1-боб. ИҚтисодиёт назарияси фанининг предмети ва ўрганиш усуллари


Download 1.72 Mb.
Sana27.03.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1299346
Bog'liq
23-mavzu (Shaxboz)


23-mavzu:
“AVLODLAR NAZARIYASI ”
Тошкент – 2023
“TOSHKENT MANAGEMENT COMMUNICATION” ИНСТИТУТИ ИҚТИСОДИЁТ ФАКУЛТЕТИ
_______________________
_______________________
Shiddat bilan rivojlanib borayotgan bugungi davrda lugʻatimizga yangidan-yangi ibora va jumlalar kirib kela boshladi. Shulardan biri — avlodlar nazariyasi tushunchasidir.
Bilamiz, har bir avlodning oʻziga xos dunyoqarashi, hayotga munosabati, vazifasi va taqdiri bor. Ularning bu oʻziga xosliklari oila, ijtimoiy hayot, dunyoqarash va kasb kabi turli omillar evaziga shakllanadi. Xoʻsh, avlodlar nazariyasini oʻrganish bizga nima beradi?
Rossiyalik bir guruh olimlar xulosasiga koʻra, oxirgi ikki asr avlodini besh toifaga boʻlish mumkin. Birinchisi, 1923—1943-yillarda tugʻilgan “unsiz avlod”. Ularni qish fasliga ham qiyoslashadi. Ular urush davrida tugʻilib, barcha qirgʻinbarotlar, iqtisodiy tanglik, yaqinlaridan judolik va ommaviy qatagʻonni koʻrgan. Bu avlodning maqsadi omon qolish boʻlgan, ular bir kun kelib hammasi izga tushib ketishiga umid qilib yashagan. Shuning uchun ham ularni qish fasliga qiyoslashgan. Chunki qishda sokinlik hukmron boʻladi va insonlar qahratondan keyin, albatta, bahor kelishiga ishonishgan.
Keyingi avlod 1943—1963-yillarda tugʻilganlarni oʻz ichiga oluvchi “bebi-bumerlar”, yaʼni ularning ota-onalari oilada imkon qadar koʻproq farzand koʻrishga intilishgan. Bu avlod yashagan davrda insonlarning turmush tarzi oʻnglana, gʻoyalar, qarashlar oʻzgara boshlagan. Ular bu davrda fazoni zabt etgan va shu kabi ixtirolarga hayrat bilan qaragan. Shuning uchun ham bu avlod vakillarida gʻoliblik ruhi ustun turadi. Optimizm va jamoaviy ruh ular uchun juda muhim sanaladi.
SIYOSATGA QIZIQUVCHI AVLOD Endi biz chuqurroq tahlil qilmoqchi boʻlgan asosiy uch avlodning oʻziga xos xususiyatlariga oʻtsak. X deya nomlangan avlod vakillarining tugʻilish davri 1963—1986-yillarga toʻgʻri keladi. Ularni yoz fasliga qiyos etishadi. Amerikaning “Pew” tadqiqot markazi mutaxassislari esa bu avlod davrini 13 yil deb belgilagan.
Yaʼni 1965—1979-yillar oraligʻida tugʻilgan X avlod haqida hattoki unutilgan “oʻrta bola” degan fikr ham ilgari suriladi. Ularning fikricha, bu davrda tugʻilish darajasi past boʻlgan. Lekin bugun boshqaruv rolida boʻlgan “bebi-bumer”lar yaqin yillarda oʻz oʻrnini Xchilarga boʻshatib beradi va ular kasbiy oʻsishning yuqori nuqtasiga chiqadi.
— Avlodlar nazariyasiga koʻra, har bir avlod, yaʼni X,Y va Z avlodlar oʻziga xos xususiyatga ega, — deydi OʻzDJTU dotsenti, filologiya boʻyicha falsafa fanlari doktori (PhD) Beruniy Alimov. — Masalan, X avlodni koʻproq koʻchmanchilar deyishadi. Chunki aynan ular ishtirokida dunyo boʻylab migratsiya jarayonlari bir necha barobar ortgani kuzatiladi.
Siyosiy jihatdan oʻz qarashlariga ega, jamoaviy qadriyatlar ular uchun juda muhim. Musiqani ular shunchaki madaniyat emas, balki “pop-kultura” sifatida qadrlashadi. Eng muhimi, ular ishga va oilaga jiddiy eʼtibor qaratishadi. X avlod siyosiy axborotlarni har tomonlama yaxshi koʻradi. Kundalik xalqaro hayotga va mamlakatda olib borilayotgan siyosiy-iqtisodiy islohotlarga tegishli boʻlgan xabarlar ularni koʻproq qiziqadi.
OʻZGARISHLARDAN QOCHMAYDIGAN AVLOD Kuz fasliga qiyoslanadigan Y avlod 1986—2003-yillarni oʻz ichiga oladi. Baʼzi manbalarda bu avlodga 1980—2000-yillar oraligʻida tugʻilganlar kiritiladi. Ular global inqirozdan oldin tugʻilgan va hayotdagi har qanday yangiliklar, oʻzgarishlarni xush koʻrib, turmush tarzini oʻzgartirish toʻgʻrisida bosh qotiruvchilardir
Ular iqlim oʻzgarishlariga befarq emas. Qaysi tashkilotda ishlamasin, oʻsha yerga yangi ruh olib kirishga harakat qiladi. Eng muhim jihati, ularga imkoniyat va yoʻnalish berib turilsa, kifoya. Mol-dunyoga unchalik oʻch emas. Sotib olingan qimmat gilamni oldingilardek devorga osib qoʻymaydi.
— Y avlod oʻzgarishlar tarafdori, — deydi Beruniy Alimov. — Ular uchun gʻalaba juda muhim. Biror narsani oldiga aniq maqsad qilib, unga erishmaguncha qoʻyishmaydi. Ular axborot texnologiyalariga qiziqishi bilan ham boshqalardan ajralib turadilar. Turli yangi sohalarda oʻzlarini sinab koʻrishdan tortinmaydi. Tavakkalchilik ularda kuchli.
Yaʼni oʻzidan oldingi avlod kabi “daraxt bitta joyda koʻkaradi”, deb emas, balki oʻzini har xil yangi kasblarda sinab koʻrishni odat qilgan. Hayotda oʻzgarishlarga har doim tayyor turadi. Y avlodni bugungi jamiyatda sodir boʻlayotgan oddiy, kundalik, bir qarashda joʻn oʻzgarishlar koʻproq qiziqtiradi va ana shu oʻzgarishlarning insonlar hayotidagi aksini koʻrishni xohlashadi.
Shu jihatdan ular oʻzlari qidirayotgan axborot ichidan hayotni qanday oʻzgartirish, bugungi turmush tarzini qanday qilib yana-da takomillashtirish mumkin, degan masalalarga taalluqli boʻlgan axborotlarga koʻproq ahamiyat berishadi. Ular yana siyosiy va madaniy hayotdagi voqealiklardan tashqari, sof, “suvsiz” yoki “hazmi oson” yangilik janrlariga koʻproq qiziqadi. Yirik, tahliliy maqolalarni oʻqimaydi, asosan, induvidual tarzda oʻzi uchun qiziq boʻlgan har qanday axborotni qidiradi va uni albatta topadi, oʻqiydi.
AXBOROT UMMONIGA GʻARQ BOʻLGAN AVLOD Baʼzi manbalarda 2003—2024-yillar oraligʻida, ayrim tadqiqot natijalarida esa 1995-yildan keyin tugʻilganlar deb hisoblanadigan Z avlod qish fasliga qiyoslanadi. Bu davr tugagani yoʻq va shuning uchun tugal xulosa chiqarish qiyin. Lekin, shunisi aniqki, bu avlod qadriyatlarining shakllanishi qattiq siyosiy kurashlar, hududlarni qayta boʻlib olish mashmashalari davom etayotgan hamda axborot urushi davriga toʻgʻri kelmoqda.
Эътиборларингиз учун рахмат!
Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling