bor? 2 ta B.4 ta C. 5 ta D. 3ta 14 Gaplar ifoda maqsadiga ko;ra nechta turga bo’linadi? 15. His –hayajon gaplar yana qanday nomlanadi? Download 49.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling