1-bob. “Buxgalteriya hisobi” faniga kirish


 Xo‘jalik hisobi to‘g‘risida tushuncha va uning turlari


Download 0.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/16
Sana20.02.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1215508
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Buxgalteriya hisobi faninig predmeti va usullari.

1.2. Xo‘jalik hisobi to‘g‘risida tushuncha va uning turlari
1.1-rasm. Xo‘jalik hisobining turlari
Xo‘jalik hisobi turlarini qaysi biridan foydalanish birinchi 
navbatda amalga oshirilayotgan iqtisodiy jarayonni o‘rganish va
9


kuzatish muddatlariga bog‘liq bo‘lsa, ikkinchidan ma’lumotlami ya’ni, 
o'tkazilgan kuzatish natijalarini umumlashtirish tartibiga ham bog‘liqdir.
O pcrativ (tezkor) hisob. Korxonalarda ishlab chiqarishni tezkor 
boshqarish maqsadlarida yuritiladi. Operativ (tezkor) hisob muomala 
sodir bo‘layotgan joyning o‘zida va biror-bir xo‘jalik operatsiyasini 
sodir etish paytida yuritiladi. Bu hisobning korxona va uning tarkibiy 
bo‘linmalariga joriy rahbarlik qilish maqsadida ma’lumotlami tezkor 
ravishda olish va ulardan foydalanish uning farq qiladigan belgisi 
hisoblanadi. Hisobning bu turini tashkil qilish, yuritish uchun maxsus 
yo‘riqnoma talab qilinmaydi.
Tezkor hisobning o‘ziga xos xususiyatlaridan yana biri ma’lumotni 
tezda yig‘ilishi va yetkazilishidir. Nazoratning tezkorligini ta’minlash 
uchun xo‘jalik operatsiyalarining borishi haqidagi axborotni tezroq olish 
kerak bo‘ladi. Shuning uchun tezkor hisobning ma’lumotlari iloji 
boricha osonroq yo‘l bilan qayd qilinishi mumkin. Ulami bevosita 
kuzatish yo‘li bilan telefon, faks, telegraf, og‘zaki yoki hujjatlar orqali 
yetkaziladi.
Tezkor hisobning ma’lumotlaridan mutloq aniqlik talab etilmaydi
chunki ulaming asosiy vazifasi - kuzatilayotgan obyektlarda sodir 
bo‘layotgan o‘zgarishlami tezlik bilan xabar qilishdir. Shuning uchun 
amaliyotda tezkor hisobdan faqat taxminiy axborotni olish bilan 
kifoyalanadilar. Tezkor axborot yordamida - menejerlar ishlab chiqarish, 
foyda bo‘yicha topshiriqni bajarilishining borishi, korxonani ta’minlash 
va mahsulot realizatsiyasi bo‘yicha topshiriqlaming bajarilishi, tovar 
moddiy qiymatliklar zaxirasining darajasi hamda boshqa korxonalar, 
tashkilotlar, muassasalar bilan hisob-kitoblaming holati hamda borishi 
haqidagi ma’lumotlami olishda foydalanishadi.
Tezkor hisobning ba’zi ma’lumotlaridan faqat korxonaning 
tarkibiy qismidagina foydalanilmay, ularni boshqaruvchi organlarda 
ham foydalaniladi. Bunday ma’lumotlar umumlashtirilib, ichki tezkor 
hisobot tarkibiga kiritilishi mumkin. Tezkor hisobotning ko‘rsatkichlari 
ayrim tarmoqlar va butun iqtisodiyot miqyosida tegishli jarayonlami
10


borishi ustidan kuzatish hamda axborotni umumlashtirish uchun xizmat 
qiladi.
Tezkor hisobning ma’lumotlari ulardan keyinchalik foydalanishda 
buxgalteriya yoki statistika hisobida qayta ishlanadi.

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling