1. Bob. Maktabgacha yoshdagi bolarning aqliy rivojlanishi va aqiliy tarbiya berish nazaryasi


Download 79.71 Kb.
bet1/11
Sana03.11.2023
Hajmi79.71 Kb.
#1743668
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
MAKTABGACHA TALIM YOSHIDAGI BOLARGA AQILIY TARBIYA BERISH USUL VA METODLAr


MUNDARIJA:


Kirish…………………………………………………………………………….3
1. Bob. Maktabgacha yoshdagi bolarning aqliy rivojlanishi va aqiliy tarbiya berish nazaryasi....................................................................................................6
1.1. Aqili tarbiya haqida tushuncha. ………………………………………6
1.2. Aqili tarbiya vazifalari. ……………………………………………….9
2. Bob. Maktabgacha yoshdagi bolarga aqliy tarbiya berish metodlari…….18
2.1 Maktabgacha yoshdagi bolarga talim berishning o’ziga xoslig. …….18
2.2 Tarbiya turlari va ularning maktabgacha yoshdagi bolar rivojlanishida ahamiyati…………………………………………………………………25
Xulosa ………………………………………………………………………….33
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati…………………………………………..35


KIRISH.
Mavzuning dolzarbligi:
Bola hayotidagi rivojlanishning juda muhim bosqichi erta va maktabgacha bo'lgan davrdir. Bolalar, ayniqsa maktabgacha yoshda bo'lgan davrda tez rivojlanadilar. Chunki bola hayotining dastlabki 6-7 yilida juda ko'p yutuqlarga erishadi! U qarashni va tinglashni, narsalarni olishni va ular bilan harakat qilishni, turishni, yurishni va boshqalarni o'rganadi. Bu vaqt ichida u o'nlab mahorat sirlarini egallaydi: sanchqi va qoshiqni tutish, qaychi, cho'tka, qalam bilan ishlash, ruchka va boshqa o'quv qurollari bilan harflar yozib, uni o'qishni, atrof muhitni kuzatish va fikr bildirish, o'zi uchun boshqa ko'plab narsalarni kashf qiladi. Tabiiy hodisalar, tovushlar, ranglar, kechagi va bugungi hayoti haqidagi xotiralari orqali juda ko'p ma'lumotni to'plab, ularni hikoya qilishni o'rganadi. U o'zini tutish qoidalari bilan tanishadi. Makon va vaqtni, raqam va harakatlarni taniydi.
Har bir bola yoshligidan aqliy jihatdan to‘g‘ri rivojlanishi uchun unga sog‘lom turmush tarzi kundalik foydali narsalarni o'rgatadigan va ijobiy tasvirlarni ularning xotirasida qoldiradigan tarbiya shartlari kerak. O'yin bolalar uchun juda muhim va aynan ular uchun juda qadrli hamdir. Agar bolaning kundalik turmush tarzida yuqorida keltirganimizdek foydali va aqlni charxlaydigan qiziqarli o‘yinlar bilan shug‘ullanmasa, u tez va yaxshi rivojlana olmaydi. Uch yoshdan katta bolalar o‘z o‘yinlarida ularni o'rab turgan odamlarning hayotini aks ettiradi. Agar biz bolalar o'yinlariga nazar tashlasak, ularning o'yinlarida ular hayotda kuzatadigan kattalarning munosabatlari, g'amxo'rliklari va tajribalarini ko'rishimiz mumkin.
Bola 5-7 yoshga to‘lgach ularning o'yinlari yanada boyib, rang-barang bo'lib boradi. O'yinni birgalikda o'ynash jarayonida ular bir-biridan ko'p narsalarni o'rganadilar. O'yin esa hayolotni, fikrlashni, yuqori insoniy tuyg'ularni, oqilona irodani, milliylikni, insonparvarlik va vatanparvarlikni, tafakkurni rivojlantiradi. O‘yin orqali o‘z tasavvurlarini namoyish etib, ular o‘zlari uchun ajoyib hayotni yaratadilar. Bolalar uchun bunday faoliyat ijodkorlik va kashfiyotlar maydoni, sevimli faoliyat turi. Ular uchun bu ajralmas va eng qiziqarli, zavqlantiruvchi mashg‘ulotdir. Faqatgina bu o‘yinlar milliylik va o‘zbekona mezonlariga mos ravishda, bolani toliqtirmaydigan, jismoniy hamda ruhiy holatiga xos bo‘lgan foydalilik, bunyodkorlik g‘oyalaridan holi bo‘lgan tarzda bo‘lishi talab etiladi.
Aqliy rivojlanish  - ota-onalar va pedagog tomonidan bolaning aqliy qobiliyatlari va tafakkurini rivojlantirishda, uning aqliy harakatlari va bilim qobiliyatlarini to‘g‘ri shakllantirishdir!
Bolaning aqliy jihatdan tarbiyalash va rivojlantirishni mavjud turmush tarzidan, uning hissiyotlaridan va uni ruhiy qiyofasini yaratadigan barcha boshqa xususiyatlardan holi tarzda tasavvur qilish mushkul. Maktabgacha yoshdagi bolalarda aqliy o‘sishni soddalashtirilgan holda, zo‘riqishlarsiz borliq haqida iloji boricha ko'proq va eng muhimi to‘g‘ri bilim berish, kognitiv faoliyatning umumiy usullarini (tahlil qilish, taqqoslash, umumlashtirish qobiliyatini) rivojlantirish, nutqni rivojlantirish hamda me‘yorida kundalik yangi bilimlarni berib borish bilan amalga oshirish zarur.

Download 79.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling