1-bob. “Buxgalteriya hisobi” faniga kirish


Mulkning butligini ta’minlash


Download 0.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/16
Sana20.02.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1215508
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Buxgalteriya hisobi faninig predmeti va usullari.

Mulkning butligini ta’minlash. Bu funksiya buxgalteriya hisobi 
tizimini takomillashtirish va uning nazorat funksiyasini kuchaytirish 
bilan chambarchas bog‘liq. Buxgalteriya hisobini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish 
mulkning butligini ta’minlash, turli xildagi yo‘qotishlar va talon- 
tarojlarning oldini olishga olib keladi. Buning uchun korxonada barcha 
shart-sharoitlarni 
yaratish 
lozim: omborxonalar
nazorat-o‘lchash 
asboblari, o‘lchash idishlari va boshqalar. Ushbu funksiyani amalga 
oshirishning asosiy omili bo‘lib, o‘z vaqtida va belgilangan tartibda 
inventarizatsiya o‘tkazish, ularning natijalarini buxgalteriya hisobida aks 
ettirish hisoblanadi.
24


Tahliliy funksiya. Ishonchli va huquqiy asoslangan axborot 
korxona moliya-xo‘jalik faoliyatini tahlil qilishda ishlatiladi. Tahlil bu 
qabul qilingan qarorlar natijasida erishilgan yutuq va kamchiliklami 
o‘rganish hamda u orqali natijalarni yanada yaxshilash maqsadida ichki- 
tashqi omillarni izlash jarayonidir.
Hisob funksiyasi korxona xo‘jalik faoliyati hujjatlar asosidagi 
yalpi, uzluksiz va o‘zaro bogdangan ifodasidir.
Asosiy va joriy aktivlar, majburiyatlar, xususiy kapital, zaxiralar, 
daromadlar va xarajatiar, foyda, zararlar hamda ularning harakati bilan 
bog‘liq xo‘jalik operatsiyalari buxgalteriya hisobining obyektlaridir. 
Buxgalteriya hisobining obyektlari jamlama schyotlarda aks ettiriladi. 
Analitik hisobni yuritish tartibi buxgalteriya hisobi subyekti tomonidan 
mustaqil ravishda belgilanadi.
Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonunga binoan, buxgalteriya 
hisobining subyektlari bo‘lib, Davlat hokimiyati va boshqaruv 
organlari, 0 ‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatga olingan yuridik 
shaxslar, ularning 0 ‘zbekiston Respublikasi hududida hamda undan 
tashqarisida joylashgan shu’ba korxonalari, filiallari, vakolatxonalari va 
boshqa tarkibiy bo‘linmalari hisoblanadi. Yuridik shaxs tashkil 
etmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslar qonun 
hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda buxgalteriya hisobini yuritadi va 
buxgalteriya (moliya) hisobotini taqdim etadi. Kichik korxonalar 20- 
sonli “Kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan soddalashtirilgan 
buxgalteriya hisobi va hisobotni tuzish tartibi to‘g‘risida” deb 
nomlangan buxgalteriya hisobining milliy standard asosida buxgalteriya 
hisobini soddalashtirilgan tartibda yuritadilar.

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling