1-bob 0`zbekistonda moliya tizimidagi islohotlar


Download 27.8 Kb.
bet3/3
Sana18.06.2023
Hajmi27.8 Kb.
#1577522
1   2   3
Bog'liq
KURS ISHI (m)

Moliyaning funksiyalari
Moliya o‘z mohiyatiga ko‘ra iqtisodiy kategoriya bo‘lib, hozirda ijtimoiy-siyosiy tuzumi turlicha bo‘lgan davlatlar tomonidan birdek foydalanilmoqda. Bu kategoriya boshqa iqtisodiy kategoriyalar (pul, foyda, tannarx, qiymat, kredit va h.k.) kabi jamiyatdagi ma’lum munosabatlar,mehnat mezoni va iste’mol me’yori, ishlab chiqarishni rag‘batlantirish, milliy daromadni taqsimlash kabi munosabatlarning mohiyatini ifodalaydi.Moliyaning mavjudligi, eng avvalo, jamiyatda tovar-pul munosabatlarining mavjudligi bilan bog‘liq. Moliya munosabatlarining rivojlanishi jamiyatdagi mehnat taqsimoti, mulkchilik shakllari,xo‘jalik yurituvchi subyektlarning tashkiliy-huquqiy faoliyatining iqtisodiy jihatdan alohidaligi hamda tashqi iqtisodiy aloqalar bilan ham bog‘liqdir. Milliy daromadning taqsimlanishi pul shaklida amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida hamda boshqa qonunlarda mulkchilikning turli shakllarida bo‘lishining mustahkamlanishi, tovar-pul munosabatlarining yanada rivojlanishi hamda bozor mexanizmining takomillashuviga olib keladi.Lekin pul moliya munosabatlarining barcha tomonlarini o‘z ichiga olmaydi. Moliya munosabatlarining mavzusi, asosan, davlat hamda korxonalarning pul fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish masalalaridan tashkil topadi. Shuning uchun ham moliyaning rivojlanishi davlatning rivojlanishi va uning zaxiralarga bo‘lgan ehtiyoji bilan bevosita bog‘liqdir.Moliyaning mohiyati, uning iqtisodiy kategoriya sifati ijtimoiy munosabatlar orqali ko‘rinib,o‘ziga xos vazifani bajaradi.Davlat hamda korxona va tashkilotlarning kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni va ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish uchun zarur bo‘lgan pul mablag‘laridan davlat fondini tashkil qilish,taqsimlash va iste’mol qilish bilan bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy munosabatlar jarayonida ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish ustidan nazorat va ijtimoiy mahsulotning taqsimlanishi va qayta taqsimlanishi sodir bo‘ladi.Moliyaning mohiyati uning funksiyalarida namoyon bo‘ladi.Funksiya obyekt ichki mohiyatining konkret shaklini namoyon bo‘lish jarayonidir.Moliyaning funksiyalari yuzasidan iqtisodchi olimlarning o‘rtasida qator baxsli holatlar mavjud.Bir qator taniqli moliyachilar moliyaning 3 ta funksiyasi mavjudligini e’tirof etishadi.
A.M.Birman moliyaning quyidagi funksiyalari mavjudligini e’tirof etadi:
1. Xo‘jalik yuritish jarayonini pul mablag‘lari bilan ta’minlash
2. Nazorat
3. Taqsimlash
A.M.Aleksandrov va E.A.Voznesenskiy tasdiqlaydiki, moliya quyidagi funksiyalarni bajaradi:
1. Pul fondlarini shakllantirish
2. Shakllantirilgan pul fondlaridan foydalanish
3. Nazorat
I.T.Balabanovning fikriga ko‘ra bozor iqtisodiyoti sharoitida moliyaning taqsimlash funksiyasi o‘zining mazmunini yo‘qotadi. Iqtisodchi V.M.Rodionovaning fikriga ko‘ra, moliya taqsimlash va nazorat funksiyalarni bajaradi. Hozirgi sharoitda O‘zbekistonlik iqtisodchi olimlar moliyaning taqsimlash va nazorat funksiyalarini bajarishini e’tirof etishadi.
Moliyaning boshqa muhim funksiyasi nazoratdir. U taqsimlash funksiyasi bilan uzviy bog‘liqdir. Moliya munosabatlarining turli tarkibi orasida pul fondlarining shakllanishi va ishlatilishi nazorati bilan bog‘liq bo‘lmagan birorta ham munosabat yo‘qdir. Shu bilan birga faqatgina nazorat bilan bog‘liq bo‘lgan moliyaviy munosabat ham yo‘q.Moliyaning nazorat funksiyasi korxonalarni barcha xo‘jalik faoliyatlarida namoyon bo‘ladi.
Moliyaning nazorat funksiyasi obyekti — korxonalar, tashkilotlar, muassasalar faoliyatining moliyaviy ko‘rsatkichlari hisoblanadi. Moliyaviy nazoratning samaradorligini oshirish ko‘proq korxonada bosh hisobchi, moliya bo‘limlarining xodimlari ishni qay darajada yo‘lga qo‘yilganligini, moliyaviy axborotning haqqoniyligini, moliyaviy intizomga rioya qilishni,buxgalteriya hisobi hisobotini to‘g‘ri yuritishga bog‘liqdir. Faqatgina shunday sharoitlardamoliyaviy nazoratning natijalari xalq xo‘jaligidagi holatni tahlil qilish va obyektiv baholash hamda takror ishlab chiqarish jarayoni borishini muvofiqlashtirishga qaratilgan qarorlar qabul qilish imkonini beradi.
1.2
Download 27.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling