Institutda qancha fakultet va kafedralar bor? 3.Fakultet bo‘limlari va kurslari bo‘yicha talabalar qanday
taqsimlanagan?
O‘rtacha bir kursda har bir mutaxassislik bo‘yicha qancha fanlar o‘qitiladi?
Institutda qancha o‘qituvchi bor? 6.Boshqa shahardan kelgan qancha talaba yotoqxonada, xususiy
xonadonlarda (ijarachi sifatida) yashaydi?
Ma‘ruza va amaliy mashQulotlar o‘tkazish uchun qancha auditoriyalar, hamda qancha laboratoriyalar bor?
Va boshqa.
Predmet sohasini tahlil qilishning ikkinchi poQonasi axborot obyektlarini tanlash, har bir obyekt uchun zarur xossalarini berish, obyektlar orasidagi aloqalarni aniqlash, axborot obyektlariga qo‘yiladigan cheklashlarni aniqlash, axborot obyektlari orasidagi aloqalarning turlarini va axborot obyektlarining tasifnomalarini aniqlashdan iborat.
Masalan, axborot obyektlarini tanlayotganda quyidagi savollarga javob berish kerak bo‘ladi.:
MBda saqlanishi lozim bo‘lgan ma‘lumotlarni qanday sinflarga ajratish mumkin?
O‘ar bir ma‘lumotlar sinfiga qanday nom berish mumkin? 3.Har bir ma‘lumotlar sinfi uchun qanday eng muhim tasifnomalarni (foydalanuvchining nuqtai nazaridan) ajratish mumkin? 4.Tanlangan tasifnomalar to‘plamlariga qanday nomlarni berish
mumkin?
Axborot obyektlarini aniqlash itaratsion jarayon. U axborotlar oqimining tahlili va iste’molchilar bilan suhbat o‘tkazish asosida amalga oshiriladi. Axborot obyektlarning tavsifnomalari ham xuddi shu usullar bilan aniqlanadi.
Predmet sohasining axborot ehtiyojini va tizimdan foydala- nuvchilarning axborot bilan ishlashdagi manfaatini hisobga olgan
holda predmet sohasini tuzilmalashtirish uchun konseptual model qo‘llaniladi.
Har bir MB miqyosida konseptual talablar konseptual modelda umumlashtiriladi. Konseptual model abstrak vositalar yordamida quriladi va predmet sohasidagi hamma axborot obyektlarini qurish imkoniyatini beradi. Bunda predmet sohasini qanchalik keng, aniq va chuqurroq qurishimiz biz tanlagan modelga bog‘liq bo‘ladi. Minimal imkoniyatlarga ega bo‘lgan model ma‘lumotlar va ular orasidagi o‘zaro aloqalarni berish imkoniyatini ta‘minalashi zarur. Konseptual modelning semantik quvvati uning yordamida aniqlanishi mumkin bo‘lgan qo‘shimcha harakteristikalarning sonini ortishiga mos ravishda ortadi.
Ma‘lumki, har bir model ma‘lum bir cheklanishlarga ega bo‘lib, o‘zida faqat ma‘lum bir xossalarni aks ettiradi. SHu sababli konseptual loyihalashtirish uchun model tanlashda, real dunyoni o‘zida to‘liq aks ettiradigan ideal modelni topish juda katta muammo ekanligini hisobga olish zarur. Avvalambor predmet sohasining xususiyatlari va MBga bo‘lgan foydalanuvchining talablari modelni tanlash uchun asos bo‘ladi. Boshqa muhim talab sifatida konseptual modelning MBBTdan boQliq emasligi, chunki u konseptual sxema qurilgandan so‘ng tanlanishi kerak. Predmet sohasini tahlil qilishda qo‘llaniladigan model xilma-xil bo‘lishi mumkin.
Mantiqiy loyihalash.MB yaratishning eng zaruriy va mas’ulyatli bosqichlaridan biri - bu mantiqiy loyihalashtirishdir. Uning asosiy masalasi tanlangan MBBT uchun mo‘ljallangan holda MB mantiqiy sxemasini ishlab chiqishdan iborat. Mantiqiy loyihalashtirish bosqichi konseptual loyihalashtirishdan farqli ravishda, u komp’yuterning dasturiy vositasini to‘liq hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Ish mazmuni bo‘yicha mantiqiy loyihalashtirish axborot tizimini va uni tashkil etuvchi qismlarni real MBBTiga mos shaklda modellashtirishdan iborat. Mantiqiy loyihalashtirish jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat:
Do'stlaringiz bilan baham: |