1-bob. Ma`lumotlar bazasining asosiy tushunchalari
Tarmoqlangan tizim arxitekturasi
Download 281.59 Kb.
|
1-bob. Ma`lumotlar bazasining asosiy tushunchalari-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Taqsimlangan ma’lumotlar bazasi tamoyillari..
Tarmoqlangan tizim arxitekturasi. Ko‘p sonli mustaqil serverlarga ega arxitektura. Xar bir server o‘z lokal ma’lumotlar bazasiga ega. Mijozlar serverlar xaqida ma’lumot va dasturiy ta’minotga ega.
O‘zaro aloqa qiluvchi serverlardan tashkil topgan arxitektura.Xar bir server qolgan serverlar xaqida ma’lumotga ega. Xar bir mijoz o‘z serveriga ega. Bir darajali serverlardan iborat arxitektura. Xar bir kompyuterda ma’lumotlar bazasi va dasturiy ta’minot saqlanadi. Taqsimlangan ma’lumotlar bazasi tamoyillari.. Taqsimlangan ma’lumotlar bazasi uchun Deyt K.Dj. quyidagi fundamental tamoyilni ilgari surgan: Taqsimlangan tizim foydalanuvchi uchun taqsimlanmagan tizim sifatida ko‘rinishi lozim. Bu tamoyildan quyidagi qoidalar kelib chiqadi: Lokal avtonomiya. (local autonomy) Xar bir tugundagi ma’lumotlar lokal boshqariladi. Xar bir tugundagi ma’lumotlardan mustaqil ma’lumotlar bazasi sifatida foydalaniladi. Markaziy tugundan mustaqillik. (no reliance on central site) Ideal tizimda xamma tugunlar teng va mustaqil. Xar bir tugundagi ma’lumotlar bazasi to‘liq ximoyalangan. Uzluksiz amallar. (continuous operation) Ma’lumotlarga doim murojaat qilish mumkin. Ma’lumotlar ustida amallar uzluksiz bajariladi. Joylashuvdan mustaqillik. (location independence) Ma’lumotlarga murojaat ularning joylashuviga bog‘liq emas. Bu xususiyat joylashuv shaffofligi deb xam ataladi. Fragmentatsiyadan musaqillik. (fragmentation independence) Ma’lumotlarga murojaat ularning taqimlanishiga bog‘liq emas. Bu xususiyat fragmentatsiya shaffofligi deb xam ataladi. Replikatsiyadan mustaqillik. (replication independence) Ma’lumotlarga murojaat ularning nusxalanishiga bog‘liq emas. Bu xususiyat replikatsiya shaffofligi deb xam ataladi. Taqsimlangan so‘rovlarni qayta ishlash. (distributed query processing) Taqsimlangani so‘rov lokal so‘rov bilan bir xil ishlanadi. Ixtiyoriy turdagi so‘rovlar uchun yagona til ishlatiladi. Taqsimlangan tranzaktsiyalarni qayta ishlash. (distributed transaction processing) Taqsimlangan tranzaktsiya lokal tranzaktsiya bilan bir xil ishlanadi. Xar bir tugunda ma’lumotlar yaxlitligi ta’minlanadi. Apparat ta’minotdan mustaqillik. (hardware independence) Tugunlarda ixtiyoriy turdagi kompyuterlar ishlatilishi mumkin. Bu xossa tarmoq shaffofligi deb xam ataladi. Operatsion tizimdan mustaqillik. (operationg system independence) Tugunlarda ixtiyoriy turdagi operatsion tizimlar ishlatilishi mumkin. Tarmoqdan musaqillik. (network independence) Tugunlar orasida ixtiyoriy turdagi kanallar va protokollar ishlatilishi mumkin. Ma’lumotlar bazasidan mustaqillik. (database independence) Tugunlarda ixtiyoriy turdagi ma’lumotlarni boshqarish tizimlaridan foydalanish mumkin. Download 281.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling