1. bob. Axloqiy munosabatlarning globallashuvi insoniyat evolyutsiyasining qonuniyati sifatida


Download 71.86 Kb.
bet6/10
Sana31.03.2023
Hajmi71.86 Kb.
#1310799
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Internatsional oilalarda madaniy an’analarning shaxslararo munosabatlarga ta’siri

Ikkinchi yondoshuv – inson moddiy mavjudot, ammo undagi ruh abadiy, bu dunyo hayoti inson uchun sinov maydoni bo‘lib, uning har bir qadami o‘lchovli, u har bir xatti-harakati, amali uchun Oliy qudrat oldida javob beradi, agar savobli ish qilsa, ham bu dunyoda, ham oxiratda mukofotini oladi, agar gunoh qilsa, yoki bu dunyoda, yoki oxiratda jazosini oladi, deb e’tiqod qilish. YA’ni Borliqning asosi moddiylikdangina iborat emas, balki bu olamni yaratgan va boshqarib turgan azaliy va abadiy Oliy qudrat mavjud, deb ishonish, shunga imon keltirish. Imon keltirish bilan ushbu Oliy qudrat oldida mas’uliyat tuyg‘usi paydo bo‘ladi. Ana shu asosda shakllangan axloq haqiqiy axloq bo‘ladi. “Axloq – ma’naviyatning o‘zagi” degan ta’rifda ayni shu jihat inobatga olinadi.
SHaxsning xulqi uning ma’naviyati ta’sirida takomillashib (ya’ni tabiiy xislatlari qusurdan fazilatga aylanib) borgan sari uning axloqi zamima axloqdan (insonni xudbinlik sari tortuvchi tarbiya ko‘rmagan xulqdan)hamida axloqqa (ma’naviy kamolot natijasida go‘zallashgan xulqqa) aylanib boraveradi. Nafs tarbiyasi – ma’naviy kamolot yo‘li bo‘lib, axloqi hamidaning shakllanish yo‘li hamdir. Ammo ma’naviyat faqat nafs tarbiyasidan iborat emas. Ma’naviyat imondan boshlanadi, ilm bilan mukammallashaditahliliy imon orqali inson nafs tarbiyasi(samovospitanie)ga o‘tadi va oxiri mehr ma’rifati orqali ma’naviy kamolotga erishadi. “Axloq – ma’naviyatning o‘zagi ” degan hikmatning mazmuni shundaki, insonning ma’naviy kamolot darajasi uning axloqida eng yorqin shaklda namoyon bo‘ladi. Agar inson faqat taqlidiy imon darajasida qolgan bo‘lsa, u Allohning borligi va birligini tan olgan bo‘ladi, buyurilgan farzlarni baqadri imkon bajarishga urinadi, ammo axloqi hamida sohibi bo‘lmaydi.
YUqoridagi mulohazalar I.A.Karimov kitobida bir jumlada bayon etilgan: “G‘arb olamida esa odamlarning hayot tarzida jamoaviylikdan ko‘ra individualizm, shaxsiy manfaat tamoyillari ustunlik qilishini kuzatish mumkin. Bu ham muayyan, ob’ektiv ijtimoiy-tarixiy omillar tufayli shakllangan voqelik bo‘lib, uni ham inkor etib bo‘lmaydi”.
YAngi davr Yevropa axloq ilmidagi asosiy kamchilik xristian dinidagi yanglishuvlar bilan bog‘liq, bu yanglishuvlar esa Allohning so‘ziga (ya’ni muqaddas kitob bo‘lmish asl Injil matniga) bandalarning so‘zlari aralashib ketganligi sababli yuzaga kelgandir[1]. Milodiy I-III asrlarda yashagan ilk xristianlar o‘z tarixiy sharoitlaridan va o‘sha davr tafakkur darajasidan kelib chiqib, Iso(a.s.)ning risolatlari va da’vatlari mohiyatini o‘zlaricha talqin etishlari, IV asrga kelib xristian dini rasmiy maqomga erishgach, xristian ulamolarining katta yig‘inlarida qabul qilingan mohiyatan xato aqidalarning muqaddaslashtirilishi natijasida bu sohada tuzatish mushkul bo‘lgan chalkashliklar vujudga keldi. Bu chalkashliklar zaminida shakllangan “cherkov otalari”ning ta’limoti keyingi ming yil davomida butun mintaqada odamlar ongi-shuurida hukmronlik qildi. Bora-bora bu xato qarashlar xristian dinining mohiyati darajasida qabul qilinadigan bo‘ldi. O‘z vaqtida islomning yoyilishiga hukmron cherkov doiralari butun qudrati bilan qarshilik qildi (salb yurishlarini eslaylik). Yangi davrga kelib ilm-fanning rivoji yanglish diniy qarashlar bilan borgan sari ziddiyatga kirishib, ilg‘or fikr egalari ongida dahriylik tamoyillari kuchayib bordi. Afsus bilan qayd etish kerakki, bu masalada islom dunyosi ulamolari ham mohiyatga chuqur kirib borib, Yevropadagi yangicha tamoyillarni diqqat bilan kuzatish yo‘lidan bormadilar, qaytaga XV asrdan keyin musulmon olami tafakkurida turg‘unlik, kibrlanish va yalqovlanish kuchaydi, IX-X asrlarning o‘ziga xos sharoitida shakllangan ahli sunna va jamoa aqidalarini tanqidiy qayta ko‘zdan kechirish hech kimning xayoliga kelmadi. Eng asosiysi, bu erda ham Alloh kalomi va bandalarning talqinlari orasidagi sifatiy farqqa e’tibor kamaydi. Natijada, YAngi davr Yevropa tadqiqotchilari tabiiy va aniq fanlar taraqqiyotiga mahliyo bo‘lib, ma’naviyat sohasida borgan sari imondan uzoqlashib, chalkash nazariyalar girdobiga tortilib ketayotganliklarini sezmay qoldilar. Bu e’tiborsizlik va chalkashliklarning og‘ir asoratlari bugungi kunga kelib endi butun zalvori bilan insoniyat kelajagiga jiddiy xavf sola boshladi.
Qisqasi, Yevropa xalqlari ijtimoiy va madaniy sohalarda o‘z tarixiy tajribalaridan kelib chiqib, o‘z ajdodlari qoldirgan merosga mos holda, ilmiy andoza va o‘lchovlar yaratganlar, ta’rif va tizimlar shakllantirganlar. Biz ulardan kamchilik topishga yoki qoralashga balki haqqimiz yo‘qdir. Ammo o‘zbekning milliy tafakkuri oxirgi 70 yilda shakllangan deb bo‘lmaganidek, bugun endi ma’naviy-axloqiy sohalarda ilmiy mulohazalar yuritish uchun ongimizga kechagi zo‘raki joylashtirilgan sun’iy qoliplardan o‘ylamay-netmay foydalanishga urinishimiz ham o‘rinli emas.
Ommaviy madaniyat” hodisasi asosida birnecha omillarning chatishuvi yotadi. Ulardan birinchisi - imonsizlik, o‘z insoniy burchi va mas’uliyatini tan olishni istamaslik, befarqlik va loqaydlik. Ikkinchisi - sanab o‘tilgan qusurlarni oqlashga xizmat qiluvchi “dunyoni manfaat boshqaradi” (demak, bu dunyoda har kim o‘z foydasi uchun qo‘lidan kelgan harakatini qilsa, bo‘laveradi, degan) dahriyona (aniqrog‘i, xudbinona) tezis (“qoida”) asosida yashash. Bu ikki omil azaldan bo‘lgan. Uchinchisi – oldingilaridan kelib chiqadigan axloqiy relyativizm, ya’nidunyodaazaliy va abadiy qat’iy axloqiy meyorlar mavjud emas, ko‘pchilik o‘zini qanday tutayotgan bo‘lsa, biz ham shunga qarab ketaveramiz, degan o‘ysizlik, fikriy dangasalik tamoyili. Va nihoyat to‘rtinchisi - bugungi axborot vositalarining cheksiz imkoniyatlari sharoitida yuqoridagi Prezident ta’rifiga muvofiq, befarqlik va o‘ysizlik botqog‘iga botgan kimsalarning dunyoni boshqarishga intilayotgan kichik bir guruh qo‘lida qo‘g‘irchoqqa aylanib, o‘zlarining eng tuban hayvoniy xohish va istaklarini ochiqdan-ochiq namoyon qilishni “umuminsoniy axloqiy meyorlar” darajasiga ko‘tarishga urinishlaridir. Bunday holatlar Yevropa mintaqasi tarixida ilgari ham bo‘lgan, ammo hech qachon bu daraja jahon miqyosida keng ko‘lam kasb etmagan va bu darajada kuchli targ‘ibot imkoniyatlariga ega bo‘lmagan edi. Prezident kitobida bu haqda shunday deyiladi: “SHuni unutmaslik kerakki, bugungi kunda inson ma’naviyatiga qarshi yo‘naltirilgan, bir qarashda arzimas bo‘lib tuyuladigan kichkina xabar ham axborot olamidagi globallashuv shiddatidan kuch olib, ko‘zga ko‘rinmaydigan, lekin zararini hech narsa bilan qoplab bo‘lmaydigan ulkan ziyon etkazishi mumkin.”
1.3. Inson xatti-harakatlarining sifati axloqiy darajasini ichki niyatlarni baholash qobiliyati
Axloq, bu – ezgulik va yomonlikni ajrata oluvchi mezon hisoblanadi. Inson qalbining asosiy vazifalaridan biri hayot va umumbashariy axloqiy qarashlarni shakllantiruvchi bvrometrdir. CHunki alohida inson axloqi umuminsoniy ong va uning aksiomalari asosida shakllanadi. SHuning uchun inson axloqi axloqiy tartib va butun dunyodagi axloq o`rtasidagi ko`prik hisoblanadi. Barcha axloqiy harakatlarning yagona maqsadi – insonga ezgulik yo`lini ko`rsatishdir. Agar axloqiy tubanlashsa, inson erkinlikdan yiroqlashadi. Bizning nazarimizda, axloqqa rostlik, sotilmaslik, to`g`rilik va qalbning axloqiy darajasidagi aniqlik xosdir. Ammo inson tabiati gumrohlikka moyil bo`lib, bu sifatlarni to`laligicha qabul qila olmaydi. Ishonch bilan tasdiqlanib turadigan, muhabbat bilan oziqlantiriladigan axloq sof, ezgulikka, poklikka evrila boradi.
Inson xatti-harakatlarining sifati axloqiy darajasini ko`rsatadi. Axloq qo`rquv orqali bilinadi. Axloqni saqlashning o`zi katta qadriyatdir, vijdonni, soflikni ziyoniz, manfaatsizlikdir. Inson ongli ravishda tanlagan yo`li orqali boradi, ichki niyatlarni baholash qobiliyatini o`zlashtirib, chunki aynan u qaror qabul qilish asosida yotadi. Axloqsizlik, g`azab, boylikka o`chlik, hasad, shuhratparastlik, g`urur bilan bir qatorda baholanadi. Va buning teskarisi bo`lgan axloq esa insonning shohona kuchi va qobiliyatidir. O`z davrida Epikur “Yoqimli yashash aqlli yashashsiz bo`lmaydi, axloqiy va adolatli hayot, va teskarisi, aqlli yashash mumkin emas, axloqiy va adolatli, yoqimli yashashsiz” degan edi.
O`zining “Axloqi Kabir” ya`ni “Katta axloq kitobi” asarida Arastu axloqning mazmun-mohiyati haqida quyidagilarni yozadi: “Gapning lo`ndasini aytsak, axloq siyosatning tarkibiy qismidir. CHindan ham muayyan axloqiy fazilatlarga ega bo`lmagan, ya`ni munosib bo`lmagan odam (taniqli jamoat arbobi sifatida) faoliyat ko`rsatishi mumkin emas. Munosib odam bo`lmoq – fazilatlar egasi – fozil bo`lmoq, demakdir”[3][116]. Bu fikrlardan ma`lum bo`ladiki, axloq o`zlikni anglash, vatanparvarlik, milliy g`urur, tarixiy xotira, ma`naviy barkamollik kabi tuyg`u va tushunchalar bilan uzviy bog`liq holda shakllanadi. CHunki, axloq aynan ana shu ruhiy-ijtimoiy hodisalar orqali oydinlashadi, umuminsoniy qadriyatlarning tarixiy bir bo`lagiga aylanadi. Ayni shu ma`noda, Arastu “Axloqiy fazilat lazzatlanish va azoblarda aks etadi: zero lazzatlanish uchun yomonlik qilsak, unda azoblanmaslik uchun go`zal ishlardan bosh tortamiz”, - deb yozadi.
Arastudan keyin SHarqda Forobiychalik ulkan zot may­donga chiqmagan. Forobiy o`z bilimi, ma`naviyati, fikr doirasining keng­ligi bilan SHarqda katta shuhrat qozongan va unga Arastudan keyingi yirik mutafakkir – “muallim as-soniy” – “ikkinchi muallim” degan unvon berilgan. Forobiy “Fozil shahar ahli qarashlari haqida kitob”, “Siyosat al-madaniya” (“SHaharlar ustidan siyosat yurgizish”) va boshqa asarlarida axloqiy fazilatlar haqida o`z fikr-mulohazalarini bayon qilgan. Jumladan, baxt-saodat tushunchasi haqida fikr yuritib, u “faol aqlga eng yaqin turgan narsadir”, va: “uning ma`no-mohiyati faol aql bilan qo`shiluvida yashiringandir” - deb ta`kidlaydi. SHuning barobarida Forobiy baxt-saodat fazilatga tashqaridan yopishtirilgan yoki yuklangan amal bo`lmasdan, balki uning o`z jinsidan va zotning umumiyligidan chiqqan sifatiy holati ekanligini isbotlashga harakat qiladi. Zero, baxt – insonning o`z ichki borligidan qoniqish hissi, hayotdan zavqlanishi va insoniyligidan mamnun bo`lishdir. Bundan ko`rinadiki, inson o`zini qanchalik o`rgansa, idrok qilsa, shunchalik axloqan poklanib boradi. Darhaqiqat, axloqiylik bilan uzviy bo`lmagan bilim qancha kuchli bo`lsa, shuncha zararlidir. CHunki axloqsiz inson o`z bilimidan boshqalar va jamiyat zarariga foydalanishi mumkin va bu zarar bilimsiz kishinikidan ko`p marta ortiq bo`ladi. Buni eng kamida oddiy kissavur o`g`ri bilan komp`yuterni yaxshi bilish orqali bankni o`maradigan odamning jinoyatlari darajalari orasidagi farq misolida ko`rish mumkin. Mashhur yunon donishmandi Arastu aytganiday, “Kimki bilimda ilgarilab, axloqda oqsaydigan bo`lsa, bilingki u oldinga emas katta tezlik bilan tubanlik sari ketipti”[6][119]. Axloqning bu yuksak vazifasi nemis klassik falsafasining taniqli namoyandasi I.Kant oldinga surgan “kategorial imperativ” g`oyasida o`z ifodasini topgan edi. Dinlarda esa bu imperativ g`oya hurofiy qarashlarda aks etadi.
Axloqiy fazilatlarni tarbiyalash barcha fazilatlarning sarchashmasidir. Axloqning amaliy ko`rinishi axloqiy madaniyat hisoblanadi. Axloqiy madaniyat shaxsning olamga, voqea va hodisalarga, o`zgalarga va ularning faoliyatiga, o`z umri va uning mazmun-mohiyati kabi ko`pdan-ko`p tushunchalarga munosabati bo`lib, ularni anglashi, tushunishi va qadrlashi oqibatida o`z faolligini oshirishga e`tibor sifatida qarash nazariy jihatdan uning mazmun-mohiyatini yanada rivojlantirib boyitib borishda muhim ahamiyatga egadir. SHuning uchun, axloqiy madaniyat va shaxs faolligini mustaqillik bergan imkoniyat va sharoitlarni e`tiborga olib, o`rganib chiqish kelajagi buyuk davlatning etuk insonlarini tarbiyalashda alohida o`rin tutadi.


Download 71.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling