1-bob. Algoritm va dasturlashga kirish
Download 1.11 Mb. Pdf ko'rish
|
1-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.8-jadval. Amallarning ustunliklari va bajarilish yoʻnalishlari Operator Tavsifi Ustunlik Yoʻnalish
if(i=CallFunc(),i<7)...
Bu yerda, oldin CallFunc() funksiyasi chaqiriladi va uning natijasi i oʻzgaruvchisiga oʻzlashtiriladi, keyin i qiymati 7 bilan solishtiriladi. Quyidagi jadvalda С++ tilida ishlatiladigan amallar (operatorlar), ularning ustunlik koeffitsientlari va bajarilish yoʻnalishlari ( - oʻngdan chapga, - chapdan oʻngga) keltirilgan. 1.8-jadval. Amallarning ustunliklari va bajarilish yoʻnalishlari Operator Tavsifi Ustunlik Yoʻnalish :: Koʻrinish sohasiga ruxsat berish 16 [ ] Massiv indeksi 16 ( ) Funksiyani chaqirish 16 . Struktura yoki sinf elementini tanlash 16 -> ++ Postfiks inkrement 15 -- Postfiks dekrement 15 ++ Prefiksinkrement 14 -- Prefiks dekrement 14 sizeof Oʻlchamni olish 14 ( Tipga akslantirish 14 ~ Razryadli mantiqiy INKOR 14 ! Mantiqiy inkor 14 - Unar minus 14 + Unar plyus 14 & Adresni olish 14 * Vositali murojaat 14 new Dinamik ob’ektni yaratish 14 delete Dinamik ob’ektni yoʻq qilish 14 casting Tipga keltirish 14 * Koʻpaytirish 13 / Boʻlish 13 29 % Boʻlish qoldigʻi 13 + Qoʻshish 12 - Ayirish 12 >> Razryad boʻyicha oʻngga surish 11 << Razryad boʻyicha chapga surish 11 < Kichik 10 <= Kichik yoki teng 10 > Katta 10 >= Katta yoki teng 10 == Teng 9 != Teng emas 9 & Razryadli VA 8 ^ Razryadli istisno qiluvchi YOKI 7 | Razryadli YOKI 6 && Mantiqiy VA 5 | | Mantiqiy YOKI 4 ?: Shartamali 3 = Qiymat berish 2 *= Koʻpaytirish qiymat berish bilan 2 /= Boʻlishqiymat berish bilan 2 %= Modulli boʻlish qiymat berish bilan 2 += Qoʻshish qiymat berish bilan 2 - = Ayirish qiymat berish bilan 2 <<= Chapga surishqiymat berish bilan 2 >>= Oʻngga surishqiymat berish bilan 2 &= Razryadli VA qiymat berish bilan 2 ^= Razryadli istisno kiluvchi YOKI qiymat berish bilan 2 |= Razryadli YOKI qiymat berish bilan 2 throw Istisno holatni yuzaga keltirish 2 , Vergul 1 30 С++ tili dastur tuzuvchisiga amallarning bajarilish tartibini oʻzgartirish imkoniyatini beradi. Xuddi matematikadagidek, amallarni qavslar yordamida guruhlarga jamlash mumkin. Qavs ishlatishga cheklov yoʻq. Quyidagi dasturda qavs yordamida amallarni bajarish tartibini oʻzgartirish koʻrsatilgan. #include int main(){int x=0, y=0; int a=3, b=34, c=82; x=a*b+c; y=(a*(b+c)); cout<<”x= ”< Dasturda amallar ustunligiga koʻra x qiymatini hisoblashda oldin a oʻzgaruvchi b oʻzgaruvchiga koʻpaytiriladi va unga c oʻzgaruvchi qiymatiga qoʻshiladi. Navbatdagi koʻrsatmani bajarishda esa birinchi navbatda ichki qavs ichidagi ifoda - (b+c) qiymati hisoblanadi, keyin bu qiymat a koʻpaytirilib, u oʻzgaruvchisiga oʻzlashtiriladi. Dastur bajarilishi natijasida ekranga x=184 y=348 satrlari chop etiladi. Preprotsessor vositalari. Sodda dastur tuzilishi. Dastur preprotsessor buyruqlari va bir necha funksiyalardan iborat boʻlishi mumkin. Bu funksiyalar orasida main nomli asosiy funksiya boʻlishi shart. Agar asosiy funksiyadan boshqa funksiyalar ishlatilmasa dastur quyidagi koʻrinishda tuziladi: Preprotsessor_buyruqlari int main(){//Dastur tanasi.} Preprotsessor direktivalari kompilyatsiya jarayonidan oldin preprotsessor tomonidan bajariladi. Natijada dastur matni preprotsessor direktivalari asosida oʻzgartiriladi. Preprotsessor buyruqlaridan ikkitasini koʻrib chiqamiz. # include funksiyalarni dasturga joyjlash uchun foydalaniladi. #define Bu direktiva bajarilganda dastur matnidagi almashtiruvchi ifodalar almashinuvchi ifodalarga almashtiriladi. Misol tariqasida C ++ tilida tuzilgan birinchi dasturni keltiramiz: #include int main(){ cout << “\n Salom, Dunyo! \n”;} 31 Bu dastur ehkranga Salom, Dunyo! Jumlasini chiqaradi. Define direktivasi yordamida bu dasturni quyidagicha yozish mumkin: #include #define pr cout << “\n Salom, Dunyo! \n” #define begin { #define end } int main() begin pr; end Define direktivasidan nomlangan konstantalar kiritish uchun foydalanish mumkindir. Misol uchun: Download 1.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling