1-bob. Algoritm va dasturlashga kirish


Download 1.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/19
Sana22.01.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1108634
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19
Bog'liq
1-ma\'ruza

Lʻ\013\022ʻ, Lʻccʻ 
Koʻp belgili oʻzgarmas tipi int boʻlib, u toʻrtta belgidan iborat 
boʻlishi mumkin:
ʻabcʻ, ʻ\001\002\003\004ʻ. 
Satr oʻzgarmaslar. Ikkita qoʻshtirnoq (“,”) ichiga olingan belgilar 
ketma-ketligi satr oʻzgarmas deyiladi: 
”Bu satr oʻzgarmas va uningnomi string\n” 
Satr ichida escape ketma-ketligi ham ishlatilishi mumkin, faqat bu 
ketma-ketlik apostrofsiz yoziladi. 
Probel bilan ajratib yozilgan satrlar kompilyator tomonidan yagona 
satrga ulanadi (konkantenatsiya): 
”Satr - bu belgilar massivi” /* bu satr keyingi satrga koʻshiladi 
*/ ”, uning tipi char[]”;
Bu yozuv
”Satr - bu belgilar massivi, uning tipi char[]”;


17 
yozuvi bilan ekvivalent hisoblanadi. 
Uzun satrni bir nechta qatorga yozish mumkin va buning uchun 
qator oxirida ʻ\ʻ belgisi qoʻyiladi: 
”Kompilyator har bir satr uchun kompyuter xotirasida\ 
satr uzunligiga tengsondagibaytlardagialohida \
xotira ajratadi va bitta - 0 qiymatli bayt qoʻshadi”; 
Yuqoridagi uchta qatorda yozilgan satr keltirilgan. Teskari yon 
chiziq (ʻ\ʻ) belgisi keyingi qatorda yozilgan belgilar ketma-ketligini 
yuqoridagi satrga qoʻshish kerakligini bildiradi. Agar qoʻshiladigan satr 
boshlanishida probellar boʻlsa, ular ham satr tarkibiga kiradi. 
Satr xotirada joylashganda uning oxiriga ʻ\0ʻ (0 kodli belgi) 
qoʻshiladi va bu belgi satr tugaganligini bildiradi. Shu sababli satr 
uzunligi, uning «haqiqiy» qiymatidan bittaga koʻp boʻladi. 
Ma’lumotlar tiplari va oʻzgaruvchilar. Dastur bajarilishi paytida 
ishlatiladigan 
ma’lumotlarni(qiymatlarni) 
saqlab 
turish 
uchun 
oʻzgaruvchilar va oʻzgarmaslardan foydalaniladi. Oʻzgaruvchi - dastur 
ob’ekti boʻlib, xotiradagi bir nechta yacheykalarni egallaydi va 
qiymatlarni saqlash uchun xizmat qiladi. Oʻzgaruvchi nomga, oʻlchamga 
va boshqa atributlarga(koʻrinish sohasi, amal qilish vaqti va boshqa 
xususiyatlarga) ega boʻladi. Oʻzgaruvchilarni ishlatish uchun ular albatta 
eʻlon qilinishi kerak. Eʻlon qilish natijasida oʻzgaruvchi uchun xotiradan 
joy zahiralanadi, zahiralangan joyning oʻlchami esa oʻzgaruvchining 
tipiga bogʻliq boʻladi. Shuni qayd etish zarurki, bitta tipga turli apparat 
platformalarda turlicha joy ajratilishi mumkin. 
Oʻzgaruvchini eʻlon qilish uning tipini aniqlovchi kalit soʻz bilan 
boshlanadi. Teng(=) belgisi orqali boshlangʻich qiymat berilishi ham 
mumkin. Bitta kalit soʻz bilan bir nechta oʻzgaruvchini eʻlon qilish 
mumkin. Bunda oʻzgaruvchilar bir-biridan vergul(,) belgisi bilan 
ajratiladi. Eʻlonlar nuqta vergul(;) belgisi bilan tugaydi. Oʻzgaruvchi 
nomi 255 ta belgidan oshmasligi kerak. 
С++ tilining asosiy ma’lumotlar tiplari, ularning baytlardagi 
oʻlchamlari va qiymatlarining chegaralari 1.3-jadvalda keltirilgan. 

Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling