1-bob. Algoritm va dasturlashga kirish


Download 1.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/19
Sana22.01.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1108634
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
1-ma\'ruza




 
 
 
 
 
1-BOB. ALGORITM VA DASTURLASHGA KIRISH 
1.1. Dasturlashga kirish, dasturlashning asosiy tushunchalari 

Bu yerdadasturlash tillarining tuzilmasi, tilning bazaviy 
tushunchalari, preprotsessor direktivalari va vositalari, identifikatorlar, 
ularning tiplari, ularga qiymat oʻzlashtirish usullari va operatorlari, 
amallar bajarilish ustivorligi, kutubxona funksiyalari, matematik 
funksiyalar va boshqa tilning asosiy tushunchalari keltirilgan. Bundan 
tashqari oddiy dasturning tuzilishi, oʻzgaruvchilar, operatsiyalar, 
iboralar, asosiy tiplarning oʻzgarishi, kiritish-chiqirish vositalari va 
dastur strukturasi, kutubxona funksiyalari, matematik funksiyalar 
haqida ma’lumotlar bayon etilgan. 

Kalit soʻzlar.kommunikatsiya, dasturiy taʻminot, kompilyator, 
loyihalash, foydalanuvchi interfeysi, foydalanuvchi, aniqlik, dasturchi
samaradorlik, iostream, kiritish, chiqarish amali. 
REJA: 
1. 
Tilning bazaviy tushunchalari (til alifbosi, identifikator va 
leksemalar, kalit soʻzlar, konstanta satrlar, ma’lumotlartipi)
2. 
Arifmetik ifoda va amallar, siljitish amallari, inkrement va 
dekrement 
3. 
Bitlarga 
ishlov 
beruvchi 
operatorlar, 
ma’lumotlartipini 
oʻzgartirish 
4. 
Kutubxona funksiyalari
5. 
Preprotsessor direktivalari va vositalari. 
C++ tili Byarn Straustrup tomonidan 1980 yilning boshlarida 
ishlab chiqilgan. C++ tilida yaxshi dastur tuzish uchun “aql, farosat va 
sabr” kerak boʻladi. Bu til asosan tizim sathida dasturlovchilar uchun 
yaratilgan. 
C/C++ algoritmik tilining alifbosi: 
1. 26 ta lotin harflari(katta va kichik); 
2. 0 dan 9 gacha boʻlgan arab raqamlari; 



3. Maxsus belgilar: - + * / : ; . , % ? ! = “” № <> { } [ ] ( ) $ # & 
^ va h.k. 
Dastur bajarilishi jarayonida oʻz qiymatini oʻzgartira oladigan 
kattaliklar oʻzgaruvchilar deyiladi. Oʻzgaruvchilarning nomlari harfdan 
boshlanuvchi 
harf 
va 
raqamlardan 
iborat 
boʻlishi 
mumkin. 
Oʻzguruvchilarni belgilashda katta va kichik harflar bir biridanfarq 
qiladi(A va a harflari 2 ta oʻzgaruvchini bildiradi). Har bir oʻzgaruvchi 
oʻz nomiga, tipiga, xotiradan egallagan joyiga va son qiymatiga ega 
boʻlishi kerak. Oʻzgaruvchiga murojaat qilish uning nomi orqali boʻladi. 
Oʻzgaruvchi uchun xotiradan ajratilgan joyning tartib raqami uning 
manzili hisoblanadi. Oʻzgaruvchi ishlatilishidan oldin u aniqlangan 
boʻlishi lozim.
Oʻzgaruvchilarning son qiymatlari quyidagi koʻrinishda yoziladi: 

Butun tipli oʻnlik sanoq tizimida: ular faqat butun sondan 
iborat boʻladilar. Masalan: 5; 76; -674 va h.k. 

Sakkizlik sanoq tizimidagi sonlar: 0 (nol)dan boshlanib, 0dan 
7 gacha boʻlgan raqamlardan tashkil topadi. Masalan: x=0453217;

char belgi tipi uning oʻzgarish intervali 0 dan 255 gacha yoki 
apostrof ichidagi ixtiyoriy 1ta simvol. Xotiradan 1 bayt joy oladi. 
Simvollar ASCII kodlariga mos keladi. (ASCII – American Standart 
Code for Information Interchange). 

Butun tipli oʻzgaruvchilar: int. Masalan: int a, i, j ; Bu yerda 
dasturda ishlatilayotgan a, i, j oʻzgaruvchilarining tipi butun ekanligi 
koʻrsatildi. Bu tipdagi oʻzgaruvchilar 2 bayt joy egallaydi. Ularning 
oʻzgarish oraligʻi: -32768 dan +32767 gacha; (Hozirgi 32 razryadli 
kompyuterlarda 4 bayt joy oladi va oraligʻi 2 marta oshgan). 

Butun tipli katta (uzun) oʻzgaruvchilar: long. Masalan: long 
s, s2, aa34; Bu tipdagi oʻzgaruvchilar 4 bayt joy egallaydi. Ular –
2147483648 dan+2147483647 gacha bo‘lganoraliqdagi sonlarni qabul 
qilishi mumkin. 

Ishorasiz butun oʻzgaruvchilar: unsigned short – 2 bayt joy 
oladi,oʻzgarish oralig‘i 0 dan 65535 gacha; unsigned long – 4 bayt joy 
oladi, oʻzgarish oralig‘i: 0 dan 4294967295 gacha; unsigned char – 1 
bayt joy oladi, oʻzgarish oralig‘i 0 dan 255 gacha. 

Haqiqiy tipdagi oʻzgaruvchilar: float. Masalan: float a, b: Bu 
yerda dasturda ishlatilayotgan a, b oʻzgaruvchilarining tipi haqiqiy 
ekanligi koʻrsatilgan. Bu tipdagi oʻzgaruvchilar 4 bayt joy egallaydi va 
qabul qilish chegarasi 10
-38
dan 10
+38
gacha.




Katta yoki kichik qiymatli oʻzgaruvchilarni ifoda etishda 
doubletipi ishlatiladi. Ular uchun 8 bayt joy ajratiladi va qabul qilish 
chegarasi 10
-304
dan 10
+304
gacha. 

Juda katta yoki juda kichik qiymatli oʻzgaruvchilar uchun 
long doubletipi ishlatiladi, u 10 bayt joy oladi va qabul qilish chegarasi 
3.4*10
-4932
dan 1.1*10
-4932
gacha. 

Qator tipidagi oʻzgaruvchilar uchun ham char tipi 
belgilangan. Ular ham 1 bayt joy oladi va 0 dan 256 tagacha boʻlgan 
simvollar ketma-ketligidan iborat boʻlishi mumkin. Satr tipidagi 
oʻzgaruvchilar qoʻshtirnoq (“) ichida yoziladi. 
C++ tilida oʻzgaruvchilarni initsializatsiya qilish degan tushuncha 
ham mavjud. Initsializatsiya qilish degani oʻzgaruvchini eʻlon qilish 
barobarida unga boshlangʻich qiymatini ham berish demakdir. Masalan: 
int a=5, b, s=-100;– a, b, s oʻzgaruvchilari butun tipli ekanligi koʻrsatildi 
va a oʻzgaruvchisiga 5 (a=5), s oʻzgaruvchisiga esa –100 (s=-100) 
boshlangʻich qiymatlar berildi.
Dastur bajarilishi jarayonida oʻz qiymatini oʻzgartira olmaydigan 
kattaliklar oʻzgarmaslar deyiladi. Masalan: x=1; boʻlsa keyinchalik 
x=x+5 deb yozib boʻlmaydi. Oʻzgarmaslarni const soʻzi bilan 
koʻrsatiladi. Maslan: const int x=95; float y=9.17; ( const lar simvol yoki 
nol (NULL) boʻlishi ham mumkin.) 

Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling