1-bob. Algoritm va dasturlashga kirish
Download 1.11 Mb. Pdf ko'rish
|
1-ma\'ruza
Matematik mantiq - fikrlashning shakli va qonuniyatlari haqidagi
fan. Uning asosini mulohazalar tashkil qiladi. Mulohaza - bu ixtiyoriy jumla boʻlib, unga nisbatan rost yoki yolgʻon fikrni bildirishi mumkin. Masalan «3>2», «5 - juft son», «Moskva-Ukraina poytaxti» va hakozo. Lekin «0.000001 kichik son» jumlasi mulohaza hisoblanmaydi, chunki «kichik son» tushunchasi juda ham nisbiy, yaʻni kichik son deganda qanday sonni tushunish kerakligi aniq emas. Shuning uchun yuqoridagi jumlani rost yoki yolgʻonligi haqida fikr bildirish qiyin. Mulohazalarning rostligi holatlarga bogʻliq ravishda oʻzgarishi mumkin. Masalan «bugun - chorshanba» jumlasini rost yoki yolgʻonligi ayni qaralayotgan kunga bogʻliq. Xuddi shunday «x<0» jumlasi x oʻzgaruvchisining ayni paytdagi qiymatiga mos ravishda rost yoki yolgʻon boʻladi. С++ tilida mantiqiy tip nomi angliyalik matematik Jorj Bul sharafiga bool soʻzi bilan ifodalangan. Mantiqiy amallar «Bul algebrasi» deyiladi. Mantiqiy mulohazalar ustida uch xil amal bajarish mumkin: 1) inkor - A mulohazani inkori deganda A rost boʻlganda yolgʻon va yolgʻon boʻlganda rost qiymat qabul qiluvchi mulohazaga aytiladi. С++ tilida inkor - ʻ!ʻbelgisi bilan beriladi. Masalan, A mulohaza inkori «!A» koʻrinishida yoziladi; 2) konyuksiya- ikkita A va B mulohazalar konʻyuksiyasi yoki mantiqiy koʻpaytmasi «A &&B» koʻrinishga ega. Bu mulohaza faqat A va B mulohazalar rost boʻlgandagina rost boʻladi, aks holda yolgʻon boʻladi (odatda «&&» amali «va» deb oʻqiladi). Masalan «bugun oyning 5 kuni va bugun chorshanba» mulohazasi oyning 5 kuni chorshanba boʻlgan kunlar uchungina rost boʻladi; 3) dizʻyunksiya- ikkita A va B mulohazalar dizʻyunksiyasi yoki mantiqiy yigʻindisi «A || B» koʻrinishda yoziladi. Bu mulohaza rost boʻlishi uchun A yoki B mulohazalardan biri rost boʻlishi yetarli. Odatda «||» amali «yoki» deb oʻqiladi. Yurqorida keltirilgan fikrlar asosida mantiqiy amallar uchun rostlik jadvali aniqlangan (1.4-jadval). Download 1.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling