1. bob. Axloqiy munosabatlarning globallashuvi insoniyat evolyutsiyasining qonuniyati sifatida
BOB. Sivilizatsiyaning axloqiy mezonlari tegishli ijtimoiy munosabatlar
Download 71.86 Kb.
|
Internatsional oilalarda madaniy an’analarning shaxslararo munosabatlarga ta’siri
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Madaniyat ruh, intellekt va vujud (tana) orasida uyg`unlikka erishuv demakdir
2. BOB. Sivilizatsiyaning axloqiy mezonlari tegishli ijtimoiy munosabatlar
2.1. Shaxs va jamiyatning tabiat ustidan hukmronlik qilish ko`rsatkichi Sivilizatsiyaning axloqiy mezonlari tegishli ijtimoiy munosabatlar bilan bog`liq ekani ta`kidlanadi. Ijtimoiy munosabatlarning o`zgarishi dunyoqarash printsiplari ham, u bilan bog`liq axloqiy mezonlarning o`zgarishiga olib keladi deb uqtiriladi. Masalan, sivilizatsiya shakllanishining ilk davrlarida ruhoniylardan tashkil topgan ierarxiya qatlamidan, ehromlar, muqaddas davlatchilik urflari, jamiyatni bu dunyodan, tabiatdan yuqori turuvchi olam tomonidan boshqarilishi haqidagi tasavvurlardan kelib chiqadigan tashkillanish strukturalari intizomi kabilar. Sivilizatsiyaning keyingi yuqoriroq bosqichlarida esa ma`lumotli yuqori qatlam tomonidan maxsus tartibga solingan axloqiy meyorlar ishlab chiqiladi. Jamiyat strukturasida sodir bo`lgan yangi o`zgarishlar natijastda yangi axloqiy qadriyatlar yaratiladi. “Madaniyat” tushunchasining Sharq va G`arbdagi talqinlariga kirishar ekanmiz, avvalo madaniyatshunoslikka bag`ishlangan maxsus ishlarda lotincha lug`aviy ma`nosi “ishlov berish”ni anglatuvchi bu tushunchaning 1000 ga yaqin ta`rifi mavjudligini ta`kiblab o`tishimiz joiz. Ushbu talqinlar labirintida adashib qolmaslik uchun esa avvalo ularning birqancha tiplari mavjudligiga e`tibor berish kerak. Ular quyidagicha: 1. Tavsifiy talqin. Ushbu talqinda madaniyat tushunchasi inson faoliyatining barcha xillarini, ularning turli namunalarini o`z ichiga oladi: turli tillar, kitoblar, tasviriy san`at asarlari, urf-odatlar, dinlar. 2. Tarixiy talqin. Bu talqinda madaniyat deyilganda insoniyat tomonidan yaratilgan barcha narsa va hodisalar, ya`ni sun`iy tabiat nazarda tutiladi. 3. Normativ talqin. Bunda madaniyat qadriyatlar majmuasidan iborat bo`ladi. 4. Mafkuraviy talqin. Bunda madaniyat avloddan avlodga o`tib keladigan g`oyalar oqimini tashkil etadi. Va ho kazo. Madaniyat talqinlarining bunchalar ko`pligi ushbu hodisaning juda murakkabligini bildiradi. Yuqoridagi talqinlar tipologiyasida shu murakkab hodisaning muayyan biron tomoni oldinga surilgan, umumiy va yagona talqin esa yo`q. Falsafaning vazifasi shu talqinlar orasidan eng umumiy va to`g`risini ajratib ko`rsatishdan iborat. Lekin, yuqorida ko`rganimizday, hozirgi davr falsafasining krizis xolatida ekani uning bu vazifasiga tayanish qiyinligini ko`rsatadi. Shunga qaramay, bu borada falsafiy tafakkurda oldinga surilayotgan asosiy g`oyalarni iloji boricha chuqurroq tahrir etib, ular orasidan o`z yondoshuvimizni ajratib olishga harakat qilish joiz va zarur. Avvalo, Rossiyada nashr etilgan “Eng yangi falsafiy lug`at”da berilgan ta`rifga to`xtalamiz. “Madaniyat, - deyiladi unda, - ijtimoiy hayotning barcha asosiy tomonlarini qayta ishlash va o`zgartirish uchun sharoit bo`lib xizmat qiladigan, biologiyaviy jarayonlardan yuqori bo`lgan, tarixan rivojlanib boradigan insoniy faoliyat va aloqalarning dasturiy tizimidir. Madaniyat binosini (korpusini) tashkil etadigan faoliyat, xatti-harakat va aloqa dasturlari turli xildagi shakllar rang-barangligida namoyon bo`ladi: bilim, ko`nikmalar, norma va ideallar, faoliyat va xatti harakat namunalari, g`oyalar va farazlar, ishonch va e`tiqod shakllari, ijtimoiy maqsad va mo`ljallar va h.k. SHularning hammasi birgalikda va o`zgaruvchanlikda tarixan to`plab (jamlab) boriladigan ijtimoiy tajribani tashkil etadi. Madaniyat faoliyat, xatti-xarakat va odamlar orasidagi aloqalar dasturlarini o`ziga jo etadi, ularni avloddan avlodga uzatadi (translyatsiya qiladi) va yangilab turadi “.[8][121] Ushbu ta`rifning asosiy kamchiligi, bizningcha, avvalo uning juda murakkabligi, mavhumligi, nokonkretligidadir va cheklanganidadir. Zero, unda madaniyatning ijtimoiy hodisa sifatidagi barcha ikir-chikirlari sanab o`tilgan esada (ta`rifni murakkablashtirgan jihat), uning eng muhim, zaruriy belgisi (xarakteristikasi) - inson faoliyatini va xatti-harakatlarini yo`naltiruvchi vazifasi mutlaqo nazardan soqit qilingan. Madaniyatga ayni shunday, cheklangan yondoshuv aslida, nafaqat sobiq sovet madaniyatining, balki butun hozirgi davr G`arb madaniyatining krizisi asosida yotgan asosiy faktordir. Zero, bu qarash ayni G`arb dunyoqarashida shu kungacha madaniyatga XU11- XU111 asr marifatparvarlik davrida shakllangan shaxs va jamiyatning tabiat ustidan hukmronlik qilish ko`rsatkichi sifatida qarashning natijasidir. Tabiat ustidan hukmronlik qilish imkonini beradigan asosiy vosita esa shu kungacha fan va texnika bo`lib keldi. SHuning uchun ham madaniyatni G`arbcha tushunish mazmunida vijdon, haqiqat, ezgulik, mehr-oqibat, hamdardlik, fidoyilik, muhabbat, ruhiyat(ma`naviyat) kabi sof sharqona qadriyatlarga o`rin yo`q. Ular asosan dinga va o`tmish madaniyatiga ko`proq xos tushunchalarga aylangan. SHuning uchun G`arbda ma`naviy madaniyat deyilganda asosan intellektuallik, texnika va texnologiya bilan qurollanganlik nazarda tutiladi. SHundan kelib chiqib, odatda hozirgi davrda G`arbda ko`pchilik kishilar o`zlarini SHarq kishilaridan ancha madaniyatli hisoblashadi. Vaholanki, G`arbda ham ilgari madaniyatga ayni SHarqniki kabi qarash mavjud bo`lgan va shu qarashlarni saqlash va himoyalashga intilishlar hozir ham mavjud. Lekin, ilmiy dunyoqarash, fan texnika taraqqiyotining keyingi davrlari mobaynida bunday yondoshuv tobora cheklanib bordi. Shuningdek, postsovet Rossiyasida ham endilikda madaniyatga G`arbnikidan mutlaqo boshqacha yondoshuv mavjudligi diqqaga sazovor. Masalan, V.Porus madaniyatga quyidagicha ta`rif beradi. “Madaniyat - deydi U,- inson xulqu atvori, ijodi, har qanday faoliyatining bosh qoidalariga (printsiplariga) aylangan o`zini-o`zi ichdan (ruhiy, ma`naviy) tiyib (jilovlab) turishning poydevoriy tizimidir. Madaniyatli inson shunchaki qizil gap uchun emas, balki jiddiy ravishda “Men hech qachon, hech qanday sharoitda bunday (yomon, noto`g`ri) ish qila olmayman. CHunki, agar shunday ish qilsam, men odam bo`lmayman” deb ayta oladigan insondir.”” (Bu erda va ishimizning butun keyingi mazmunida “madaniyat” deyilganida asosan ma`naviy madaniyatni nazarda tutamiz.) Bu erdagi “Men hech qachon, hech qanday sharoitda bunday (yomon, noto`g`ri) ish qila olmayman. CHunki, agar shunday ish qilsam, men odam bo`lmayman” degan ibora SHarq ma`naviyatidagi “vijdon” tushunchasiga (rus tilida esa “sovest`”ga ) to`g`ri keladi. Nemis mumtoz faylasufi I.Kant ta`limotida esa bu tushunchalar o`rniga “kategorial imperativ” degan maxsus atama ishlatilgan. Bu atama islom diniy falsafasida “shariat”, xristian diniy falsafasida “qonun”, yunon falsafasida “etika”, Xitoy falsafasida “dao” deb atalgan ta`limotlar mazmuniga kirgan asosiy tushunchalardan (kategoriyalardan) biridir. Porus tomonidan berilgan ta`rif, bizningcha, ancha tolerant va, ayni paytda, konkretroqdir. SHuningdek, bunda inson xatti-harakatlarini yo`naltiruvchi faktor ham mavjudligi diqqatga sazovor. Bu faktor V.Porusda “vijdon”ga, I.Kantda esa “qalb (yurak) qonuni”ga to`g`ri keladi. Mashhur nemis faylasufi yurakdan chiqarib aytgan “Qancha ko`p va uzoq o`ylasam, har safar qalbimni shuncha ko`p va avvalgidan kuchliroq hayrat va ehtirom bilan to`ldiruvchi ikki narsa bor: biri boshim uzra yulduzli osmon, ikkinchisi qalbimdagi axloq qonuni”[10][123] degan gapi ayni shu haqidadir. U o`z qalbidagi shu axloq qonunini lotincha “imperativ” tushunchasi bilan ifodalagan edi. “Imperativ” tushunchasi “hukmronlik qiluvchi” degan ma`noni anglatadi. Bu bilan faylasuf o`z qalbidagi vijdon uning hukmdori, hatti-harakatlarini yo`naltiruvchi kuch ekanini ta`kidlaydi. Kantning “yulduzli osmon” dan hayratlanishi esa uning bu olam naqadar buyukligidan, uning yaralishi hikmatidan hamisha lol qolishini ifodalaydi. SHunday qilib, I.Kantning “kategorial imperativi”, har bir inson xulqu atvorini ichdan (yurakdan) yo`naltirib, belgilab, nazorat qilib turadigan qonun sifatida namoyon bo`ladi va u individ madaniyatining asosini tashkil etadi. Biz madaniyatning yuqoridagi ikki (Kant va Porus) ta`rifi ham to`g`riligini tan olganimiz holda oldimizda turgan maqsadni amalga oshirish uchun uni yanada ham to`liqroq, kengroq va tushunarliroq qilish mumkin va kerak deb o`ylaymiz. Bizningcha, madaniyat inson va insoniyat hayotining ma`no va maqsadini to`g`ri ko`rsatib bera oladigan hamda uning faoliyatini shunga muvofiq yo`naltira oladigan g`oyalar, tasavvurlar va his-tuyg`ularning organik birligidan iboratdir. Ushbu ta`rifning afzalligi shundaki, unda avvalo hayotning ma`nosini belgilab beradigan faktor nimalardan iboratligi konkret ko`rsatadi.[11][124] To`liqroqligi shundaki, unda madaniyatning boshqa odatiy ta`riflarida hisobga olinmaydigan muhim faktor - his-tuyg`ularga ham e`tibor qaratildi. Bunda biz insoniyat dunyoqarashning eng teran asosi bo`lgan ezoterik ta`limotlarda his-tuyg`ular, ayniqsa fidoyi (beminnat, pok) muhabbat (ishq) tuyg`usi harqanday bilim yoki g`oyadan muhimroq o`rin egallashini hisobga oldik. Ta`rifning kengligi esa shundaki, u nafaqat individga, balki butun insoniyatga nisbatan keltirildi. Ta`rifning kengligi esa biz tahlil etmoqchi bo`lgan asosiy mavzu, ya`ni “globallashuv davri insoniyat hayotining ma`nosi muammosi”ni yoritish ehtiyojidan kelib chiqdi. Lekin shuni alohida ta`kidlash joizki, hozirgi davr SHarq falsafasida biz bergan ta`rifdan chuqurroq va konkretroq yondoshuv ham mavjud. Bu yondoshuv Hind ezoterik faylasufi Aurobindo Gxoshga tegishli bo`lib, uning uqtirishicha, “Madaniyat ruh, intellekt va vujud (tana) orasida uyg`unlikka erishuv demakdir.” Bunda madaniyat insonni tashkil etuvchi uch asosiy jihat - vujud, aql va ruh - uyg`unlashuvining mezoni (kriteriysi) sifatida maydonga chiqadi. Ushbu ta`rifning biznikidan ustunligi shundaki, unda inson ma`naviy evolyutsiyasining uch asosiy parametri - ruh, intellekt va vujud – konkretlikda qamrab olingan va ular orasidagi uyg`unlik sharti alohida uqtirilgan . SHuning uchun ta`rif mutloq to`liqlik va konkretlik kasb etgan. Bu ta`rif ruhiy jihatga e`tibor qaratilgani bilan madaniyatga G`arbcha yondoshuvlardan farqlanadi. Ayni shunga ko`ra bu ta`rif umuman Sharq madaniyati bilan va, xususan, o`zimizning teran va buyuk milliy ma`naviy qadriyatlarimiz bo`lgan tasavvuf ta`limoti bilan uzviy va uyg`un. Ammo bizning Yevropalashgan (g`arblashgan, moddiyunlashgan) hozirgi (postsovet davridagi) ongimiz umuman olganda uni teran qabul qilishga xali yaxshi tayyor emas. Zero unda biz bilmagan “ruh” tushunchasi fundamental kategoriyalardan biri sifatida qatnashmoqda. SHuning uchun madaniyatni tushunishning dastlabki bosqichida biz keltirgan ta`rifdan foydalanish qulayroq. Lekin bu ikki ta`rif uchun umumiy bo`lgan bir g`oya bor. Bu ularning ikkisida ham madaniyatning teran ildizi, inson hayotining qandaydir oliy ma`no-mohiyati mavjudligi haqidagi g`oyadir. Lekin, agar biz “ruh” nimaligini tasavvur eta olsak , u holda A.Gxoshning ta`rifi biznikidan ancha teran, to`liq va konkretligi ma`lum bo`ladi. SHuning uchun mazkur ishimizning navbatdagi boblarida “ruh” tushunchasiga oydinlik kiritishga urinib ko`ramiz. SHunda o`z ta`rifimizni A.Gxoshniki bilan almashtirishimiz ham mumkin bo`ladi. Hozircha biz “ruh” madaniyatning abadiyatga dahldor aspekti ekanini ta`kidlab o`tish va ayni shuning uchun ham ruhiyatga tayangan madaniyat va tsivilizatsiya vayron bo`lmasligini ta`kidlash bilangina cheklanamiz. To`g`ri, G`arb mutafakkirlari orasida ham madaniyatning tub asosini ruh, ruhiyat tashkil etishi haqidagi fikrlarni oldinga surganlar bo`lgan. Masalan, nemis faylasufi V.fon-Gumbol`dt madaniyatni tarixda amal qiluvchi xalq “ruhi” deb qaragan, uni xalqni organik bir butun sifatida tashkillaydigan jihat sifatida talqin etgan. Uning “Tarixiy bilish” nazariyasiga ko`ra jahon tarixi inson bilimlaridan yuqori turuvchi ruhiy kuch faoliyatining natijasidir, shuning uchun bu kuchni sababiylik nuqtai nazaridan tushunish mumkin emas. “Men o`z qalbimda tug`iladigan har bir hodisa yagona bir kuchning nuzuloti bo`lib, bir butunlik tashkil etishini va har bir ayrim deb qaraladigan narsa ayni shu kuch bilan yo`g`rilgan kabi shu kuchning belgilariga ega bo`lishi kerakligini chuqur his etaman”, - degan edi Gumbol`dt.[14][127] Vaholanki, bu fikrlar tasavvuf ta`limotining “Vahdati vujud” haqidagi ta`limoti bilan uyg`un. Nemis falsafasida Gyote, SHelling kabilar ham Gumbol`dtniki kabi g`oyalarni oldinga surganlar. Lekin, G`arb falsafiy tafakkurida bu g`oyalar, tasavvuf yoki boshqa SHarq ta`limotlaridagi kabi ommalashgan emas, balki juda noyob hodisalar edi. SHuning uchun ham G`arbda tez orada ratsionalizm tamoyili g`alaba qildi va uning asosida fan va texnologiya gurkirab rivojlandi. Xatto Gegelning “Mutloq ruh”ni ulug`lagan idealistik falsafasi ham ratsionalistik xarakterdagi falsafa edi. Buning uchun uning ta`limoti keyinchalik, XX asr o`rtalarida “panlogizm” deya talqin etildi. SHuning uchun XX asr G`arb falsafasida ham “ruh” tushunchasi xatto butkul iste`moldan ham chiqib ketishga ulgurgan edi. SHuning uchun ham bu davr qomusiy lug`atlarida ruh, jon, qalb kabi tushunchalar xatto uchramaydi. Buning asosiy sababi shundaki, bu davrga kelib dunyoni ilmiy manzarasida ham, butun insoniyat borlig`ida ham juda katta, global o`zgarishlar sodir bo`ldi va global muammolar yuzaga chiqdi. Fan mikroolam va makroolamni bilishda katta marralarga erishdi va bu uning tabiat ustidan behad hukmronligini ta`minlaydigan texnologiyalarni yaratishiga olib keldi. Buning natijasida insoniyat makondagi cheklanish doirasidan ancha tashqariga chiqdi, global makonda harakatlanish imkoniyatini qo`lga kiritdi. Ikkinchi tomondan, jahon miqyosidagi iqtisodiy tizimlar (jahon bozori, xalqaro banklar, transkontinental monopoliyalar) tashkil topdi; ayrim mamlakatlarda bo`layotgan ishlardan butun dunyoni xabardor qiladigan global informatsiya (axborot) tarmog`i vujudga keldi (informatsion cheklanish barham topdi); ko`p mamlakatlar birgalikda echishi mumkin bo`lgan ekologik muammolar yuzaga chiqdi; bir emas, bir necha o`nlab xalqlar va davlatlarni qamrab oladigan, odamlarni mislsiz qirilishiga olib kela oladigan jahon urushlari chiqishi xavfi tug`ildi va h.k. Fan va texnika taraqqiyoti avvallari inson jismoniy quvvatlarini kuchaytigan vositalarni ishlab chiqqan bo`lsa, endilikda uning intellektual qobiliyatlarini kuchaytiradigan vositalar ishlab chiqildi. Shu jarayonning oqibati o`laroq endilikda G`arb falsafasida madaniyatning ikki tipi – ommaviy va elitar madaniyat bir-biridan keskin ajratiladi. Ammo ommaviy va elitar madaniyatni xalq madaniyatidan va milliy madaniyatdan farqlash zarur. Halq madaniyati (ingliz tilida “fol`klor”) deyilganida odatda madaniyatning o`z ildizlari bilan xalq o`tmish tarixi bilan tutashib ketadigan, o`tmishda shakllangan qadriyatlarga tayanadigan, milliy xarakterni aks ettiradigan jihati nazarda tutiladi. Xalq madaniyatining o`ziga xosligi uni yaratgan konkret mualliflarning yo`qligida, ularning rivoyat (mif), asotir, afsona, epos, ertak, ashuvla, raqslar, xatto latifalar, ommaviy bayram va urf odatlar tarzida namoyon bo`ladi. Xalq madaniyati an`anaviyligi (traditsiyaviyligi), jamoaviyligi, teran ildiz otgani va barqarorligi bilan xarakterlidir. Download 71.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling