1-bob. Algoritm va dasturlashga kirish
Download 1.11 Mb. Pdf ko'rish
|
1-ma\'ruza
4
188 2 12 9 1 482 2 Ifoda tushunchasi. С++ tilida ifoda - amallar, operandlar va tinish (punktatsiya) belgilarining ketma-ketligi boʻlib, kompilyator tomonidan ma’lumotlar ustida maʻlum bir amallarni bajarishga koʻrsatma deb qabul qilinadi. Har qanday ʻ;ʻ belgi bilan tugaydigan ifodaga til koʻrsatmasi deyiladi. С++ tilidagi til koʻrsatmasiga misol: x=3*(y-2.45); y=Summa(a,9,c); Inkrement va dekrement amallari. С++ tilida operand qiymatini birga oshirish va kamaytirishning samarali vositalari mavjud. Bular inkrement (++)va dekrement (--) unar amallardir. Operandga nisbatan bu amallarning prefiks va postfiks koʻrinishlari boʻladi. Prefiks koʻrinishda amal til koʻrsatmasi boʻyicha ish bajarilishidan oldin operandga qoʻllaniladi. Postfiks holatda esa amal til koʻrsatmasi boʻyicha ish bajarilgandan keyin operandga qoʻllaniladi. Prefiks yoki postfiks amal tushunchasi faqat qiymat berish bilan bogʻliq ifodalarda oʻrinli: x=y++; //postfiks index =--i; // prefiks count++; // unar amal, ”++count;” bilan ekvivalent abc-- ; // unar amal, ”--abc; ” bilan ekvivalent Bu yerda y oʻzgaruvchining qiymatinix oʻzgaruvchisiga oʻzlashtiriladi va keyin bittaga oshiriladi, i oʻzgaruvchiningqiymati bittaga kamaytirib, index oʻzgaruvchisiga oʻzlashtiriladi. sizeofoperatori. Har xil tipdagi oʻzgaruvchilar kompyuter xotirasida turli sondagi baytlarni egallaydi. Bunda, hattoki bir tipdagi oʻzgaruvchilar ham qaysi kompyuterda yoki qaysi operatsion sistemada bajarilishiga qarab turli oʻlchamdagi xotirani band qilishi mumkin. С++ tilida ixtiyoriy (asosiy va hosilaviy) tipdagi oʻzgaruvchilarning oʻlchamini sizeof operatori yordamida aniqlanadi. Bu operator oʻzgarmasga, tipga va oʻzgaruvchiga qoʻllanishi mumkin. Quyida keltirilgan dasturda kompyuterning platformasiga mos ravishda asosiy tiplarining oʻlchamlari chop qilinadi. int main(){ cout<<”int tipioʻlchami:”< 25 cout<<”float tipioʻlchami:”< Razryadli mantiqiy amallar. Dastur tuzish tajribasi shuni koʻrsatadiki, odatda qoʻyilgan masalani yechishda biror holat roʻy bergan yoki yoʻqligini ifodalash uchun 0 yoki 1 qiymatini qabul qiluvchi bayroqlardan foydalaniladi. Bu maqsadda bir yoki undan ortiq baytli oʻzgaruvchilardan foydalanish mumkin. Masalan, bool tipidagi oʻzgaruvchini shu maqsadda ishlatsa boʻladi. Boshqa tomondan, bayroq sifatida baytning razryadlaridan foydalanish ham mumkin. Chunki razryadlar faqat ikki xil qiymatni - 0 yoki 1 sonlarini qabul qiladi. Bir baytda 8 razryad boʻlgani uchun unda 8 ta bayroqni kodlash imkoniyati mavjud. Faraz qilaylik, qoʻriqlash tizimiga 5 ta xona ulangan va tizim taxtasida 5 ta chiroqcha (indikator) xonalar holatini bildiradi: xona qoʻriqlash tizimi nazoratida ekanligini mos indikatorning yonib turishi(razryadning 1 qiymatini) va xonani tizimga ulanmaganligini indikator oʻchganligi(razryadning 0 qiymatini) bildiradi. Tizim holatini ifodalash uchun bir bayt yetarli boʻladi va uning kichik razryadidan boshlab beshtasini shu maqsadda ishlatish mumkin: 7 6 5 4 3 2 1 0 ind5 ind4 ind3 ind2 ind1 Masalan, baytning quyidagi holati 1, 4 va 5 xonalar qoʻriqlash tizimiga ulanganligini bildiradi: 7 6 5 4 3 2 1 0 x x x 1 1 0 0 1 Quyidagi jadvalda С++ tilida bayt razryadlari ustida mantiqiy amallar ro‘yxati keltirilgan. Download 1.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling