1-bob. Audit tekshiruvi õtkazish usullarining nazariy masalalari


Auditorlik guruhining rahbari Alimov M


Download 110.32 Kb.
bet9/10
Sana18.06.2023
Hajmi110.32 Kb.
#1576000
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Audit 1

Auditorlik guruhining rahbari Alimov M.

Shu sababli, fikrimizcha, auditning umumiy rejasini auditorlik tekshiruvining har bir ob’ekti uchun alohida tuzish shart emas deb hisoblaymiz, uni butun bir korxona faoliyatini tekshirish uchun №300AXSga muvofiq yagona umumiy shakl va mazmunda bir marta tuzish etarli deb hisoblaymiz. Unda har bir auditorlik ob’ekti uchun alohida bo’lim ochilishi va umumiy rejaning qolgan ustunlari nomlari amaldagi shaklda belgilangan shakl va mazmunda tayyorlanishi maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. Bizningcha, butun bir korxona faoliyati tekshiruvi uchun yagona shakldagi umumiy rejaning tayyorlanishi natijasida auditorlar ishi birmuncha osonlashadi, ularga korxona faoliyatini tekshirishda ortiqcha jismoniy mehnat kamayib, vaqt va mablag’ni tejashga erishiladi.



2.3. Audit tekshiruvi usullarining xalqaro va milliy jihatlari.
Audit dasturi - bu auditorlik umumiy rejasida belgilangan vazifalarni bajarish bosqichlari, bajarish muddati va vaqti, vazifalarni bajaruvchilarning to’liq tarkibi, tekshiruvda bajariladigan auditorlik amallari hamda auditorlik ish hujjatlari batafsil aks ettirilgan auditorlik ish hujjatidir.
Dastur audit umumiy rejasini rivojlantirish hisoblanadi va audit rejasini amalda qo’llash uchun zarur bo’lgan auditorlik amallari mazmunining batafsil ro’yxatini o’z ichiga oladi. Dastur auditor yordamchilari uchun batafsil yo’riqnoma bo’lib, bir vaqtning o’zida auditorlik tashkiloti va auditorlik guruhining rahbari uchun ish sifatini nazorat qilish vositasi hisoblanadi. Audit dasturi shunday tuzilishi kerakki, undan foydalanuvchi hech qanday xatoliklarga yo’l qo’ymasdan korxona faoliyatini belgilangan muddatda, to’liq va sifatli o’tkazish imkoniyatini ta’minlasin.
Auditor audit dasturini hujjat shaklida rasmiylashtirishi, har bir bajariladigan auditorlik amallarini o’zining ish hujjatlarida aniq bayon etish maqsadida ularni ketma-ketlik asosida raqam bilan tartiblashi lozim. Amaldagi 300-son AXSning 33-bandida dastur o’zaro bog’liq bo’lgan hujjatlar shaklida ya’ni, “auditorlik dasturini nazorat vositalari testlari dasturi ko’rinishida va mohiyatiga ko’ra auditorlik rusum-qoidalari dasturi ko’rinishida tuzish kerak”10ligi belgilab qo’yilgan. Bunda, nazorat vositalari testlari dasturi korxona buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimini baholash bo’yicha test yoki savolnomalar majmui shaklida tuziladi. Buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimi ishonchliligini baholash natijalariga asosan, auditorlik tashkiloti tomonidan tekshirishda bajariladigan ishlar hajmi, shuningdek, tekshiruv muddati va qiymati belgilanadi, bunda nazorat vositalari testlarini o’tkazish orqali xo’jalik yurituvchi sub’ekt nazorat vositalarining jiddiy kamchiliklari aniqlanadi.
Mohiyatiga ko’ra, auditorlik amallari dasturi buxgalteriya hisobida hisobvaraqlar bo’yicha oborotlar va saldo to’g’ri aks ettirilganligini batafsil tekshirishni o’zi ichiga qamrab olib, ular buxgalteriya hisobi ob’ektlari yoki umumiy rejada belgilangan vazifalarni bajarish bo’yicha auditorlik amallari ro’yxatidan iborat bo’ladi. Auditor bunday amallarni qo’llash orqali buxgalteriya hisobining aynan qanday bo’limlarini tekshirishni belgilaydi va bu esa auditordan buxgalteriya hisobining har bir bo’limini tekshirish bo’yicha auditorlik dasturini tuzishni talab etadi. Auditorlik tekshiruvini o’tkazish shartlari va auditorlik amallari natijalari bog’liq holda audit dasturi qayta ko’rib chiqilishi mumkin. O’zgarishlarning sabablari va natijalari o’zgartirilgan dasturda hujjatlashtirilishi lozim.
Audit dasturining har bir bo’limi bo’yicha auditorning ish hujjatlarida aks ettirilgan xulosalari auditorlik hisoboti (xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbariyatiga yozma axborot) va auditorlik xulosasini tuzish hamda moliyaviy hisobot to’g’risida auditorning fikrini shakllantirish uchun asos bo’lib hisoblanadi.


Xulosa
Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatida auditni rejalashtirish, uni takomillashtirish borasida olib borilgan ilmiy izlanishlar natijalari quyidagi xulosalar qilishga imkon berdi:
1. Auditni rejalashtirish hamda audit dasturini tuzishning asosiy bosqichlari oʻrganildi. Xoʻsh, auditorlik tekshiruvlari nimadan boshlanadi. Koʻpchilik, auditorlik shartnomasini imzolashdan, deyishi tabiiy. Biroq, bu notoʻgʻri. Chunki, bunga bir nechta sabablar bor. Dastlab, mijoz-korxona toʻgʻrisidagi batafsil axborot toʻplaydi va undagi maʼlumotlar bilan tanishadi, yaʼni, mijozning imkoniyatlari, uning rahbariyati, mulk shakli, mijoz biznesi (moliya-xoʻjalik faoliyati, faoliyat doirasi yoki biznes rejasi), qaysi tarmoqqa mansubligi, tarmoqdagi oʻrni, ahvoli va h.k.lar. Bunda, axborot manbalari sifatida jismoniy va yuridik shaxslar, mijoz bilan iqtisodiy munosabatga kirishgan tashkilotlar, yoki mijozning rahbariyati va uning hodimlari xizmat qilishi mumkin. Biroq, bunda axborot haqqoniy, foydalanishga qulay va isbotli boʻlishi kerak.
Auditni rejalashtirish bosqichida auditorlik guruhi bir qator tahliliy amallarni qoʻllash yordamida zaruriy koʻrsatkichlar: ularning hajmi, ularni tanlash yoʻllari, muhimlilik koʻrsatkichini aniqlash, ichki xoʻjalik nazoratining samaradorligi va auditorlik riski kabilar toʻgʻrisida dastlabki xulosani shakllantirishga imkon beradi. Agar yuqorida nomlari tilga olingan koʻrsatkichlar asosida auditorlik tashkiloti tekshiruvni oʻtkazish mumkin deb hisoblasa, bunda auditorlik tashkiloti majburiyat va rozilik xatini imzolash uchun mijoz-korxona manziliga yuboradi. Shundan soʻng, tekshiruv uchun auditorlik guruhi shakllantiriladi va xoʻjalik yurituvchi subyekt yaʼni mijoz bilan audit shartnomasi imzolanadi. Agar auditorlik tashkiloti ushbu koʻrsatkichlar asosida mijoz-korxonani auditorlik tekshiruvidan oʻtkazishga imkon yoʻq, deb hisoblasa, uni oʻtkazishga rad javobini berishi kerak. Soʻngra dastlabki shakllangan maʼlumotlar va oʻtkazilgan tahliliy amallar natijasida auditning umumiy rejasi va dasturi ishlab chiqiladi. Auditning umumiy rejasi rahbariyatga audit dasturini amalga oshirishga xizmat qilishi kerak.
Auditorlik tekshiruvini oʻtkazish jarayonida auditorlik tashkilotida umumiy rejani alohida elementlari boʻyicha qoidalarni koʻrib chiqishga asos paydo boʻlishi mumkin. Bunda, auditning umumiy rejasida tekshiruv muddati, uni oʻtkazish grafigi, auditorlik xulosa va hisobotini tayyorlash koʻrstailishi kerak. Shuningdek, auditning umumiy rejasida auditni oʻtkazish yoʻllari, ichki nazorat tizimini va audit riskini baholash ham aks etishi kerak. Agar tekshirishda tanlash usulini qoʻllashga qaror qilinsa, auditorlik tanlash tartibi shakllanishi kerak.
2. Jahon tajribasi shuni koʻrsatadiki, auditorlik tashkilotlari bergan hisobot va xulosalarining sifatli boʻlishi albatta audit tekshiruvini boshlashdan oldin auditni rejalashtirish masalasiga chuqurroq yondashiladi. Chunki, yaxshi va optimal tuzilgan reja tekshiruvning aksariyat qismini qamrab oladi. Har qanday faoliyat, xususan auditorlik faoliyati ham samarali boʻlishi uchun dastavval, uning puxta va aniq rejasi yoki dasturini tuzish lozim. Ularning mazmuni qoʻyilgan maqsad va uni bajarish uchun belgilangan aniq vazifalardan kelib chiqadi. Auditning maqsadlari xususan quyidagilardan iborat: buxgalteriya hisobining holatini ekspertiza yoʻli bilan baholash, yillik moliyaviy hisobot maʼlumotlarining xaqqoniyligini tekshirish va tasdiqlash valyuta muomalalarini taftish qilish, aksiyalar va boshqa qimmatli qogʻozlar emissiyasi prospektining maʼlumotlarini tasdiqlash, korxonaning moliyaviy barqarorligini mustahkamlash boʻyicha tadbirlar ishlab chiqish, iqtisodiyot va moliyaviy huquq sohasidagi yangi qonunchilik hujjatlari boʻyicha aniq maslahat (konsultatsiya) oʻtkazish va h.k.lar.
3. Barchaga maʼlumki, mamlakat iqtisodiyoti chel el investitsiyalariga muhtoj. Bunda, mamlakatimizda iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida xorijlik sarmoyadorlarga keng imkoniyatlar yaratib berilmoqda. Shu bilan bir qatorda, ularga xoʻjalik yurituvchi subyektlarning moliya-hoʻjalik faoliyati toʻgʻrisidagi dastlabki hujjatlarni taqdim etish asosida ularni mamlakatimizga mablagʻ qoʻyishiga ishonch hosil qildirishimizga toʻgʻri keladi.


Download 110.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling