1-bob. “Buxgalteriya hisobi” faniga kirish


k o lrsatkichlarning qiyosiyligi


Download 0.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/16
Sana20.02.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1215508
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Buxgalteriya hisobi faninig predmeti va usullari.

k o lrsatkichlarning qiyosiyligi — moliyaviy axborot foydali va 
mazmunli bo‘lishi uchun, bir hisobot davridagi axborot boshqa hisobot 
davridagisi bilan qiyoslanadigan bo‘lishi kerak. Foydalanuvchilar 
xo‘jalik 
yurituvchi 
subyekt 
moliyaviy 
hisobotni 
tayyorlashda 
Ibydalanadigan 
hisob siyosatidan
ana shu siyosatdagi 
barcha 
o'zgarishlardan va shunday o‘zgarishlaming natijalaridan xabardor 
boMishlari lozim.
19


Moliyaviy 
hisobotdagi 
betaraflik - moliyaviy hisobotda 
beriladigan axborot ishonchli bo‘lishi uchun taxminlardan mustaqil 
bo‘lishi lozim.
Hisobot davrida daromadlar bilan xarajatlarning muvofiqligi
- hisobot davrida bo‘lgan daromadlar bilan xarajatlarning muvofiqligi 
shuni anglatadiki, mazkur davrda ushbu hisobot davridagi daromadlarni 
olishga asos bo‘lgan xarajatlargina aks ettiriladi. Agar daromadlar bilan 
xarajatlarning o‘rtasida bevosita bog‘liqlikni o‘matish qiyin bo‘lsa, 
xarajatlar biron-bir taqsimlash tizimiga muvofiq bir nechta hisobot 
davrlari 
o‘rtasida taqsimlanadi. 
Bu masalan, 
bir necha yilga 
taqsimlanadigan amortizatsiya xarajatlariga taalluqlidir.
Aktivlar va majburiyatlarning haqiqiy bahosi - aktivlar va 
majburiyatlarning haqiqiy baholash qoidasi shundan iboratki, ularning 
tannarxi yoki sotib olish qiymati asosiy bahodir.
Standartlarda ko‘zda tutilgan ayrim hollarda haqiqiy baho sotib 
olish qiymatidan farq qilishi mumkin.
Tushunarlilik - hisob va moliyaviy hisobotlarda berilayotgan 
axborot foydalanuvchilarga tushunarli bo‘lishi kerak.
AhamiyatHlik - moliyaviy axborot foydalanuvchilar qarorlar 
qabul qilish jarayonida ularning ehtiyojlarini qondirish va ularga 
operatsion, moliyaviy hamda xo‘jalik faoliyatiga baho berishda 
ko‘maklashish uchun ahamiyatli bo‘lishi kerak.
Jiddiylik - agar axborotni kiritmaslik yoki noto‘gri taqdim etish 
axborotdan foydalanuvchilaming moliyaviy hisobot asosida qabul 
qilingan iqtisodiy qarorlariga ta’sir etsa, u jiddiy hisoblanadi. 
Axborotning ahamiyatiga uning mohiyati ham, shuningdek uning 
qimmati (jiddiyligi) ham ta’sir o‘tkazishi mumkin.

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling