1-bob. Audit tekshiruvi õtkazish usullarining nazariy masalalari


-chizma. Auditor uchun axborot manbalari7


Download 110.32 Kb.
bet6/10
Sana18.06.2023
Hajmi110.32 Kb.
#1576000
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Audit 1

6-chizma. Auditor uchun axborot manbalari7
Auditorlar guruhiga kiradigan mutaxassislar tarkibini rejalashtirish paytida auditorlik tashkiloti quyidagilarni hisobga olishi zarur:
- Auditning har bir bosqichi: tayyorgarlik, asosiy va yakunlash bosqichi ish vaqti byudjetini;
- guruh ishining taxmin qilinayotgan muddatlarini;
- guruhning miqdoriy tarkibini;
- guruh aʼzolarining mansab darajasini;
- guruh xodimlarining vorisligini;
- guruh aʼzolarining malaka darajasini.

7-chizma. Auditorlar guruhini shakllantirish asoslari8
Audit umumiy rejasi ishlab chiqishga kirisharkan, auditorlik tashkiloti xoʻjalik yurituvchi subyekt toʻgʻrisidagi dastlabki bilimlarga, shuningdek, oʻtkazilgan tahliliy rusum-qoidalarning natijalariga asoslanishi kerak.
Tahliliy rusum-qoidalarni oʻtkazish yordamida auditorlik tashkiloti audit uchun ahamiyatli boʻlgan sohalarni aniqlashi kerak.
Tahliliy rusum-qoidalarning murakkabligi, hajmi va oʻtkazish muddatlarini auditorlik tashkiloti xoʻjalik yurituvchi subyekt moliya hisoboti maʼlumotlarining hajmi va murakkabligiga qarab oʻzgartirishi kerak boʻladi.
Audit umumiy rejasi tayyorlash jarayonida auditorlik tashkiloti xoʻjalik yurituvchi subyektda amal qilayotgan ichki nazorat tizimining samaradorligini baholaydi va ichki nazorat tizimi xatarini (nazorat xatarini) baholashni amalga oshiradi. Agar ichki nazorat tizimi notoʻgʻri axborot paydo boʻlgani toʻgʻrisida oʻz vaqtida ogohlantirsa, shuningdek, notoʻgʻri axborotni aniqlasa, uni samarador deb hisoblash mumkin. Ichki nazorat tizimining samaradorligini baholarkan, auditorlik tashkiloti auditorlik isbot-dalillarining yetarli miqdorini toʻplashi shart. Agar auditorlik tashkiloti moliyaviy hisobotning ishonchliligi xususida yetarli darajada ishonch hosil qilish uchun ichki nazorat tizimiga va buxgalteriya hisobi tizimiga asoslanishga qaror qilsa, u boʻlgʻusi audit hajmini tegishli tarzda tuzatishi kerak boʻladi.
Auditorlik xatarini rejalashtirarkan, auditorlik tashkiloti, xoʻjalik yurituvchi subyekt auditidan qatʼi nazar, ushbu hisobotga xos boʻlgan moliyaviy hisobotning ajralmas xatari va nazorat xatarini belgilaydi. Belgilangan xatarlar va muhimlik darajasi yordamida auditorlik tashkiloti audit uchun ahamiyatli sohalarni aniqlaydi va zarur auditorlik rusum-qoidalarini rejalashtiradi. Audit jarayonida rejalashtirish paytida belgilangan auditorlik xatari va muhimlik darajasining oʻzgarishiga taʼsir koʻrsatadigan holatlar yuzaga kelishi mumkin.
Auditorlik tashkiloti, agar buni maqsadga muvofiq deb hisoblasa, tekshirilayotgan xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbariyati bilan audit umumiy rejasining ayrim qoidalarini kelishib olishi mumkin. Bunda auditorlik tashkiloti umumiy rejada aks ettirilgan usullarni tanlashda mustaqil hisoblanadi, lekin oʻz ishining natijalari uchun mazkur umumiy rejaga muvofiq toʻliq masʼuliyat his etadi.
Auditorlik tashkiloti bajarayotgan rusum-qoidalarning natijalarini umumiy rejani tayyorlash paytida batafsil hujjatlashtirish kerak, chunki mazkur natijalar auditni rejalashtirish uchun asos hisoblanadi va butun audit jarayoni davomida ishlatilishi mumkin.
Auditning umumiy rejasi mijoz faoliyati bilan tanishish, dastlabki rejalashtirish, tekshiriladigan xoʻjalik yurituvchi subyektning ichki nazorat tizimini baholash, tanlash hajmi va muhimlik darajasini aniqlash, audit dasturini tayyorlash, auditni bevosita oʻtkazish jarayoni (dasturni bajarish), bajarilgan ishlar natijalarini tahlil qilish, barcha oraliq va umumiy hujjatlarni tayyorlash, tekshiruv natijalarini mijozga taqdim etish va hokazolarni oʻz ichiga olgan holda audit oʻtkazishning barcha bosqichlarini aks ettirishi lozim.
Umumiy reja audit dasturini amalga oshirishda qoʻllanma boʻlib xizmat qilishi kerak.
Audit jarayonida auditorlik tashkilotida umumiy rejaning ayrim qoidalarini qayta koʻrish uchun asoslar paydo boʻlishi mumkin. Rejaga kiritilayotgan oʻzgartishlarni, shuningdek, oʻzgartishlar sabablarini auditor batafsil hujjatlashtirishi kerak.

  • Audit oʻtkazish jarayonini samaradorligini oshirishda tekshiruv qisqa muddatda va sifatli yakunlanishi zarur. Buning uchun fikrimizcha, auditorlik tekshiruvining umumiy rejasi quyidagilarni oʻzida mujassam etishi lozim:

  • Tashkilot biznesini, faoliyatini bilishi yoki u bilan tanishuv;

  • Buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimini yaqqol anglashi yoki tushunishi;

  • Tavakkalchilik va muhimlilikning aniq darajasini keltirishi;

  • Tekshiruv jarayonida qoʻllaniladigan muolaja, usul va uslublardan foydalanishning muddatlari va hajmi koʻrsatilishi;

  • Tashkilot boshqaruvining hozirgi holatiga tavsif;

  • Boshqa istiqbolli yoʻnalishlar va h.k.lar.

Auditorlik faoliyatining 5-sonli “Auditni rejalashtirish” nomli milliy standartida koʻrsatilishicha, auditor umumiy rejada audit oʻtkazish muddatlari va audit oʻtkazish grafigini tuzishni, auditorlik hisoboti (xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbariyatiga yozma axborot) va auditorlik xulosasi tuzishni nazarda tutishi lozim. Rejalashtirish chogʻida auditor quyidagilarni hisobga olishi zarur:

  • kelgusi davrdagi vaqt sarfi hisob-kitobi va haqiqiy mehnat xarajatlari;

  • muhimlik darajasi;

  • auditorlik xatari;

  • auditorlik guruhini tuzish, audit oʻtkazishga jalb qilinadigan auditorlar soni va malakasi;

  • auditorlarni, ularning malakaviy darajalari va lavozimlariga muvofiq audit oʻtkaziladigan muayyan uchastkalarga taqsimlash;

  • auditorlik guruhining barcha aʼzolariga yoʻl-yoʻriq koʻrsatish, ularni mijozning moliya-xoʻjalik faoliyati bilan tanishtirish;

  • auditorlik guruhi rahbarining reja bajarilishi va yordamchi auditorlar ishlari sifati ustidan nazorat oʻrnatishi;

  • auditorlik amallarini bajarish bilan bogʻliq uslubiy masalalarni tushuntirish;

  • reja bajarilishi va auditor assistentlari ishining sifati, ular tomonidan ish hujjatlari yuritilishi va audit natijalari tegishlicha rasmiylashtirilishini nazorat qilish;

  • muayyan faktni baholashda auditorlik guruhi rahbari bilan uning oddiy aʼzosi oʻrtasida ixtiloflar paydo boʻlganda auditorlik guruhi aʼzosi (ijrochi)ning alohida fikrini hujjatli rasmiylashtirish.

Auditorlik tashkiloti umumiy rejada ichki audit rolini, shuningdek audit oʻtkazish jarayoniga ekspertlarni jalb etish zaruratini belgilaydi.
Shuningdek, quyida korxona va tashkilotlarda auditorlik tekshiruvlarini oʻtkazishning namunaviy umumiy rejasini keltiramizki, bu faqat uning tavsifi haqida umumiy maʼlumot beradi. Biroq, audit rejasining batafsil koʻrinishi keltirilgan.
Koʻp hollarda bunday kelishish, mijoz faoliyatining ayrim uchastkalarini batafsilroq tahlil etish bilan bogʻliq masalalarni rejalashtirish bosqichida koʻzda tutish, auditorning tekshiruv chogʻidagi hatti - harakatlari mijoz-korxona rahbariyati uchun tushunarli boʻlishi, shuningdek auditorning ish jadvaliga muvofiq talab qilinadigan hujjatlar mijoz tomonidan tezkorlik bilan taqdim qilinishi va tekshiruvning u yoki bu bosqichida zarur boʻladigan moliyaviy xizmat xodimlarini ishdan ozod etish uchun maqsadga muvofiqdir.
Umumiy rejada auditorlik tashkiloti dastlabki tahlil natijalari asosida auditni oʻtkazish usulini belgilaydi, ichki nazorat tizimining ishonchliligini, audit xatarlarini baholaydi. Tanlab audit oʻtkazishga qaror qilingan taqdirda auditor auditorlik tanlamasini “Auditorlik tanlamasi” audit andozasiga muvofiq shakllantiradi.
Boshqaruvni va bajarilayotgan audit sifatini nazorat qilishni rejalashtirishga doir qoidalar umumiy rejaning tarkibiy qismi hisoblanadi.


Download 110.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling