Tranzaksiyalaming avtomatik bajarilish modeli.
Tranzaksiyalaming bajarilishini boshqarish modeli.
Tranzaksiyalaming avtomatik bajarilish modelida, tranzaksiya avtomatik ravishda ishga tushadi va quyidagi usullardan biri bilan tugaydi:
COMMIT yo`riqnomasi bilan, bunda MBdagi o‘zgarishlar doimiy bajariladigan bo‘ladi va yangi tranzaksiya COMMIT buyryg'idan so‘ng boshlanadi.
ROLLBACK yoriqnomasi bilan, bunda tranzaksiyada bajarilgan barcha o‘zgarishlar bekor bo‘ladi va yangi tranzaksiya ROLLBACK buyryg'idan so‘ng boshlanadi. Tranzaksiyalaming bajarilishini boshqarish modeli SUBD Sybase dasturida qo’llanlib, quyidagi yoriqnomalardan foydalaniladi:
BEGIN TRANSACTION yoriqnomasi, tranzaksiyaning boshlanishini bildiradi.
COMMIT TRANSACTION yo`riqnomasi,tranzaksiyaning muvaffaqiyatli tuganini bildiradi. Bunda yangi tranzaksiya avtomatik ravishda ishga tushmaydi.
SAVE TRANSACTION yo`riqnomasi, bunda tranzaksiya ichida saqlash nuqtasi tashkillashtiradi va saqlangan saqlash nuqtasiga nom berish imkoniyati yaratiladi. ROLLBACK yoriqnomasi, bunda barcha tranzaksiyadagi amallar bekor qilinadi va MB holati tranzaksiyadan oldingi holatga qaytariladi. Shunday qilib, tranzaksiya - bu MBga tugallangan murojaat bo‘lib, quyidagi to‘rtta shartning bajarilishini kafolatlaydi:
Bo 'linmaslik (atomarlik) - tranzaksiya boshi va oxiriga ega bo‘lgan bolinmas blok. Bu blok yoki toTiqligicha bajariladi, yoki umuman bajarilmaydi;
Kelishuvchanlik - tranzaksiya tugaganidan so‘ng, hamma ob’yektlar kelishganlik holatini saqlab qoladi;
Himoyalanganlik - har bir tranzaksiya jarayoni boshqa tranzaksiya ishiga ta‘sir ko‘rsatmaydi.
Doimiylik - tranzaksiya jarayonida bajarilgan barcha o‘zgarishlar doimiylik harakterga ega. SQL tilida tranzaksiyalami maxsus operatorlat yordamida boshqarish imkoniyati mavjud. Shulardan biri tranzaksiya parametrlarini o‘matish operatori bo‘lib,uni yozilish formati quyidgicha:
Do'stlaringiz bilan baham: |