1-bob. Ma`lumotlar bazasining asosiy tushunchalari


Download 281.59 Kb.
bet16/80
Sana20.11.2023
Hajmi281.59 Kb.
#1790121
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   80
Bog'liq
1-bob. Ma`lumotlar bazasining asosiy tushunchalari-fayllar.org

Nazorat savollari

  1. Ma‘lumotlar qaysi belgilari bo‘yicha sinflarga ajratiladi?


  2. Ma‘lumotlarni logik (mantiqiy ) va fizik tasvirlash nima?


  3. Ma‘lumot bazasini qanday uch bosqichli arxitekturalari mavjud?


  4. Ma‘lumotlar bazasi administratorining asosiy vazifalarini aytib bering.


  5. Ma‘lumotlar bazasida tasvirlar qanday saqlanadi? Misollar keltiring.


  6. Ma‘lumotlar bazasining uch bosqichli arxitekturasi chizmasini tasvirlang.


  7. So‘rovlarni qayta ishlashda MBBTning bajaradigan ishlar ketma-ketligini tavsiflab bering.


    1. BOB. MA`LUMOTLAR BAZASI MODELLARI VA NORMAL FORMALAR



    2. Ma‘lumotlar bazasi modеllari va mohiyat-aloqa modeli

Mashina muhitida ma‘lumotlarni tashkil etish ikki pog‘onadan iborat bo‘lib, mantiqiy va fizik pog‘onalar bilan harakterlanadi. Ma‘lumotlarni bevosita fizik tashkil etishda ularni mashina "tashuvchisi"da joylashtirish usuli aniqlab olinadi. Zamonaviy amaliy dasturlar vositalarida ma‘lumotlarni tashkil etishning bu pog‘onasi avtomatik ravishda foydalanuvchi aralashuvisiz ta‘minlanadi. Odatda, foydalanuvchi amaliy dasturlar vositalarining ma‘lumotlarni mantiqiy tashkil etish haqidagi tushunchalar bilan operatsiyalar bajaradi. Mashina "tashuvchisi"da ma‘lumotlarni mantiqiy tashkil etish, foydalanilayotgan dasturiy vositalardan va mashina muhitida ma‘lumotlar bilan yuritishdan bog‘liq. Ma‘lumotlarni tashkil etishning mantiqiy usuli foydalanilayotgan ma‘lumotlar tuzilishining turi va dasturiy vositalar orqali qo’llaniladigan modelning shakli aniqlanadi.


Ma‘lumotlarning modeli - bu ma‘lumotlar o’zaro bog’langan tuzilishlari va ular ustida bajariladigan operatsiyalar to‘plamidir. Modelning shakli va unda foydalaniladigan ma‘lumotlar tuzilishining turi dasturlash tizimi tilida foydalangan ma‘lumotlarni tashkil etish va ishlov berish konsepsiyasini aks ettiradi.
Ma‘lumki, aynan bir axborotni mashina ichki muhitida joylashtirish uchun ma‘lumotlarning turli xil tuzilishlari va modellaridan foydalanish mumkin. Ulardan qaysi birini tanlash axborotlar bazasini yaratayotgan foydalanuvchining zimmasiga yuklatilgan bo’lib, u ko‘plab omillarga bog‘liq. Bu omillar qatoriga mavjud texnik va dasturiy ta‘minotlar, hamda avtomatlashtirilayotgan masalalarning murakkabligi va axborotning hajmi kabilar kiradi. Ma‘lumotlar modeli quyidagi tarkibiy qismdan iborat:
      1. Foydalanuvchining ma‘lumotlar bazasiga munosabatini namoyish etishga muljallangan ma‘lumotlar tuzilmasi.


      2. Ma‘lumotlar tuzilishida bajarilish mumkin bo‘lgan operatsiyalar.


Ular ko‘rib chiqilayotgan ma‘lumotlar modeli uchun ma‘lumotlar tilining asosini tashkil etadi. Yaxshi ma‘lumotlar tuzilmasining


o’zigina yyetarli emas. Ma‘lumotlarni aniqlash tili (MAT) va ma‘lumotlar bilan amallar bajarish tilining (MABT) turli operatsiyalari yordamida bu tuzilma bilan ishlash imkoniga ega bulish zarur. 3.Yaxlitlikni nazorat qilish uchun cheklashlar. Ma‘lumotlar modeli uning yaxlitligini saqlash va himoya qilishga imkon beruvchi vositalar bilan ta‘minlangan bo‘lishi lozim.
Mashina muhitidagi ma‘lumotlarning murakkabroq modellari – tarmoqli va ierarxik modellar bo‘lib hisoblanadi. Bu modellar ularning o‘zlariga xos turdagi ma‘lumotlar bazasini boshqarish tizimida ishlatiladi. MBBTda ma‘lumotlarni mantiqiy tashkil etish usuli ma‘lumotlarning tarmoqli yoki ierarxik modeliga mos holda ko‘rsatiladi. Bunday model o‘zaro bog‘liq obyektlarning majmuidir. Ikki obyektning aloqasi ularning bir-biriga tobeligini aks ettiradi. Tarmoqli yoki ierarxik modelida obyekt bo‘lib, MBBT kiritilgan ma‘lumotlar tuzilmasining asosiy turlari hisoblanadi. Turli MBBTlarda bu turdagi ma‘lumotlarning tuzilmasi turlicha aniqlanishi va nomlanishi mumkin.

Download 281.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling