1. bob. Axloqiy munosabatlarning globallashuvi insoniyat evolyutsiyasining qonuniyati sifatida
Globallashuv jarayonida tahdidlar masalasiga to'xtaladigan bo'lsak, u barcha sohalarda bo'lgani kabi ma'naviyatga ham o'z ta'sirini o'tkazmoqda
Download 71.86 Kb.
|
Internatsional oilalarda madaniy an’analarning shaxslararo munosabatlarga ta’siri
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.3.Umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik, vatanparvarlik, milliy o‘zlikni anglash, o‘z imkoniyatlarini erkin namoyon etish masalalari.
Globallashuv jarayonida tahdidlar masalasiga to'xtaladigan bo'lsak, u barcha sohalarda bo'lgani kabi ma'naviyatga ham o'z ta'sirini o'tkazmoqda.
Avvalo, globallashuv – bu ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy jarayondir. Shuningdek, xalqlarning madaniyatiga kuchli ta'sir etuvchi hodisa sifatida o'rganiladi. U dunyoda iqtisodiy integratsiyaning ijobiy omili va milliy iqtisodiyotning natijali o'zgarishga ko'makchi sifatida qabul qilingan. Ammo, dunyoda axborot almashinuvining o'sishi bilan u madaniyat, ilm-fan sohasiga ham kirib keldi. Natijada millat madaniyatiga ta'sir etuvchi ma'naviy tahdidlar insoniyat oldiga yangi muammolarni keltirib chiqaradi. Chetdan kirib kelayotgan, mamlakatimiz fuqarolari, ayniqsa, yoshlar ongini individualizm, egotsentrizm g'oyalari bilan zaharlovchi ushbu ma'naviy-mafkuraviy tahdidlarga qarshi turishimiz zarur. Bebaho boyligimiz milliy ma'naviyatimiz va qadriyatlarimizga hurmat ruhini shakllantirgan holda ma'naviy tahdidlarni oldini olishga erishishimiz mumkin. Ma'naviyat haqida gap ketganda, shuni alohida ta'kidlash lozimki, u eng avvalo, millatni, milliy madaniyatni, milliy turmush tarzini muhofaza qiladi. Shunday ekan globallashuv jarayonida mamlakat milliy madaniyatiga rahna soluvchi ma'naviy-mafkuraviy tahdidlarni oldini olishda insonlarni yuksak ma'naviyatli bo'lishi muhim omil hisoblanadi. Buning uchun jamiyatda ma'naviy-mafkuraviy ishlarni zamon talablari asosida tashkil etish zarur. Ya'ni, birinchidan, mamlakat kelajagi bo'lmish yoshlarni turli mafkuraviy tahdidlardan himoya qilish; ikkinchidan, manaviy tahdidlarni aynan nimaga qaratilganligini har tomonlama anglab yetish; uchinchidan, atrofimizda yuz berayotgan voqea-hodisalarga befarq bo'lmasdan, dahldorlik hissini oshirish. 1.3.Umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik, vatanparvarlik, milliy o‘zlikni anglash, o‘z imkoniyatlarini erkin namoyon etish masalalari. Bugungi kunda inson ma'naviyatiga qarshi yo'naltirilgan, bir qarashda arzimas bo'lib tuyuladigan kichkina xabar ham axborot olamidagi globallashuv shiddatidan kuch olib, ko'zga ko'rinmaydigan lekin zararini hech narsa bilan o'lchab bo'lmaydigan ziyon yetkazishi mumkin. Jumladan, ma'naviy tahdidlarning bir ko'rinishi bo'lgan "ommaviy madaniyat" niqobidagi tazyiqlarning yoshlar ongiga ta'siri mamlakat taraqqiyoti uchun xavf soladi. Ayniqsa, voyaga yetmagan bolalarning turli internet klublarida o'tirishlari va pornografik saytlarga kirishlari, mobil telefonlardan noto'g'ri foydalanib, behayo film va suratlar olib yurishlari, bularning barchasi inson ma'naviy kamolotiga ulkan zarar keltiradi. Bugungi kunda jamiyatimizda kechayotgan bunday jarayonlarda e'tiborli bo'lish, yoshlarni to'g'ri yo'lga boshlash lozim. Bunda: – ularda, turli xildagi ma'naviy tahdidlarga qarshi immunitetni shakllantirish; – yoshlarni ma'naviy merosimiz namunalari bilan muntazam ravishda tanishtirib borish; – yosh bolalarga mobil telefonlar va kompyuter o'yinlarining inson sog'ligi, ma'naviyati, ongiga yetkazadigan salbiy ta'sirlari haqida tushuntirish ishlari olib borish lozim. Shundagina biz yoshlarimizni, shu bilan birga xalqimizni har qanday yovuz kuchlar va ma'naviy tahdidlar to'fonidan omon saqlaymiz, ular qalbida yurtga sadoqat, vatanga muhabbat tuyg`ularini shakllantira olamiz. XX asrning ikkinchi yarmida insonning ajralmas huquqlarini ta’minlash va himoya qilish muammosi global xususiyat kasb etdi va ayniqsa so‘nggi paytlarda eng o‘tkir va dolzarb muammolardan biriga aylandi. Shunga muvofiq inson huquqlari bilan bog‘liq ilmiy masalalar siyosatshunoslik fani turli sohalarida o‘rganilmoqda. Bugungi kundagi qarashlarning o‘ziga xosligi shundaki, ularda insonning ajralmas huquqlari bilan bog‘liq me’yorlar G‘arb dunyosi va boshqa xalqlarning madaniy qadriyatlari va me’yorlarini sintez qilish, hozirgi zamon dunyosidagi turfa madaniyatlar o‘rtasidagi farqlarni anglash orqali qayta ko‘rib chiqishga intilish ko‘zga tashlanadi. Masalan, Admanta Polis va Piter Shvablarning fikricha hozirda amal qilayotgan inson huquqlari me’yorlari majmuasida g‘arbona individualizmga ko‘proq e’tibor qaratilgan va ayni paytda boshqa ko‘pchilik madaniyatlarning qadriyatlari tizimida muhim o‘rin tutgan jamoaviylik tamoyili etarli darajada o‘z ifodasini topmagan. A.Pollis hozirgi zamon “universalizmi jamoaviylikni e’tibordan qochirayotgani” va “milliy manfaatning individual erkinliklardan ustuvor bo‘lishi va ularni o‘z doirasiga olish” imkoniyatlarini unutayotgani haqida gapiradi. Uning fikricha, G‘arbdan tashqari madaniyatlarda “shaxsiy avtonomiya doirasi”ning o‘z chagaralari belgilangan va “Inson huquqlari to‘g‘risi”gi Xalqaro Bill qayta ishlanish jarayonida bu hisobga olinishi kerak. Inson huquqlari me’yorlarini belgilashda huquqning ma’naviy va axloqiy jihatlari tobora ko‘proq o‘rin egallab bormoqda. Inson huquqlari mazmun doirasiga “talab” va “majburiyat” tushunchalari kiritilmoqda. Bu tushunchalarning konseptual aloqadorligi inson huquqlarining bosh tarkibiy asoslarini aniqroq idrok etilayotganidan dalolat beradi. Ma’naviy tamoyil inson huquqlarining asosini tashkil etib, u insonning mustaqil tanlagan maqsadga erishish yo‘lidagi faoliyatida erkinlik va farovonlikka bo‘lgan teng huquqini belgilaydi. Shu ma’noda inson huquqlari nafaqat yuridik, balki ma’naviy-axloqiy me’yorlar sifatida namoyon bo‘ladi. Global hamjamiyat miqyosida ajralmas inson huquqlarini himoya qilish esa, o‘z navbatida, jahon xamjamiyati talablarini tan oladigan va ajro etadigan odamlarning ishonchini qozonish va ijtimoiy yakdilligini ta’minlash zaruriyatini keltirib chiqaradi. Global muloqot jarayonida sub’ektlar xatti-harakatini tartibga solish muammosini hal etish hayotiy zaruratga aylanmoqdaki, bu ma’naviy-axloqiy an’analarning hamda inson huquqlarini ularning tarkibiy qismlari bo‘lmish huquq va majburiyatlarining ajralmas birligi sifatida to‘g‘ri idrok etishning ahamiyatini oshiradi. Bugungi kunda ma’naviy-axloqiy me’yor va an’analar hamda majburiyatlar inson huquqlarining ajralmas qismi sifatida “inson va jamiyat” tizimidagi global muammolarni echishda hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligi e’tirof etilmoqda. “Inson va jamiyat” tizimi bilan ijtimoiy barqarorlikni, turli madaniyatlarni rivojlantirish va ularning o‘zaro aloqalarini ta’minlash kabi masalalar chambarchas bog‘liq. Bu masalaning yechimi ko‘p jihatdan ijtimoiy adolatni qaror toptirish muammosi bilan bog‘langan. Xususan, so‘nggi paytlarda milliy-etnik ko‘rinishidagi ziddiyat va to‘qnashuvlarning vujudga kelishi xavfi oshib bormoqda. Ayrim olim va siyosatshunoslarning kelajakda G‘arb va Sharq tamaddunlari yoki Nasroniy va Islom dunyolari o‘rtasidagi ziddiyatlarning kuchayishi haqidagi taxminlari, jumladan, S.Xantingtonning keng aks-sado uyg‘otgan, XXI asr turli madaniyatlar o‘rtasidagi tamaddunlar to‘qnashuvi asri bo‘lishi mumkinligi haqidagi fikrlari ana shu vaziyatni taxlil etish asnosida paydo bo‘lgan. Jahon olimlari tomonidan bu borada izlanishlar olib borilmoqda va turli fikrlar bildirilmoqda. Xususan, Jon Tomasi fikricha, bugungi kunda liberal hokimiyatning siyosiy tizimlari barqarorligi xukumat tomonidan ijtimoiy munosabatlarda demokratik adolat tamoyillarining qaror topishini qay darajada ta’minlashiga bog‘liq. Bunda jamiyat a’zolari o‘z turmush tarzi va hayot haqidagi tasavvurlariga tayanib yashash huquqiga ega bo‘lib, bir paytning o‘zida bir-biriga o‘z tanlagan hayot tarzini kuch ishlatish yo‘li bilan majburan qabul qildirish huquqiga ega bo‘lmaydi. Shu ma’noda axloqiy liberalizm asosini shaxs ma’naviyati konsepsiyasi tashkil etadi. O‘z mohiyatiga ko‘ra bu mikrosiyosiy konsepsiya bo‘lib, unda markaziy o‘rnini hokimiyat institutlari emas, shaxsning o‘zi egallaydi. L iberal qonunlashtirish liberal ijtimoiy adolat tamoyillarini qabul qilgan fuqarolarning siyosiy qarashlariga tayanadi, ammo shaxsning aslida bu muammoga bo‘lgan munosabatlarning ancha murakkab tabiati e’tiborsiz qoldiriladi. Biroq “global dunyo rivoji amalda fuqarolarning siyosiy tasavvur va afzal ko‘rgan qarashlarini hisobga olgan siyosiy amaliyot o‘z holicha etarli emasligini ko‘rsatmoqda va bu yo‘nalishdagi davlat siyosati alohida olingan shaxs yoki muayyan ijtimoiy-siyosiy, diniy, etnik va boshqa guruhlar tomonidan to‘g‘ri qabul qilinishiga kafolat bera olmaydi”. Albatta, ijtimoiy adolat borasidagi liberal nazariyalarning asoslanganligi darajasiga va amalda tadbiq etish mumkinligiga tanqidiy munosabat bildirish mumkin. Ammo qayd etish lozimki, zamon ruhiga muvofiq muammoni hal etishda yangicha yondoshuvlarning paydo bo‘lishi diqqatga sazovor. Zero bunday izlanishlar inson va jamiyat hayotining siyosiy va ijtimoiy – madaniy sohalaridagi globallashuv jarayonlari keltirib chiqarayotgan tahdidlarga munosib javob topish, ularning ta’sirini kamaytirish va dunyodagi barqarorlikni saqlash imkoniyatini oshiradi. Madaniy rang-baranglik g‘oyasiga liberal yondoshuv multimadaniy demokratiya konsepsiyasida o‘z aksini topgan. Masalan, Charlz Teylor liberal demokratik tizimlar fuqarolarning madaniy o‘ziga xosligi nuqtai nazaridan rang-baranglashib borayotganini qayd etadi. Bunday sharoitda siyosiy tizimning qonuniyligi va yashovchanligi muayyan darajada jamiyatning birligi va yaxlitligini ta’minlash muammosini hal etilishiga bog‘liq. Uning to‘g‘ri ta’qidlashicha, bunday yaxlit fundamental asosi bo‘lmagan jamiyatda fuqarolarning ijtimoiy – siyosiy hayotdagi demokratik ishtirokini ham, fuqarolarning teng huquqliligini ham ta’minlab bo‘lmaydi. Zero, Prezident Islom Karimov qayd etganidek: “Hozirgi zamonning hal qilinishi mushkul bo‘lgan muammolaridan biri ham aynan shu masalaga borib taqaladi. Jahonda yashayotgan etnoslarning ko‘pchiligi o‘z milliy davlatchiligiga ega emas. Dunyo siyosiy xaritasida atigi ikki yuzga yaqin davlat borligi ham buning dalilidir”. Mazkur muammoni hal etilishi uchun demokratik hokimiyat fuqarolarni umumiy maqsad atrofida birlashtirish siyosatini olib borishi va bir paytning o‘zida madaniyatlar rang-barangligining muqarrarligini tan olishi zarur. Xulosa Hozirgi kunda mul timadaniy yondashuv tarafdorlari soni ortib bormoqda. Ular qatorida jahon siyosatshunosligi ilmida tanilgan B.Parek, Chyu Kukutas, Uil Kimlik, Chyu Teylor, J.Talli, A.Yang kabi turli mamlakat olimlarini tilga olish mumkin. Multimadaniy ijtimoiy tizimlar faoliyatining samaradorligi, rus olimi T.V. Musienkoning fikricha, quyidagi asosiy muammolarini to‘g‘ri hal etishiga bog‘liq: birinchisi-adolat masalasiga oid bo‘lib, uning mohiyatini liberal jamiyatlar ozchilikni tashkil etgan madaniy guruhlar talablarini muvofiqlashtirish maqsadida siyosat fuqarolarning tenghuquqliligi borasidagi liberal me’yorlardan og‘ishi mumkinligi darajasini to‘g‘ri belgilash; ikkinchisi-jamiyatning totuvligi va birligi masalasi bo‘lib, unga muvofiq turli madaniyatlarga bo‘lgan hurmat tamoyili amal qiladigan darajani hamda jamiyatning siyosiy birligini saqlash maqsadida uni chegaralash me’yorini aniqlash. Qayd etish lozimki, O‘zbekiston mustaqilligining dastlabki kunlaridan boshlab mazkur muammoni hal etish chora-tadbirlari ko‘rildi. Turli millat va elatlarga mansub mamlakat fuqarolarining konstitusiyaviy huquq va erkinliklari ta’minlandi, millatlararo tenglik va o‘zaro hamkorlik hayotiy –amaliy sifat kasb etdi, O‘zbekiston fuqarolarini, ularning millati va e’tiqodidan qat’iy nazar, yagona maqsad atrofida jipslashtirishga qaratilgan milliy g‘oya shakllantirildi. Xullas, hozirgi globallashuv jarayonlari ta’sirida zamondagi ijtimoiy-madaniy holat milliy madaniyat, an’ana va qadriyatlar saqlangan holda jahon hamjamiyati rivojining yangi tipdagi ma’naviy asoslarini yaratishni talab qilmoqda. Bunda universal umuminsoniy ma’naviy qadriyatlar tizimini milliy qadriyatlar bilan uyg‘unlashtirish benihoya muhim ahamiyat kasb etadi. Download 71.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling