1. Bob. Maktabgacha yoshdagi bolarning aqliy rivojlanishi va aqiliy tarbiya berish nazaryasi
Download 79.71 Kb.
|
MAKTABGACHA TALIM YOSHIDAGI BOLARGA AQILIY TARBIYA BERISH USUL VA METODLAr
X U L O S A
Bolani maktab ta’limga tayyorlashda, uning sogʻligini mustahkamlashda ertalab ma’lum vaqtda oʻrindan turish, ovqatlanish va uyquga yotishga aniq rioya qilsa, u qay darajada boʻlmasin asta –sekin oʻz faoliyatini boshqarishga odatlanishi, bu uni kundalik va maktab kun tartibining asosiy qoidalariga osongina koʻrinishi aniqlanadi. Bolaning kun tartibiga amal qilishi uchun asosan qat’iy nazorat lozimligi kun tartibini bajarish majburiyligiga va hyech qanday iltimoslar, ma’lum vaqtda ovqatlanmaslik hamda oʻynamaslikka sabab boʻla olmasligiga koʻnikishi lozimdir. Kun tartibida bola faoliyatining har xil turlarining almashinib tushunishi ta’minlash, bolaning har tomonlama kamol topishiga imokn berishi aniqlandi. Tadqiqot ishimiz pedagogik muammo sifatida oʻrganildi. Maktabgacha yoshdagi bolani maktabga tayyorlashda kun tartibiga rioya qilinmaslik sabablari: adabiyotlarni yetarli emasligiga, kun tartibiga rioya qilish mohiyatini tushunib yetmaslik. Tajriba –sinov ishlarimiz natijasi shuni koʻrsatdiki, sanoqli oilalardagina kun tartibiga amal qilinadi. Mashgʻulotlar va tavsiyalarimizni tartibli qoʻllash natijasida oilada bolani maktabga tayyorlashda kun tartibiga rioya qilish usullaridan foydalanish zarurligi singdirildi. Tajria sinov ishlarimizni yakunida oilada ota –onalarda bolani maktabga tayyorlash omillari, bolani maktabga tayyorlik darajasini aniqlash usullari bolani maktabga tayyorlashda kun tartibiga qoʻyilgan talablar va rioya qilish usullari haqida bilim, malaka va koʻnikmalar hosil qilindi. Maktabgacha ta’lim tashkiloti uchun tarbiyachi tayorlashda “Innovatsion ta’lim texnologiyalari va metodlari” fanining o’qitilishi muhim o’rin tutadi. Innovatsion ta’lim texnologiyalari va ilg`or horijiy tajribalar fani bo’lajak tarbiyachilarni maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyachilik faoliyatiga samarali tayyorlaydi. Ushbu fanni o`rgatish jarayonida o`quvchilarda kasbga nisbatan qat’iy barqaror qiziqish va muhabbatni uyg`otish, bolalarga g`amxo`rlik bilan munosabatda bo`lishlarini, bolalar bilan ishlashda yangi innovatsion ta’lim texnologiyalari va ilg`or horijiy tajribalar bo`yicha bilim va tushunchalariga ega bo`lishini ta'minlaydi. Bunda bo’lajak tarbiyachilar MTT tarbiyalanuvchilariga “Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yilgan Davlat talablari”, Ilk qadam” Davlat dasturi, “Bola xuquqlari to’g’risidagi konvensiya”va “Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim” bo`yicha yangi innovatsion ta’lim texnologiyalari va metodlari asosida bilim berib borishga o`rgatiladi. Dasturning maqsadi dolzarb pеdagogik muammolarning nazariy asoslarini ochib bеrish va bo`lajak tarbiyachilarni turli faoliyat jarayonida bola shaxsini rivojlantirishga erishish, jismoniy, ruhiy sog`liqlarini saqlash va mustahkamlashga, pеdagogik jarayon tamoyillari va maqsadlarini insonparvarlashtirish, dеmokratlashtirishga qaratilgan. Innovatsion ta’lim texnologiyalari va metodlari bu ta’lim shakllarini optimallashtirish maqsadida texnik vositalar, bola salohiyati hamda ularning o`zaro ta’sirini inobatga olib o`qitish va bilim o`zlashtirishining barcha jarayonlarini aniqlash, yaratish va qo`llashning tizimli metodlarini o`z ichiga oladi. Innovatsion ta’lim texnologiyalari va metodlari bu tarbiyachining ta’lim-tarbiyaviy vositalari yordamida bolalarga muayyan sharoitda va ma’lum ketma-ketlikda ta’sir ko`rsatishi va aks ta’sir maxsuli sifatida ularda oldindan belgilangan shaxs sifatlarini intensiv shakllantirishga imkon yaratadi.Tarbiyachi didaktik jarayonni amalga oshirishda o`rgatishning samarali shakllaridan foydalana olishini nazarda tutadi. Ta’kidlash joizki, davlat ta’lim standartlari bo`yicha bolalar bog`chasida innovatsion texnologiyalar nafaqat ta’lim muhiti bilan chegaralanmaydi, balki boshqaruv sohasida sifat jihatidan yangi yechimlar, xodimlar faoliyati tartibli joriy etilishi maqsadga muvofiqdir. Download 79.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling